Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari Ta`limni rivojlantirishning yangi boskichida Innovatsion texnologiyaning ahamiyati


Download 32.22 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi32.22 Kb.
#1712036
  1   2   3
Bog'liq
15 mavzu


Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari
Ta`limni rivojlantirishning yangi boskichida Innovatsion texnologiyaning ahamiyati. Innovatsion texnologiya (IT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida davlatmiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Ta`lim to’g’grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy -siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda.
Bugungi kunda keng qo’llanilayotgan «Innovatsion texnologiya» atamasi inglizcha «Innovation » so’zidan olingan bo’lib, «Yangilik kiritish» degan ma`noni bildiradi.
Innovatsiya –ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangisha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, oldingidan-da muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir.
Ta’limga texnologik yondashuv va “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi ma’nosining uzluksiz o’zgarishi
Tadqiqotchilar, shunday ta’lim mexanizmi, ya’ni “vaqt, narsalar va usullar” mohirona taqsimlansa, uni to’g’ri tuzish va undan to’g’ri foydalanilganda kutilayotgan natijani bersa, ya’ni uni «didaktik mashina» deb nomlab, u ustida izlanish olib borgan
30–yilning o’rtasida AQSHning Indiana universitetida talabalarga eshitish va ko’rish (audiovizual) ta’limi bo’yicha ma’ruzalar o’qilgan, 1946y. – shu yerning o’zida eshitish va ko’rish (audiovizual) ta’limi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va ko’rish (audiovizual) vositalarni ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qo’llab o’quv jarayonini boshqarish dasturlari kiritildi.
1954y. – professor B.F. Skiner tomonidan ishlar taqsimoti (mavzu-qadam-xodimlar) bo’yicha o’rgatishning muntazamli texnologiyasini o’zida namoyon etuvchi, dasturlashgan ta’lim modeli (DT) asosladi. Qaytar aloqani nazarda tutuvchi: har bir bajarilgan ishning to’g’riligini tezkor baholash va agarda keyingi qadamga xatolik bo’lsa qaytarish deb ta’kidlagan. 1958y. – N. Krauder bir qator berilgan va javoblarni to’g’riligiga bog’liq ravishda qaytar aloqaga muvofiq javoblarni ko’p tanlash DT kengaytirilgan chizmasini taklif etdi.
Ta’lim texnologiyasini ilmiy asosini axborot, telealoqa nazariyasi, pedagogik kvalimetriyasi, tizimli tahlil, bilish jarayonini boshqarish nazariyasi, ta’lim jarayonini qulaylashtirish, pedagogik mehnatni ilmiy tashkillashtirish va boshqalar.
Eshitish vositalarining yangi turlari: videomagnitofon, aylanmali kadroproyektor, elektron va bloknotli yozuv taxtasi va boshqalar chiqara boshladi.
Ta’lim texnologiyasi muammolari bo’yicha Halqaro anjumanlarda ta’lim texnologiyasiga umumiy mohiyat taklif etildi. qo’llanish sohasi - (1) o’qitishning texnik vositalari, (2) ma’lumot olish muammolariga tizimli yondashishi. “Birinchi soha o’qitish vositalarida texnika yutuqlarini amalga oshirish bilan, ikkinchi soha esa, pedagogik nazariyani rivojlanishi bilan, ularni tashkillashtirishning umumiy nazariyasi birlashtirishi lozim bo’lgan ilovaga bog’liq, ya’ni ta’lim muammolariga tizimli yondashishdir ”.
Pedagogik tizim”, “ta’limiy texnologiya”, “ta’lim berish texnologiyasi”, “fan uslubiyoti”ning farqli xususiyatlari

Download 32.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling