Innovatsion tehnologiyalardan turizmda foydalanish taraqqiyotning muhim omili


Key words: system, management system, automated, informational expert, expert managers. Kirish


Download 70.84 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi70.84 Kb.
#1415673
1   2   3
Key words: system, management system, automated, informational expert, expert managers.
Kirish. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va keng qo‘llash davlatimizning yaqin hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan muhim strategik vazifalari qatorida turganini alohida qayd etish joiz. Zero Prezidentimiz ta’kidlaganidek – “2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod oshirishda ilg‘or texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya tizimlarini barcha sohaga yanada faol jalb etish muhim ahamiyatga egadir”1.
Tahlil va natijalar. Yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish maqsadida “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, «avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ni joriy etishda yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda biz hayotimizni turli hil qurilma(gadjet)larsiz tasavvur qila olmaymiz. Vaqt o’tgan sari tehnologiyalarning yangidan-yangi turlari ixtiro qilinib, mavjudlari rivojlantirilmoqa. Hozirda biz uchun oddiydek ko’rinadigan ko’plab ixtirolar o’z vaqtida olamshumul kashfiyot sifatida butun dunyoni larzaga sola olgan. Albatta bu ixtirolar turizm sohasi uchun ham ishab chiqilgan. Natijada insonlarning sayohat va turizm haqidagi fikrlari, qarashlari ijobiy tarafga o’zgardi. Bu esa, turizmni daromad keltirish jihatidan yetakchi sohalardan biriga aylanishiga olib keldi. Axborot tehnologiyalarini ishlab chiqarish va butun dunyoga taqdim etishda oldingi o’rinlarda turuvchi Amadeus kompaniyasi turizmni mana shunday yuqori cho’qqilarga olib chiqqan va hozirda biz kundalik turmushimizda deyarli har kuni foydalanadigan ixtirolar ro’yhatini tuzib chiqdi2. Bular:

  • GPS;

  • Onlayn bron qilish;

  • Samolyot;

  • Elektron biletlar;

  • Fotoappart;

  • Tezyurar poyezdlar relslari;

  • Kompas;

  • Smartfon;

  • Kredit kartalar;

  • Bug’li dvigatel;

  • Bankomat;

  • Biometrik identifikator (bamoq izi orqali aniqlash);

  • Onlayn registratsiya;

  • Avtomobil.

Ushbu ixtirolarga nazar soladigan bo’lsak, ularning barchasi turistga sayohati davomida zarur bo’luvchi xizmatlarni taklif etadi. Yurtimizda asosan ziyorat turizmi rivojlanganini hisobga olsak, tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini katta yoshdagilar tashkil etadi. Shu sababdan, mamlakatimiz turizmida qo’llanilayotgan tehnologiyalar asosan katta yoshdagi insonlar uchun mo’ljallangan bo’lishi zarur. Mana shunday tehnologiya sifatida audio-gid qurilmasini qo’llash mumkin. Bu tehnologiya mahalliy gidlar kam bo’lgan joylarda asqotadi. Audio-gidda tegishli ob’ekt ya`ni, tarixiy obida to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Qurilmaga maxsus datchiklar o’rnatilgan bo’lib, u turistlarni harakati haqida ma’lumot yig’ib, ob’ektning aynan qaysi nuqtasiga kelganligini aniqlaydi va o’sha yetib kelgan hududi haqida ma’lumot beradi. Bu tehnologiyani biroz rivojlantirib, unga video orqali ham ishlash imkoniyatini qo’shish mumkin. Bu tehnologiya gidga nisbatan arzonroq va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Tehnologiya asosan turistlar ko’p, biroq gidlar kam bo’lgan vaziyatlarda qo’l kelishi mumkin.
Turizmda innovatsion tehnologiyalardan foydalanish nafaqat turistlarga qulaylik yaratishi balki, bu sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratishi mumkin. Hozirda ko’pchilik ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi yoshlar uchun eng ko’p kerak bo’luvchi ma’lumotlar bu turizm statisikasidir. Bu ma’lumotlarni olish turli sabablarga ko’ra biroz mushkul bo’lmoqda. Shu sababdan ushbu muammoni bartaraf etish uchun eng qulay vosita sifatida tarixiy ob’ektlarga kirish qismida “Turniket”lar o’rnatilishi lozim. Ob’ektga tashrif buyurgan sayyoh ushbu turniketdan o’tish uchun ma’lum miqdordagi pul mablag’ini to’laydi. Shundan so’ng qurilma yo’lni ochadi va turist bemalol yo’lida davom etadi. Bu tehnologiya nafaqat statistik ma’lumotlar taqdim etishi balki, kassa oldida turistlarning navbat kutib qolishini oldini olishi mumkin. Tehnologiyaning yana bir qulay tarafi ichki va xalqaro turizmni alohida hisoblay olish imkoniyati mavjudligi. Ya’ni, chat ellik sayyohlar uchun AQSH pul birligi (dollar)da ishlovchi va ichki turistlar uchun davlatimiz pul birligi(so’m)da ishlovchi 2ta yo’lak mavjud bo’ladi.

Download 70.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling