Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
830
Uzluksiz
ta’lim
jarayonida
demokratik
tamoyillarning
amal
qilishi
o’quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustakil
fikrlashiga imkon yaratish
sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag’batlantirish
tarzida namoyon bo’ladi.
Yuqoridagi fazilatlarning o’quvchi shaxsida namoyon bo’lishi uchun ta’lim
tizimimizga insonparvarlik va demokratiya g’oyalariga asoslangan yangi pedagogik
texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda qo’yiladigan
muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida
yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni
o’quvchilarga yetkazib berish, ulardan ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va
malakalarini
hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar
faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar
darajasini baholash
o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni,
har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib