Innovatsiya-ziyo
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulot annotatsiyasi
Internet saytlari:
1. www.ziyo.net 2. www.thinsan. com 3. www. uforum.uz 4. www.literature.uz 93 FIKRNI TURLINUTQIY SHAROIT VA VAZIYATGA MOS IFODALASH MASHQLARI Reja: 1. Nutqning nutqiy sharoitga mosligi. 2. Nutqning tinglovchiga mosligi. Mashg‘ulot annotatsiyasi Pragmatik kompetensiya til imkoniyatlaridan nutq sharoiti, vaziyatiga mos ravishda foydalanishini bildiradi. Nutqiy faoliyatda nutq uslublari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so'rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi, taktikasi kabilar bevosita real nutqiy vaziyat bilan bogTiq ravishda reallashadi. Ona tilining keng imkoniyatlaridan aniq nutqiy vaziyatda, nutq uslubida oqilona, samarali foydalana olish malakasiga ega bo'lishga erishish pragmatik salohiyatning negizini tashkjl etadi. Har bir kishi muayyan muloqot vaziyatida o‘z maqsadiga muvofiq ravishda ko‘plab variantdosh til hodisalaridan ayni shu vaziyat uchim mosini tanlab qo‘llash malakasiga ma’lum darajada ega. Masalan, bir kishi ikkinchi bir kishini o‘z oldiga kelishga undamoqda. Bu “Bu yoqqa kel!”, “Bir kelgin!”, “Bir kelib ket!” “Kelasanmi!” “Kelaqol!”, “Keling-da!’\ “Hoy, bu yerga!” “Ey, bu yoqqa!”, “Menga qara(ng)!’\ “Birdaqiqa!” “Mumkinmi?” “FalonchiGon/xon/aka/opa)!” kabiyuzlab ifodalar, har xil imo*ishoralar yordamida voqelanish imkoniga ega. Lekin ular qanday nutqiy vaziyatda, kimga nisbatan ishlatilishi, qanday samara berishijihatidankeskin farqlanadi. Bunda so‘zlovchiningushbu sharoit, vaziyat uchun kamroq quvVat sarflab, qo‘proq samaraga erishishini ta’minlaydigan til birligini tanlash kompetensiyasi ishga tushadi. Boshqacha aytganda, kishida tilning “Bu yoqqa kel!” xazinasidan nutq vaziyati, sharoitiga muvofiq foydalanish layoqatining rivojlanganlik darajasi muloqot natijasi va samarasiga jiddiy ta’sir qiladi. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling