Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi
Download 1.26 Mb.
|
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2
Tayanch iboralar: etnografiya, milliy mentalitet, kommunikativ, intellektual, motivatsion, emotsional-irodaviy, integratsiya, etnomadaniy sharoit, etnos.
Oilaning mahallada tutgan o`rni. Oila ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bolsa, mahalla vatan ichidagi Vatandir. Mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag`rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichidagi ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Shunday mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog`day tayanchidir. Mahalla shunday bir dargohki, unda insonlar bir biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do`st- birodar bo`lib farzand tarbiyasida ahli ma’suldir. Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma`naviy taraqqiyoti haqida g‘amxo‘rlik jumhuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatga, ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir. Shu sababli jumhuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb bo‘ladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo‘l-yoriqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Chunki, oilalarning har tomonlama yuksalishi, tabir joiz bo‘lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo‘lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oila o‘zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo‘lni bosib otdi. Bu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o‘zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o‘zgarganligidir. Jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yonalishidagi o‘zgarishlari oila faoliyatining o‘zgarishiga sabab bolmoqda. Bunday o‘zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o‘zaro do‘stlik va farzand ko‘rishni rejalashtirishda o‘z ifodasini topmoqda. Oilada bolalarni tarbiyalash o‘zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an’analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va turmush tarzidir. Respublikamiz bolalariga ko‘rsatadigan amaliy ta’sirini oila orqali amalga oshiradi. Oilaning bolalariga ko‘rsatadigan ta’sir doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta’siri bilan uyg‘unlashib ketadi. Shu bilan birga, biz uning o‘ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta olmaymiz. Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining mehnat faoliyatlari harakteri, er va ayolning teng huquqligi, o‘zaro hurmat, farzandlarni e’zo‘zlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy hayotning mavjudligi va o‘sayotganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda. Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan bo‘lsa-da, lekin biologik tenglik yo‘qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashhari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayollar uy ishlari uchun toqqiz soatdan o‘n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayol bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo‘ladi. Ertalab, ishga jo‘nashdan oldin bolalarini ovqatlantiradi, qiyintiradi, yasli yoki bog‘chaga olib boradi, maktabga jo‘natadi. Katta yoshdagi farzandlari o‘zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayolning ikkinchi - uchun bo‘lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyorlash va hokazo. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling