Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni


Download 1.26 Mb.
bet25/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni. Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog‘liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsiyasi davomida har qanday jamiyat o‘zi mustaqil mavjud bo‘lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunday odamlarga munosabat jamiyatning g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlangan va ularning jismoniy yo‘q qilinishidan tortib, jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvlarigacha bo‘lgan ko‘rinishlarda ifodalangan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o‘ziga xos yo‘lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini berdi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo‘ydi.
Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi omillarni alohida inobatga olish kerak. Bunday omillarga nafaqat moddiy, g‘oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro‘y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga mustaqil davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xislatlarga milliy o‘z-o‘zini anglash, g‘urur, iftixor kabi tushunchalar kirishini e’tiborga olsak, shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga chambarchas bog‘liq holda kechadi, dab xulosa qilish mumkin.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhit egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o‘rganishi va ona tillarida turli ma’lumotlarni olishi orqali o‘smirlik yoshida o‘z mansubligini va etnik umummilliylikni anglash ro‘y beradi.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo‘ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo‘lmaydi.

Etnos (xalq)ga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida paydo bo‘ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o‘z-o‘zini anglashning mavjudligidir. Etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlarga (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at) asosan shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi.


Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o‘zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo‘lmaydi. Shu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.
Etnosning shaxsiy, ijtimoiy, faoliyat darajalaridagi xususiyatlari etnopsixologiya orqali ifodalanadi. Etnopsixologiya o‘z ichiga milliy hissiyat va kayfiyat, milliy madaniyat va mo‘ljal, milliy an’analarni oladi. So‘ngi paytlarda etnopsixologiyada “milliy xarakter” tushunchasi kam ishlatilmoqda. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun esa mentallik va mentalitet tushunchalari qo‘llanilmoqda.
Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo‘lgan o‘ziga yarasha dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo‘lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllangandir. (A.V. Mudrik)



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling