Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet7/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanishida ko‘rinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Yu.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy tarbiyaviy, ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy reabilitatsion vazifalarini ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga qo‘shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishida ekanligini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar ishini takomillashtirish tashkil etadi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni ijtimoiy pedagog bajaradi.
Shu bilan birga Yu.V.Vasil’kova vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:

  • falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish, inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlashi;

  • bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganishi;

  • bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;

  • ijtimoiy pedagogikaning ijobiy tajribalarini tahlil qilishi, tarqatishi, targ‘ib qilishga qaratishi;

  • u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi;

  • ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning muammolari, huquqlariga aloqador tashkilot va mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanishi;

  • ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling