Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika


Download 1.26 Mb.
bet4/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanish qonuniyatlari, etnik steriotiplarni o‘rganuvchi bilim sohasidir. Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo‘linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda ma’lum yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o‘rnini belgilovchi omillar, ijtimoiylashuvda tarbiyaning etnik xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini belgilashda, tarbiya tizimini tashkil etishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos keladigan, etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasining ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o‘rnini to‘ldirish ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy psixologiya inson va guruhlar faoliyatiga psixologik tasnif berish bilan birga insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlarini ham ham o‘rganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlarini, shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda ijtimoiy tarbiya metodikasi va texnologiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning fanlararo bog‘langan sohasi hisoblanadi. Uning asosini pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar tashkil etadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya fani tomonidan ham o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagogika o‘zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqmoqda.
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida Yu.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling