Innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida
Download 247.14 Kb. Pdf ko'rish
|
innovatsiyalar-iqtisodiy-va-ijtimoiy-taraqqiyotning-muhim-omili-sifatida
Keywords: Innovation, innovation activity, innovation system, innovation
process, information and communication technologies, advanced technology, institutional associations, investment. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 312 Kirish Jadal rivojlanib borayotgan globallashuv davrida iqtisodiyot sohasida turli ilmiy, amaliy adabiyotlarda "innovatsiya" atamasi ko‘p hollarda kuzatilmoqda. Juda ko‘p minbarlarda, anjumanlarda va ilmiy kengashlarda ishlatiladigan “innovatsiya” atamasi lotincha innovus (in-novus-yangilikka qarab) degan ma’noni anglatadiva u “yangilik” va “ilg’or texnologiya” atamalari bilan sinonimlar tariqasida ishlatilishi mumkin 1 . Turli adabiyotlarda “innovatsiya” atamasiga turlicha yondashilgan va ta’riflardan xulosa qilgan holda shunday deyish mumkin: innovatsiya - yuqori darajadagi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka erishish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or texnologiya, ilm-fan yutuqlarini joriy etish yo‘li bilan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish va yuqori naflilikka ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi yangidan yangi turlarini yaratish bo‘lib hisoblanadi. Kuchli raqobat muhitida milliy iqtisodiyotda raqobatbardosh tizimni shakllantirish, dunyo bozoriga chiqish muhim ahamiyat kasb etadiva u, avvalo, globallashuv sharoitida harsohada yangilik yaratishni, texnologik yutuqlar asosida mahsulot va xizmat yaratishni, barcha yangiliklarni soha doirasida tizimli ravishda uzluksiz joriy etib borishni talab qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, innovatsiya faoliyatini rivojlantirmay turib, raqobatbardoshlik tizimini shakllantirib bo‘lmaydi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Iqtisodchi olimlar iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiq qilib borishga doimo qiziqish bildirishgan. Bahs-munozaralar davomida iqtisodiy rivojlanish omillari tahlili jarayonida ilmiy-texnik jihatdan takomillashuv, yangilik yaratilishi, ta’lim sifati kabi faktorlar ustunlik berib kelgan. Texnika taraqqiyoti zamonaviy iqtisodiyotning jadal rivojlanishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy texnika taraqqiyotining asosi esa innovatsiyalar bo’lib hisoblanib, bu xususida ilk izlanishlar XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter ning ilmiy ishlarida boshlagan. J. Shumpeter nuqtai nazaridan qaraganda, innovatsiya bu g‘oya va tadbirkorning uchrashuvidir 2 . Innovatsion iqtisodiyot yetakchi nazariyotchilari Pol Romer, Elhanan Xelmanman, Bronvin Xoll kabi olimlar innovatsion menejment, ilmiy-texnika taraqqiyoti innovastion iqtisodiyotdagi muammo va yechimlar borasida tadqiqot olib borganlar. 3 Tahlil va natijalar Mamlakatimizda innovatsion tadqiqot olib borish, innovatsion faoliyat bilan shug’ullanish, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini oshirish, ularasosidaishlabchiqarish, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, aholi 1 Ayupov R.X., Boltaboeva G.R. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. T.: TMI, 2013, 202-bet. 2 The CEO's role in business model reinvention, V.Govindarajan, C. Trimble, Harvard Business Review, JenuaryFebruary, 2011, pp.109-114. 3 https://ewikiuz.top/wiki/Innovation_economics "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 313 farovonligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqish, ilmiy izlanish natijalarini jamiyat hayotida keng tatbiq etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimchachora-tadbirlarto‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli qarori huquqiy fundamental asos va dasturiy amal bo‘lib xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion faoliyat ustuvor yo‘nalishlari quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘lib hisoblanadi: - Korxonalar ilmiy-texnik bazasini modernizatsiyalash, moslashuvchan, zamonaviy texnologiyalar bilan qaytajihozlash; - Iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida zamonaviy information texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan tizimlarni takomillashtirish; - Energiya, yoqilg’i, resurs va xarajatlarni maksimal darajada tejash, mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish; - Zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalangan holda naflilik qiymati yuqori bo‘lgan, ekportga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar yaratish; - Jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshiriladigan faoliyatlarni raqamlashtirish, zamonaviy infratuzilmalar yordamida avtomatlashtirish jarayonlari ko‘lamini kengaytirish; - Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini, shuningdek, ularning xorijiy ilmiy markazlarga muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish. So‘nggi yillarda mamlakatimizda innovatsiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq satatistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasida innovatsiyalarni joriy etgan korxona va tashkilotlar statistikasiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha innovatsiyalarni joriy etishda engyuqori ulush ishlab chiqarish sanoatida kuzatilib, 51,9 % ni tashkil etmoqda. Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, innovatsiyalarni joriy etishda eng yuqori ulushga ega boʻlgan sohalar: Ishlab chiqarish sanoati – 51,9 % Qurilish – 6,5 % Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 2,7 % Axborot va aloqa – 2,4 % Ta’lim – 1,1 % Boshqa faoliyat turlari – 35,4% "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 314 Ishlab chiqarish sanoati - 51,9 % Qurilish - 6,5 % Qishloq, oʻrmonvabaliqchilikxoʻjaligi - 2,7 % Axborotvaaloqa - 2,4 % Ta’lim - 1,1 % Boshqafaoliyatturlari - 35,4% 4 Ta’kidlash joizki, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 1- yanvar holatiga mamlakatimizda joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni 4011 tani tashkil etgan. Shundan, mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar soni 3017 ta, jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar soni 994 tani tashkil etgan. 5 Xulosa Qayd etish joizki, mamlakatda innovatsion faoliyat rivojlanishi xalqaro talab darajasida bo‘lmaganligi bois innovatsion muhitni yanada takomillashtirish, islohotlarni izchil davom ettirish va pirovardida muammolarga natijaviy yechim toppish zaruriyati mavjud. Bizning fikri ojizimizcha, bunday muhit to‘la shakllanishi va bajarilishi talab etiladigan shartlar quyidagilardan iborat: - Davlat organlari tomonidan innovatsion strategic maqsadlar, dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash to‘laqonli mexanizmlarini belgilab olish; - Jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning aksar qismini yuqori talablarga javob beradigan, zamon talablariga moslashgan moddiy-moliyaviy, intellectual, iqtisodiy va ilmiy-texnik bazani shakllantirishga yo‘naltirish; - Joylarda innovatsion faoliyatni amalga oshirishda ilmiy-texnik axborotga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi infratuzilmaviy muassasalar tizimini rivojlantirish; - Innovatsionloyihalarniamalgaoshirishdao‘zresurslarini taklif qiluvchi moliyaviyva investitsion institutlarning keng qamrovli va diversifikatsion bozorlarni shakllantirish. Iqtisodiyotda innovatsion mexanizmni tatbiq etish strategic ahamiyatli vazifa hisoblanadi, shuningdek, jamiyatda innovatsiya bo‘lgan munosabatni shakllantirish ham innovatsion faoliyat keng joriy etilishida va rivoj topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 247.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling