Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


-bob. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish


Download 37.15 Kb.
bet12/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

5-bob. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
31-modda. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari;
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari;
venchur jamg‘armalari;
innovatsion faoliyat subyektlarining o‘z mablag‘lari;
xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;
xususiy investorlarning, shu jumladan chet ellik xususiy investorlar va boshqa homiylarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
34-modda. Innovatsion faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik
Innovatsion faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

  • manfaatdor xorijiy tashkilotlar, jamg‘armalar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalar yoki memorandumlar;

  • birgalikda innovatsion faoliyatni amalga oshirish, xalqaro innovatsion dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ularni amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;

  • innovatsion faoliyat sohasida birgalikda kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish hamda o‘zaro tajriba almashish;

  • innovatsion faoliyat sohasida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, innovatsion yarmarkalar (ko‘rgazmalar) va tadbirlar o‘tkazish.


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling