Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


Download 37.15 Kb.
bet14/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o'zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi. Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish shartlarining o'zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning o'zgarishi), yangi sotuv bozoralrini egallab olish va h.k. bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Innovatsion jarayonlar sekinlashuvi va tezlashuvining asosiy omillari. Innovatsion jarayon - tashkil etish va boshqaruv bilan birlashtiriladigan, funksiyalar to'plami bilan yaniliklar olish yagona maqsadiga ega bo'lgan, ijodiy mehnatning har xil turlari doimiy o'zgaruvchan kombinatsiyasidir. Shunday qilib, uning dinamikasida asosiy omillar sifatida birinchi navbatda, quyidagilarni ko'rib chiqish lozim: mehnat elementlari, uning motivatsiyasi, resurslar bilan ta'minlanganligi, tashkil qilish va boshqarish, raqobat, atrof-muhit sharoitlari. Bu ob'ektiv omillar yig'indisi bilan bir qatorda bir guruh sub'ektiv omillar ham amal qiladi: strategiya, siyosat, risk va h.k.
Innovatsion faollik omillari to'plami tarkibida innovatsion jarayonlarni sekinlatadigan omillar ham amal qiladi. Ular «innovatsion to'siqlar» deb ataladi. Ularni tahlil qilish beshta asosiy salbiy omilni ajratib ko'rsatishga imkon beradi [41]:

  1. texnik omillar;

  2. tasniflash omillari;

  3. ijtimoiy asoslangan omillar;

  4. tartibga solish omillari;

  5. iqtisodiy omillar.

Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub 'ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo 'lgan xizmatlar ko 'rsatuvchi tashkilotlar.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi sub'ekti deb innovatsion faoliyat sub'ektlariga ishlab chiqarish, texnik, konsalting, moliyaviy, axborot va boshqa turdagi xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxslar tan olinadi.
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta'minlashi ko'zda tutilgan. TTM asosiy vazifalari 1.5-jadvalda keltirilgan.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling