8-9-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja: Mehnat tushunchasi 2


Download 17.48 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi17.48 Kb.
#256578
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Maruza


8-9-Ma’ruza mashg’uloti.

Mavzu: Texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish

Reja:

1. Mehnat tushunchasi

2.Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatiga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlarini yahni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.

Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.

Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o’rganadi.

Topshirilgan ishga mahsuliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, o’qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.

Boshlang’ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.

Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning ehtiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini tahminlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.

Kerakli material va asboblari bilan yetarli tahminlanmaganlik ham mehnat madaniyatini shakllanishiga salbiy tahsir etadi. Bahzan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. SHuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga junatmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.

Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi.

Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.

Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.

Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rolg’ o’ynaydi.

Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.

Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashlardan iboratdir.


Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling