Jasurbek Ravshanbek o’g’li
Download 12.31 Kb.
|
Tezis Ishsizlik 2.0
O’zbekistonda ishsizlik muammosi va uni hal qilish usullari Rajabaliyev Jasurbek Ravshanbek o’g’li Toshkent Moliya Instituti talabasi Ishsizlik . Bugungi kunda O’zbekistondagi asosiy muammolardan biri desak, adashmagan bo’lamiz. Nafaqat O’zbekistondagi, balki barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning ham bosh muammolar sirasiga kiradi.Bu esa ko’plab odamlarda “ Nima uchun o’zi ishsizlik muammo? Ishsizlik nima? O’zi qanday odam ishsiz sanaladi? Ishsizlik muammosini qanday qilib hal qilsa bo’ladi? O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?” kabi ko’plab savollar tug’ilishi tabiiy holat. Ishsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarshi astoydil kurashish zarurligini e’tirof etgan holda , bu masalaga bir necha tomondan qarashga harakat qilib ko’ramiz . Ishsizlik bu ishlash layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning ish topa olmasligidir. Shunday ekan har bir ish topa olmagan fuqarolarda asabiylashish bilan birga ko’plab muammolar yuzaga kela boshlaydi: jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, agar yosh bo’lsa, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma'lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin(Buni o’tmishdan ham bilish mumkin: hattoki bir necha davlatlarning fuqarolari yoppasiga ish tashlashlar uyushtirishgan). Ya'ni bu yerda illatli doira paydo bo‘ladi: ishsizlar ko‘payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko‘payadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa. Hozirgi kunda O’zbekistonda ishsizlik darajasi , 2022-yil 1-iyun holatiga, statistika va hujjatlarga qaraydigan bo’lsak, 8,8 % ni tashkil etadi1 va boshqa davlatlarga nisbatan normal holatda . Yaponiya , AQSH, Germaniya kabi davlatlar nisbatan yaxshi ko’rsatkichga ega, gretsiya va Ispaniya esa mos ravishda 12,7 va 13,3 foiz bilan eng yuqori ishsizlik darajasiga ega. Ho’p , O’zbekiston nisbatan yaxshi-ku , deyish mumkin. Lekin , ishga muhtoj bo‘lganlar umumiy soni 1,3 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo‘ldi. 1 Stat.uz sayti Kimlar ishsiz hisoblanmaydi? Ishsizlarga kiritilmaydi: - ish bilan band bo‘lganlar; - ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar; - homiladorlik, tug‘ish va 3 yoshgacha bola parvarish qilish ta’tilidagi ayollar; - uy bekalari hamda bola va boshqa oila a’zolarini parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslar; - ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.2 Demak , bu kishilardan tashqari 8,8% fuqarolar ishsiz ekan 3. Endi esa muammoga chuqurroq yondashamiz: O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.4 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyun holatida mehnat resurslari soni 19,4 mln kishini tashkil etib, 2021 yil shu davriga nisbatan 0,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,7 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kishiga oshgan. 1 iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln kishini tashkil qilib, 2021 yil shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatilgan. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,6 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan. Xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab bo‘lgan. O’tgan yilgiga nisbatan yaxshiroq deb, xulosa kelsak bo’ladi… Ho’p. endi masalaning boshqa tomonidan qarasak , mavjud ishsizlik muammosini qanday qilib hal qilish mumkin? Statistikadan va o’zimiz yashab ko’rib turgan ma’lumotlarga ko’ra , O’zbekistonda kam maosh uchun yaxshi xodimlarni qidirishadi va natijada kimdir ko’nib ishlaydi, kimdir chetga ketadi , kimdir esa olgan bilimim shu uchunmi, deb boshqa ish izlaydi, shu orada ishsizlik yuzaga keladi . Shu uchun ham kimdir muttasil ish izlaydi, qaysidir tashkilotlar esa malakali xodimga zor. Xo’sh, nega shunaqa? Albatta, maosh kamligi, ish sharoitlarini og‘irligi, geografik noqulaylik kabi jiddiy sabablar bor. Lekin tanganing ikkinchi tarafiga e’tibor berilsa, boshqa jiddiy sabablarni ham 2 Lex.uz. Aholi bandligi to’g’risida 10-bob , 18-bob. 3 Stat.uz. 4 https://www.gazeta.uz/oz/2022/08/12/unempoyment/ ko’rish mumkin: sabr-toqat yo’qligi, malaka yetishmasligi, noreal orzular shular jumlasidan. Afsuski, juda ko‘pchilik yoshlar, ya’ni mehnat bozorini muttasil to‘ldirib borayotganlar amalda imkonsiz talablar bilan ham qimmatli vaqtlarini, ham yaxshi imkoniyatlarini yo’qotadi. Chunki hech kim yosh mutaxassisni diplomi borligi uchungina, yoki shu odam ishsizligi uchungina (deylik) 10 mln so‘m maosh bilan kutib o‘tirmaydi. Har qanday ishga va maoshga talabgor zarur bo‘lsa eng quyi pog‘onadan boshlab o‘zini ko‘rsata bilishi lozim va hatto shart bu. Nega? Chunki qiyinchiliklar insonni toblaydi, mutaxassis sohaga oid zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, shu paytgacha ota-onasi qaramog‘ida yurganida his qilmagan narsani — pul oson topilmasligini anglab yetadi. Eng muhimi – vaqt o‘tgani sayin turtina-surtina tajribasini oshirib boradi. Bugungi vaziyat qanaqa? O‘zbekiston aholisi jadal ko‘payayotgan, har yili o‘rtacha 700 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotgan mamlakat. Albatta, ularning hammasini ish bilan ta'minlab borish imkonsiz. Lekin hech bo‘lmasa bo‘sh ish o‘rinlarini band qilishga nima to‘sqinlik qilmoqda? To’g’ri. Ish topish qiyindur. Lekin bugungi kun o’zgardi. Bilimi bor odam ishini topadi yoki u odamni kompaniyalarning o’zlari ishga jalb etadi.Shu uchun ham yaxshi o’qib o’z ishining mutaxasisi bo’lib yetishib chiqqan har bir kishi kelajakda yaxshi bir kab-hunarni egallaydi. Biroq vaziyatni «Ish yo’q, bor ishning oyligi kam», deya nolish bilan o’zgartirib bo’lmaydi. Tajriba ortgan sari , oylik ham oshib borishini unutmaslik zarur. Axir yuzga chiqish uchun qayerdadir noldan boshlash kerak-ku! Nolga chiqish uchun esa , o’sha soha bilimlarini egallash kerak. Shunda inson ishsiz bo’lib qolmaydi, ishsizlik muammosi, ishsizlik darajasi kamayadi. Bu uchun esa sog’lom raqobat muhiti ham zarur. Boshqa tomondan qaraganda , mamlakatda mehnat resurslarini ko’paytirish , modernizatsiya qilish, sog’lom muhit yaratish ham zarur. Agar tajribali, g’ayratga to’la , kashfiyot qiluvchi, tirishqoq va bilimli yoshlar uchun sharoitlar yaratilmas ekan , mamlakat taraqqiyot qilmaydi, ishsizlik darajasi ko’payadi ,eski tuzumda qolib , bora-bora mamlakat tanazulga ham yuz tutishi mumkin yoki ular chet mamlakatlarga chiqib ketib, u yerda faoliyat yuritib , muvaffaqiyatlarga erishadi va o’sha mamlakat rivoji uchun hissa qo’shadi . Agar ular uchun mamlakatda sharoit yaratilsa , ishsizlik kamayadi. Kelajakda shu iqtidorli yoshlar bo’sh ish o’rinlarini yaratishadi, ko’plab yangi narsalar ixtiro qilishadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ishsizlik muammosini oldini olish uchun mamlakat hududida mehnat qilish uchun resurslarni ko’paytirish, mutaxasislar tayyorlash, o’qitish/ chetda o’qitib bu yerga chetda o’rgangan bilimlarini tatbiq qilish uchun sharoit yaratib berish zarur. Zero, kelajak yoshlar qo’lidadir! Download 12.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling