Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 369 Kb.
bet8/12
Sana19.06.2023
Hajmi369 Kb.
#1622158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2023 TAYYOR

Birinchidan, mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshrishda ta’lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol o‘ynaydi.
Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar qo‘yiladi. Boshqarish – bu yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslahat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyada donishmand va mutafakkirlarning, xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega.
Uchinchidan, ta’lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar talabalar yoshlar oldiga ham muhim vazifa qo‘yadi. Ular izlash, kerakli bilimlarni mustaqil qidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq.
Umuman olganda, globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon qo‘yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya sohasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim- tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz.Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz1 deb alohida ta’kidladilar.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar.
Birinchi vazifa – maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.
Ikkinchi vazifa – umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida
emas.Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q.Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur.
Uchinchi vazifa – ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
To‘rtinchi vazifa – nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani hal etish zarur:
birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart;
ikkinchi – akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Beshinchi vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi negizida juda teran ma’no-mazmun mujassamdir. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va salomatlikni mustahkamlash negizida yosh avlodni ijtimoiy rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy rivojlanish deganda yangi ijtimoiy munosabatlar, o‘zgargan qadriyatlar va yangi talablar hamda me’yorlarni o‘zida ifoda etuvchi jamiyatning mazmunan o‘zgarishi tushuniladi. Ijtimoiy rivojlanish tushunchasi real taraqqiyot jarayoni sifatida o‘z mazmunida uch xususiyat, ya’ni orqaga qaytmas harakat, maqsad sari yo‘nalganlik va yangi qonuniyatlarga tayanish tendensiyalarini namoyon etadi.
Ta’kidlash joizki, bunday maqsadlarga erishish odamlararo munosabatlarning yakdillik va o‘zaro totuvlik asosiga qurilishini taqozo etadi. Dunyoda esa XX asr o‘rtalaridan boshlanib, XXI asrda keng qamrovli jarayonga aylangan globallashuv tendensiyalari odamlararo va davlatlararo munosabatlarda ichki tarqoqlik, begonalashuv holatlarini yuzaga keltirdi. Ayniqsa odamlarning birlamchi va mustahkam bog‘lab turuvchi bo‘g‘in bo‘lgan oila instituti, oilada er-xotin, aka-uka, opa-singillar, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi an’anaviy mehr-muhabbat, sadoqat, o‘zaro yakdillik muhiti tanazzulga yuz tutdi.
Shu boisdan ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72 – sessiyasida dunyoda millatlararo, dinlararo va odamlararo bag‘rikenglik va totuvlik muhitini mustahkamlashni dolzarb masala sifatida qo‘ygan edilar. Hozirgi kunda bu tashabbus BMTning “Barqaror rivojlanish dasturi” hamda “XXI uchun kun tartibi” dasturlarini amalga oshirishda, ularning hayotchanligini ta’minlash, dastavval, turli hududlardagi ijtimoiy jarayonlarning mutanosib kechishi, turli tomonlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar vakillarining hamjihatliligida, davlatlar, tashkilotlar va shaxslarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining mustahkamligiga bevosita aloqador ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda.
Amerikalik tadqiqotchi M.Porter, “har qanday davlatning iqtisodiy raqobatbardoshligi va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muhit barqarorligining sifati jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar vakillarining intellektual taraqqiyot darajasi, kasbiy faollik hamda eng muhimi ijtimoiy ahillik, hamjihatlik, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatda adolatlilik va odamlarning bir-biriga nechog‘li ma’naviy bog‘langanlik holatiga bevosita bog‘liqdir”, deydi.11
Har qanday mehnatning samaradorligi u qanday soha, faoliyat bo‘lmasin mahalliy va jahon standartlari talablari asosida tashkil etilganligiga bevosita bog‘liqdir. Dunyoda 2,5 mingdan ortiq faoliyat standartlari bo‘lishiga qaramay, shu paytga qadar O‘zbekistonda ularning atigi 13 foizi amal qilib kelgan. Ish jarayonlarining dunyo tomonidan e’tirof etilgan standartlar asosida tashkil etilmasligi esa, taraqqiyot sur’atlarining bir nuqtada depsinib turaverishi, amalga oshiriluvchi faoliyatning amalda hech kim tomonidan tan olinmasligiga olib keladi.
Biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.
“Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha — ta’limning barcha bo‘ginlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm,eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik —bu bilimsizlikdir!»

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling