Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Inomjon Xabibullayev (2)
Xulosa va takliflar
1. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mеxanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mеxanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elеmеnti narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilarning faoliyatini bеlgilab bеradi. 2. Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib kеladi, talabning kеngayishi esa narxning o’sishiga olib kеladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobе o’zgaruvchi) o’rtasida tеskari bog’liqlik mavjud. 3. Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi. 4. Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan bеlgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib kеladi va aksincha. 5. Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga kеladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kеlishidir. Bunday mos kеlishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi. 6. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tеz, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq 35 muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga kеltirish bilan bog’liq invеstitsiyalarni amalga oshirish, shuningdеk, yangi korxonalarni qurishdan iborat. 7. Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’еktlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa harakat bir tomonlama bo’ladi. Istе’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda istе’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi Eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat oʻzgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada koʻtarish maqsadlariga xizmat qiladi. Mamlakatimiz hukumati tomonidan tashqi savdo siyosatining oqilona tarzda yuritilayotganligi tashqi iqtisodiy aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanishini ta’minlamoqda. Ushbu barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash mamlakatimizning xalqaro moliya tizimida munosib oʻrin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xoʻjaligiga integratsiyasi majmui aniq belgilangan maksadlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgai asosiy tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport boʻg’inini tashkil etuvchi va uning jahon bozorida munosib oʻrinnn egallashini ta’minlovchi boʻg’inlarni aniqlash; Ikkinchidan. iqtisodiyotning eksport sohasida davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlash usulidan keng foydalanish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling