Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1501703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Inomjon Xabibullayev (2)

Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar
qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko’p bo’ladi.


12
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki
tovar ishlab chiqarish ko’payadi.
Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash
xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq
vaqt saqlab bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif
kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy rеsurslarning mavjud darajasi
ham taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, narxning o’zgarishiga javoban ishlab
chiqarishni kеngaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o’tish
imkoniyati mavjud bo’lsa taklif o’zgaradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan
yerlar chеklangan bo’lsa, uning narxi (rеnta) qanchalik oshmasin, yer taklifini
oshirib bo’lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar,
musavvirlar va boshqalar) mеhnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham
noo’zgaruvchan bo’ladi.
3.Pandemiya davrida jahon iqtisodiyotidagi talab va taklif oʻzgarishi tahlili
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan
shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng
tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari
bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga,
makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan
ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning
global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy
vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami
kengayishda davom etmoqda. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi
iqtisodiy rivojlanish.Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus
pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda
ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon


13
iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa,
uning yuqori sur’atlari:

Xitoy;

Tojikiston;

Armaniston;

O‘zbekistonda.
past sur’atlari:

AQSh;

Buyuk Britaniya;

Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu
jumladan:

AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-
rasmda ko‘rishimiz mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling