Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti «tarix» fakulteti
Download 46.97 Kb.
|
Ahamoniylar Muhriddin tayyor
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekistonning istiqloli oʻtmish tariximiz, jumladan, xalqimizning davlatchilik anʼanalari va etnik tarixini manbalar asosida chuqur va mukammal yoritish uchun keng imkoniyat yaratdi. Xalqimizning oʻz tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, ajdodlarimizdan meros turli moddiy-maʼnaviy yodgorliklarni tadqiq etish ishlari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Respublika rahbariyati bu borada tashabbuskorlik koʻrsatib, tarixchi, arxeolog va sharqshunos olimlar oldiga xalqimizning qadim tarixini qaytadan, haqqoniy ravishda yaratish vazifasini qoʻydi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda “OʻzR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi. 1998-yil 11-avgustda boʻlib oʻtgan akademik Y.Gʻulomov nomidagi “Oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganish” Respublika ilmiy seminarida tayyorlangan “Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi” loyihasida esa Ahamoniylarning bosqinchiligiga qarshi o'z Vatanlarini saqlab qolish uchun mardlarcha kurashgan ajdodlarimiz haqida alohida so'z yuritildi. Ahamoniylar bizning diyorimizga yurish qilgan paytda ularga qarshi kurash maydoniga Massaget va Sak qabilalari chiqdi. Massagetlar malikasi To'maris bosqinchilarga qarshi mislsiz qahramonliklar kursatdi. O'z o'g'lidan ayrilganligiga qaramasdan dushmanlarni mag'lub qildi. Bunday ajdodlarimizdan har qanday ayol balki har qanday Vatan o'g'loni o'zi uchun ibrat olsa arzigulikdir. O'z Vatani uchun jonidan oilasidan ham voz kechgan yana bir mard Vatan o'g'loni Shiroqdir. Shiroq Sak qabilasidan bulgan bir cho'pon bulgan. Doro I Saklar ustiga yurish qiladi. Bundan xabar topgan Shiroq o'zining quloq-burunini kesib dushman qarshisiga yo'l oladi. Uning bu qilgan hiylasi ish beradi va dushman unga ishonadi. Shiroq Doro I va uning qushinini yetti kunlik sahroga boshlab borib usha yerda hammasi suvsizlaik va ochlikdan halok buladi. Yuqoridagi tarixiy o'tmishimizdan ko'rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz naqadar Vatanini sevishgan. Biz toshlar ham o'z Vatanimizni har qanday ko'rinadigan va ko'rinmaydigan dushmanlardan doimo himoya qilishimiz kerak. Eron ahamoniylarning diyorimizga bostirib kirishi va Xalqimizning kursatgan jasoratlari O'zbekistonning davlatchilik tarixini yoritish dolzarb masalalardan biridir.
Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling