Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti «tarix» fakulteti
Download 46.97 Kb.
|
Ahamoniylar Muhriddin tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- II BOB: Eron ahamoniylarining O`rta Osiyoda boshqaruv siyosati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI «TARIX» FAKULTETI « O`ZBEKISTON TARIXI » KAFEDRASI "O`zbekiston tarixi" fanidan KURS ISHI Mavzu: “Ahamoniylar davrida davlat boshqaruvi” Bajardi: 310-21 – guruh talabasi M.Mamarejabov Ilmiy rahbar: k. o`q. A.Majidov Jizzax-2023 Reja: REJA: Kirish……………………………………………………………………..….…….3 I BOB: Eron ahamoniylari haqida umumiy ma'lumot Eron ahamoniylar davlatining tashklil topishi……….……………….......7 Eron ahamoniylar davlatining istilochilik yurishlari………………...….10 II BOB: Eron ahamoniylarining O`rta Osiyoda boshqaruv siyosati 2.1. Eron ahamoniylarining O`rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari ………..…..16 2.2. Eron ahamoniylarining O`rta Osiyodagi davlat boshqaruvi ……………...21 Xulosa………………………………………………….…………..………….28 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………..……..31 Kirish Mavzuning dolzarbligi: So‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonda ham jamiyat hayotidagi tub burilishlar va milliy tafakkuridagi o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston tarixiga qiziqish yanada kuchaydi. Ayniqsa, bu borada milliy davlatchilikning mahalliy boshqaruv usullari, o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi muhim muammolar bilan birga mahalliy boshqaruv organlarining tuzilishi, uning vazifa va vakolatlari o’rganish, tahlil qilish dolzarb masala bo’lib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov qayd etganlaridek: “Tarixiy xotira, xalqning jonajon o'lkaning davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini bayon etish, milliy o’zlikni anglash, tabir joiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida nihoyat muhim o’rin tutadi”1. Yuqorida bayon etgan fikr, mulohazalarimizdan kelib chiqan holda “Orta Osiyo va O’zbekiston davlat muassasalari tarixi” nomli o’quv qo’lanmada ajdodlarimiz o’z boshqaruv tizimiga qaysi davrdan boshlab ega bo’lganligi, eng qadimgi boshqaruv an’analari, hozirgi kundagi millatimiz, davlatimiz hamda jamiyatimiz rivojlanishida davlatchilik tarixini, davlat muassasalari boshqaruvini chuqur tushunish, tahlil va tadqiq etish dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Chunki jamiyatimizning ilk davlatchilik tarixini, davlat muassasalari boshqaruvini o’rganmasdan turib bugungi va ertangi davlatimiz boshqaruvini tasavur qila olmaymiz. Shu nuqtai nazardan ham mazkur o’quv qo’llanmada o‘zbek xalqi davlatchiligining asoslari, bu jarayonga ta’sir etgan hamda tezlashtirgan omillar, turli davrlarda davlatchilik rivojining yuqori nuqtasi yoki inqirozi va ularning sabablari, davlatchilik turlari va shakllari, turli davrdagi mansablar va unvonlar, ma’lum sulolalar va tarixiy shaxslarning davlatchilikdagi o‘rni va ahamiyati, harbiy qo’shin, er egaligi va soliq tizimi masalariga asosiy e’tibor qaratildi. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling