Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Devoni vaqf (vaqf yerlari devoni)
Download 133.9 Kb.
|
Xayrullayev Mahmud
- Bu sahifa navigatsiya:
- shayx-ul-islom
Devoni vaqf (vaqf yerlari devoni). Machitlar, madrasalar, umuman diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan.
Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni). Bu devonni davlatning bosh qozisi boshqargan. Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan. Yuqorida sanab o‘tilgan devonlarning barchasi (soxib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va oliy markaziy hokimiyatga bo‘ysungan. Ta’kidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan tayinlangan. Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda ma’lum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx meyorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud bo‘lib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi. Shuningdek, X asrda musulmon ruhoniylari ham katta obro‘ga ega edilar. Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan bo‘lib, dindorlar boshlig‘i ustod (keyinchalik shayx-ul-islom) Somoniylar davlatida katta mavqega ega bo‘lgan.17 Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo‘lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayonidagi ishlar qozikalon, qozilar, mufti, raislar tomonidan amalga oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga bo‘ysungan. Davlatda har bir viloyatlar va shaharlar hukmdorlari ko‘ngillilaridan iborat qo‘shin saqlagan. Ko‘ngillilar odatda ozod va boy dehqonlarning o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilar harbiy holat vujudga kelgan vaqtda albatta yig‘ilgan. Ular viloyat va davlat daromadi hisobiga saqlangan. Davlat hududlari viloyat qo‘shinlari va g‘oziylarning qismlari bilan qo‘riqlangan. Ulkan va qudratli Somoniylar davlati o'ziga xos huquqiy tizimga ega bo'lgan. U o'zidan oldingi, jumladan, islomga qadar mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlarni qabul qilib olgan. Jumladan, «Avesto»ning Ico'pgina qonun va qoidalarini ham Somoniylar davlatida harakatda bo'lganligini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda Sosoniylar qonunnomasi, Bobil Talmudi va Ishoboxta qonunnomasi normalari ham harakat qilgan. Bu huquqiy yodgorliklar zardushtiylik, iudaizm va xristianlik diniy jamoalariga tegishli edi. Mazkur diniy jamoalar o'z huquqiy tizim-laridan foydalanganlar va yurisdiksiya sohasida mustaqil bo'lganlar. Biroq, Somoniylar davlatida islom davlat dini sifatida tan olinib, islom huquqi huquqiy tizimda hukmron mavqeni egallagan. Shunday qilib, Somoniylar davlati huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanishida quyidagilar manba bo'lib xizmat qilgan: Markaziy Osiyoning islomga qadar huquqiy normalari va institutlari; Somoniy tomonidan bosib olingan turli mintaqalarda mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlar; Markaziy Osiyo xalqlarining hamda ushbu imperiyaga ko'chib kelib o'rnashgan boshqa xalqlarning o'zaro odatlari va an'analari; mazkur xalqlarning bir-biridan juda farq qiluvchi diniy normalari; yuqoridagi xalqlar va davlatlarning siyosiy an'analari; islom huquqi; Somoniylar davlati hukmdorlarining ulamolar, shuningdek mahalliy hokimlar, raislar va boshqa ma'muriy-huquqiy birliklarning mansabdor shaxslari bilan birgalikdagi huquq ijodkorlik faoliyati; sud-boshqaruv amaliyoti va boshqalar.Yuqorida aytib o'tilganidek, islom huquqi Somoniylar davlati huquqiy tizimida hukmron bo'lganligi uchun fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritilishi, umuman olganda shariatga asoslangan edi. Shariat bo'yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyekti jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko'rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo'l qo'yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yoi qo'yilmagan (harom) bo'lishi mumkin.18 Harakat, shuningdek, shariat nuqtayi nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo'lmagan kabi turlarga bo'linadi.Jismoniy shaxslarning layoqatligiga jinsi, tabaqasi, mulkiy ahvoli, ayniqsa e'tiqodi ta'sir etadi. To'liq darajadagi huquq layoqatiga va muomala layoqatiga mulkdor musulmon erkak kishilar, hukmron tabaqa vakillari ega bo'lgan. Huquqiy layoqat tug'ilishdan boshlab, meros masalalarida esa tug'ilmasdan ham avval vujudga kelgan va o'lim bilan yoki bedarak yo'qolish bilan tugagan. Yosh bolalar, 15 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar, shuningdek, ruhiy kasallar va aqli zaiflar muomala layoqatiga ega emas deb hisoblangan.Fuqarolik huquqining obyektini ashyolar, mulkiy, shuningdek, mulkiy xarakterga ega bo'lmagan shaxsiy huquq (masalan, ismga ega bo'lish huquqi) tashkil etgan. Ashyolar harakatda va harakatsiz (ko'chmas), almashtiriladigan va almashtirilmaydigan, nasliy va nasliy bo'lmagan, bo'linadigan va bo'linmaydigan, iste'molga yo'l qo'yilgan va iste'raolga yo'l qo'yilmaydigan, muomaladan olingan va muomaladan olinmagan bo'lishi mumkin. Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidaiariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo'ysungan. Og'ir jinoyat qilganlar o'limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan. Viloyatlarda og'ir jinoyat sodir etganlar qozikalon va amir hukmiga havola etilgan. Oiim jazosini ibrat uchun Buxoro Registonida, ko'pchilik oldida ijro etishgan. O'g'irlik qilganlar muhtasib va uning mirshablari tomonidan ushlanib, aholi to'plangan yoki bozor joylarda qo'li chopib tashlangan. Yengilroq gunoh qilganlarga tan jazosi (kaltak, darra) berilgan yoki jarima solingan. Somoniylar davlatida islomdagi huquqiy munosabatlarni mahalliy xalq urf-odatlariga moslashtirishga yordam beruvchi asarlar yaratilgan. Ulardan qozilik mahkamalari yordamchi qo'llanma tarzida foydalanganlar. . Xulosa Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar. Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka katta e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan muomalada bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir. Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy davrida kunning dolzarb masalasiga aylangan edi. Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil birinchi navbatda mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni va savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar tug‘dirib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil katta va yaxshi qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon Sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi. Mamlakatning qudratini mustahkamlash maqsadida Ismoil Somoniy bir qancha islohatlar o‘tkazdi. Mana shunday islohatlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo‘ldi. Bu ma’muriyat dargoh – amir saroyi va devon – davlat idorasi, vazirliklardan iborat bo‘lgan.19 Somoniylar o‘z davlatlari hududida joylashgan o‘lkalardan chiqqan zamonasining yetuk ma’rifiy va fan sohiblarini Buxoroga taklif etdilar. Ular amir saroylarida o‘tkaziladigan ilmiy munozaralar va adabiyot uchrashuvlariga taklif qilinib turdilar. O‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirish aqsadida amir kutubxonalarida saqlanadigan qo‘lyozmalarni o‘rgandilar. Somoniylar davrida O‘rta Osiyoning qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy va savdo aloqlari yanada kengaydi va o‘zviylashdi. Movarounnahr va xurosonlik olimlar – Abdullo Ro‘dakiy, Abumansur Daqiqiy, Abulqosum Firdavsiy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nars Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abulabbos al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabilar o‘zlarining buyuk ixtirolari va tadqiqotlari bilan nafaqt o‘z o‘lkalaridagina emas, balki butun mashriqu mag‘ribda mashhur bo‘ldilar. E’tiborli tomoni shundaki, bu olimlar qomusiy bilimlar sohiblari bo‘lishgan. Ular fanning turli sohalarida ijod etib, dunyo madaniyati va fanining rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Ular ixtiro etgan kashfiyotlar faqatgina ularning nomlariga boqiyliq baxsh etmay, balki butun xalqimizning obro‘-e’tiborini dunyoga taratdi. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro registonida o‘zi uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishida katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyatda go‘zal bo‘lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog‘lar ichida bunyod etilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida erishgan madaniy yutuqlari va bilimlari IX-X asrlarda yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o‘tadi. Agarda bu ilmiy poydevor yuqori darajada bo‘lmaganda edi, Somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot haqida gapirish qiyin bo‘lar edi. Buxoro, Marv, Samarqand, Nishopur, Balx, Binkent, Kesh, Nasaf, Termez, Xo‘jand, Urganch kabi shaharlar bu davr ichida yirik madaniyat va fan markazlariga aylandilar. 20 Download 133.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling