Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


II BOB: ILK SLAVYAN DAVLATLARINING TASHKIL TOPISHI. BUYUK MORAVIYA VA CHEXIYA DAVLATI


Download 32.75 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi32.75 Kb.
#1488189
1   2   3   4
Bog'liq
G`arbiy slavyanlar

II BOB: ILK SLAVYAN DAVLATLARINING TASHKIL TOPISHI. BUYUK MORAVIYA VA CHEXIYA DAVLATI
II.1. Buyuk Moraviya—ilk slavyan davlati sifatida
Eng qadimgi slavyan davlatlaridan biri 9-asrning boshlarida Moravan qabilasi yashagan Morava daryosida paydo bo'lgan va tez orada uning chegaralarini sezilarli darajada kengaytirgan. Dastlab Buyuk Moraviya Karolingiya imperiyasi bilan chambarchas bog'liq edi va 9-asrning boshlarida hatto Rim marosimiga ko'ra suvga cho'mish marosimini ham oldi. Ammo franklar Moraviyani hamma narsada bo'ysundirmoqchi edilar va knyaz Rostislav mustaqillikni saqlab qolishga harakat qilib, Vizantiya bilan ittifoqqa moyil bo'ldi. U slavyanlarni e'tiqod masalalarida yoritadigan o'qituvchilarni yuborish iltimosi bilan basileusga elchixona yubordi. U Moraviyaga ikkita ruhoniy aka-uka - Konstantin (uning monastir nomi Kiril bilan mashhur) va Metyusni yubordi. Ikkalasi ham slavyanlarning tilini yaxshi bilishgan.
863 yilda birodarlar Moraviyaga kelishdi. Slavyanlarga e'tiqodni o'rgatish uchun Injil va liturgik kitoblarni slavyan tiliga tarjima qilish kerak edi. Ammo tarjimani qanday harflar bilan yozish kerak? Na lotin tilida, na lotin tilida yunoncha slavyan tilining shivirlash va hushtak tovushlariga mos keladigan harflar yo'q. Va birodarlar slavyanlar uchun maxsus xat yaratishga qaror qilishdi. Ular birinchi slavyan alifbosini o'ylab topishdi, deb nomlangan glagolit, va ular uchun Injilning tarjimasini yozib qo'ydilar. Biroq, g'ayrioddiy harf uslublari bilan glagolit alifbosi noqulay bo'lib chiqdi va uning o'rnini asta-sekin boshqa alifbo egalladi. U Kiril va Metyus shogirdlari tomonidan yunon yozuvi asosida yaratilgan va ustoz nomi bilan atalgan. Kirill alifbosi. Bu ruslar, ukrainlar, belaruslar, bolgarlar va serblar tomonidan hozirgacha qo'llaniladigan alifbo.
Aka-ukalarning o'limidan so'ng, ularning shogirdlari nemis ruhoniylarining fitnalari tufayli Buyuk Moraviyadan haydab chiqarildi, ammo talabalar Bolgariya, Serbiya va Xorvatiyada o'qituvchilarning ishini davom ettirdilar. Tez orada slavyan yozuvi Rossiyaga kirib keldi.
Kiril va Metyus tomonidan slavyan yozuvining yaratilishi, ularning diniy o'qituvchilar sifatidagi faoliyati va Injil tarjimasi butun slavyan madaniyati uchun katta ahamiyatga ega edi. Slavyan mamlakatlarida ular havoriylarning azizlari bilan, ya'ni havoriylarning o'zlari bilan teng deb e'tirof etilgani bejiz emas.
IX-asrning oxirida Buyuk Moraviya qismlarga bo'linib ketdi va tez orada uning katta qismi vengerlar hukmronligi ostiga o'tdi. Ammo Kiril va Metyusning faoliyati tufayli bu kuch tarixda o'z izini qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Slavyanlar VI-VII asrlardagi «ko`chish» dan keyin g’arbiy Evropada juda 
katta territoriyani ishg`ol qildilar. g’arbda -Elba bo`ylab ketgan chegaradan, 
sharqda-Visla xavzasigacha, shimolda Baltika dengizi qirg`oqlaridan, janubda-
Dunaygacha bo`lgan territoriyada slavyanlarning g`arbiy tarmog`i deb atalgan ko`p 
sonli slavyan qabilalari (slavyanlarning sharqiy tarmog`idan-rus slavyanlaridan 
h’amda janubiy, balkom slavyanlaridan-bolgarlar, serblar, xarvatlardan farq qilib) 
yashar edi. g’arbiy slavyanlarning o`zi yana uch gruppaga: Chexiya-Moraviya 
slavyanlari, Polsha-Visla slavyanlari va polab-Baltika bo`yi slavyanlariga bo`linar 
edi. g’arbiy slavyanlar urug`chilik tuzumining tushkunlik bosqichini boshidan 
kechirayotgan bo`lib, VII-XI asrlar ichida o`zlarining qabilaviy ittifoqlarini tuzdilar. 
Bu qabilaviy ittifoqlar vujudga kelayotgan davlat formalaridan biri edi. X-XI 
asrlarda feodallashuv protsessi munosabati bilan slavyanlarda ilk feodal davlatlari 
vujudga keldi. g’arbiy slavyanlar davlatlarining vujudga kelishida ichki 
sharoitlardan, yani h’ukmron feodal er egalari sinfining va shah’san qaram 
bo`lgan jamoachi deh’qonlar sinfining tashkil topishidan tashqari, slavyanlar 
qabilalarining qo`shni xalqlarga qarshi yanislavyanlarni zabt etib, qullikka solishga 
uringan xalqlarga qarshi olib borilgan qattiq kurashi h’am katta ah’amiyatga ega 
bo`lib, g`arbiy slavyanlar davlatlarining vujudga kelishini tezlashtirdi. Avarlarga, 
franklarga, vengerlarga. Ayniqsa german feodallariga qarshi olib borilgan kurash 
slavyanlarni o`z davlatlarini vujudga keltirishga majbur qildi, bu davlatlar bazi 
territoriya jih’atidan juda katta bo`ldi. Eng ilk g`arbiy slavyanlar Bagemiya (yoki Chexiya) qabilalari ittifoqi bo`lib, bu ittifoq VII asrning o`rtalarida h’ukm surgan edi (bu davlatlar h’aqidagi malumotlar bizga yilnomalarda qolgan). Bu ittifoq slavyanlarining avarlarga qarshi olib borgan kurashi jarayonida vujudga keldi(rus yilnomalaridan avarlar «obrlar» deb yuritilgan). Avarlar turk irqiga mansub xalq bo`lib, Dunayga VI asrning ikkinchi yarmida keldilar. VI asrning oh’irida VII asrning boshlaridan ular bir qancha slavyan qabilalarini o`zlariga bo`ysundirib, bu qabilalarga xiroj soldirar va ko`p kishini qul qilib oldilar. Slavyanlar avarlar h’ukmronligiga qarshi qo`zg`alon ko`tarib, ulardan ozod bo`ldilar va juda katta bir h’arbiy-qabilaviy ittifoq 
tuzdilar. Bu siyosiy ittifoqqa Samo degan bir knyaz bosh bo`ldi. bir frank yilnomasi 
(fredagar) da yozilishicha, Samo foank savdogari bo`lib, slavyanlar bilan savdo 
qilgan va keyin ularning h’arbiy boshlig`i bo`lib olgan. biroq ko`p tarixchilar juda 
asosli ravishda Samoni aslida slavyanlardan chiqqan deb h’isoblaydilar. Samo 
degan nomning o`ziga slavyancha bo`lganligining o`zi (Samoslav, Samosvyat 
degan ismlar slavyanlarda ko`p uchrar edi), Samoning majuziy yani xristianlikdan 
oldingi tarzdagi turmush-maishati (bu o`sha franklar yilnomasida takidlangan) va 
uning avarlargagina emas, balki franklarning o`ziga h’am qarshi urush olib borgani 
Samoning aslida slavyan bo`lganligidan dalolat beradi bundan tashqari, boshqa 
yilnomalarda (masalan, Xaltsburg yilnomasida) Samo to`g`ridan-to`g`ri slavyan deb ataladi. Samo ittifoqiga chexiya slavyanlaridan tashqari, yana janubiy slavyanlar (slovenlar) va polab slavyanlari serblar (sorblar) h’am qiradi. Shunday qilib, 
garchi «Samo davlati» ning chegaralarini aniq belgilash qiyin bo`lsada, slavyan 
qabilalari ittifoqi juda katta bo`lgan. Samo 35 yil idora qildi(623-658). Samo 
o`lgandan keyin qabilalar ittifoqi tarqalib ketdi. avavrlar xavfi endi u qadar 
qo`rqinchli emas edi. g’arbiy slavyanlarning ittifoqlari ichida mustah’kamrog`i Ulug` Moraviya ittifoqi deb atalgan edi; u h’am bo`lajak Chexiya territoriyasida vujudga kelib, butun bir asr h’ukm surdi. Bu ittifoq sostaviga turli chex qabilalari kirdi. Lekin uning asosiy moyasi chexlarning o`zi emas edi, balki ularga qardosh bo`lgan 
moraviyalar edi. bu Ululg` Moraviya ittifoqi deb atalgan davlatga Moymir ismli bir 
knyaz (818-846) asos solgan bo`lib, undan keyin Rostislav (846-870) va 
Svyatopolk (870-894) degan knyazlar idora qildi. Bu knyazlarning h’ammasi h’am 
nemis feodallariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Ulug` Moraviya davlati Rostislav 
va Svyatopolk zamonida ayniqsa, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Knyazlikning 
poytaxti Velegrad shah’ri edi. Ulug` Moraviya davlatiga morav va chex 
qabilalaridan tashqari. Yana serblar va Laba (Elba) bo`yidagi bazi slavyanlar 
(Elbaning yuqori va qisman o`rta oqimida yashagan slavyanlar), polyak 
qabilalrining bir qismi, Pannoniya, Slovakiya va ancha keyingi Galitsiya 
slavyanlari h’am kirgan edi. Slavyanlarga qisman katolik nemis cherkovi orqali 
kirayotgan nemislar tasiriga qarama-qarshi o`laroq, Rostislav Vizantiya bilan aloqa 
bog`ladi, xristianlikni targ`ib qilish uchun u erdan grek missionerlari Konstantin (bu 
ko`proq Kiril nomi bilan mashh’ur) va Mefodiyni chaqirib keltirdi. 

Kiril bilan Mefodiy shah’ridan chiqqan greklar bo`lib, slavyan tilini yaxshi 


bilar edilar. Kiril 855 yillarda Solundu slavyanlar uchun alifbe tuzdi (u kiriliatsa 
deb ataladi), bu alifbega grek alifbosidagi xarflar asos qilib olindi. Kiril bilan 
Mefodiy Moraviyaga 863 yilda kelib, dastlab muvaffaqiyat qozondi. Rostislav 
ularga h’ar jih’atdan yordam berdi. Bir necha ming moravlar va chexlarni grek 
ruxoniylari cho`qintirdi. Cho`qingan, xristianlikni qabul qilgan moravlarning ko`pi 
xat-savodni o`rganib, ruxoniy bo`ldi, yani Kiril bilan Mefodiyning yordamchilariga 
aylandi. Shunday qilib, Moroviyada nemislarning vositachiligisiz mustaqil slavyan 
cherkovi vujudga kela boshladi. Shu bilan birga Moraviyaning Vizantiya bilan 
qardosh janubiy slavyanlar bilan madaniy va siyosiy aloqasini yanada 
mastah’kalashiga imkon tug`ila boshladi. Biroq, oradan ko`p vaqt o`tmay, Kiril va 
Mefodiy katta qiyinchiliklarga duch keladilar. 

Katolik nemis ruxoniylari ularning ishiga h’ar qanday yo`llar bilan to`sqinlik 


qilishga urindi, buning uchun papaga ular ustidan shikoyat qildilar. 

Kiril bilan Mefodiy javob berish uchun Rimga borishga majbur bo`ldilar. 


Kiril sal vaqt ichida vafot etdi (869), Mefodiy moravlar o`rtasida targ`ib ishlarini 
davom ettirishga papadan ruxsat oldi va Moraviyaga arxiepikop qilib tayinlandi. 
Biroq Moraviya davlatidagi siyosiy ah’vol boyagidek juda murakkab va 
ziddiyatligicha qolaverdi. 

870 yilda Rostislavning o`z jiyani Svyatopolk nemislarning yordami bilan 


taxtdan tushirdi. Biroq, oradan ko`p vaqt o`tmay, nemislar Svyatopolkdan h’am 
qutulishiga qaror qildi. U davlatga h’iyonat qilganligida ayblanib, taxtdan tushirildi va Germaniyaga olib ketildi. Butun Moraviyaning egallab oldi va uni idora qilish uchun nemislardan ikkita nemis-graf tayinlandi. Lekin Morvaiya ittifoqiga kirgan slavyanlar 971 yilda nemislar zulmiga qarshi qo`zg`alon ko`tardilar. 
qo`zg`alonchilarga Kiril va Mefodiyning shogirdlaridan Slavomur boshchilik qildi. 
Nemis feodallari bu qo`zg`alonni bostirish uchun Svyatopolkning o`zidan 
foydalanishga urindilar. Ammo Svyatopolk yolg`ondan nemislarga yordam berishga rozi bo`ldi-yu, keyin o`zining xamqabilalari tomoniga o`tib, ular bilan birgalikda nemis feodallariga qarshi kurash olib bordi. 
Oxir oqibatda Germaniya qiroli (Lyudovik Nemis) yon berdi va 874 yilda 
Svyatopolk bilan bitim tuzib, uni mustaqil Moraviya knyazi deb tan oldi. 
Keyinchalik Svyatopolk Moraviya davlatining chegaralarini ancha kengaytirishga, 
Laba, Oder bo`ylarida, Karpat etaklaridagi yashovchi slavyanlarni bo`ysundirishga 
muvaffaq bo`ldi va nemislarning, bizga itoatkor qul bo`ldi, degan umidini puchga 
chiqardi. Biroq h’ar bir h’olda nemis feodallariga birmuncha yon berishga majbur 
bo`ldi. bu yon berishdan biri shu bo`ldiki, Mefodiyning faolyatiga zarar etkazib, 
katolik cherkovining faoliyatiga erkinlik berildi. Mefodiy o`lgandan keyin (885) 
uning shogirdlari Moraviyadan butunlay h’aydab chiqarildi. Ular Bolgariyaga 
ketdilar va u erda h’am milliy-slavyan-bolgar cherkovini vujudga keltirishga va ilk 
slavyan-bolgar yozuvini rivojlantirishga yordam berdilar. 

Svyatopolk Moravskiy o`lgandan keyin uning o`g`illari bir-biri bilan urushib


knyazlikni tezda zaiflashtirdi. Lekin Ulug` Moraviya davlatining h’alok bo`lishiga, 
asosan IÕasrning oh’irida O`rta Dunay vengralarning paydo bo`lishi sabab bo`ldi, 
ular 906 yilda Moraviya davlatini g`oyat darajada h’arob qildilar. Moraviyaning 
Vengerlar tomonidan vayron va h’arob qilinishi Moraviya ittifoqining parchalanib 
ketishiga sabab bo`ldi.
X asrning boshlarida Ulug` Moraviya davlatining bir qismidan Chexiya knyazligi 
vujudga keldi. Chex knyazlari IX asrda h’am bor edi, u vaqtda ular h’ali Moraviya 
knyazlariga qaram edilar. Chunonchi, knyaz Borivoy (874-879), uning xotini 
knyagina Lyudmilo episkop Mefodiydan xristianlikni qabul qilganlar orasida tilga 
olinadi. 

Foydalanilgan adabiyotlar:
SSSR tarixi bo'yicha o'quvchi. T. I / Comp. V. Lebedev va boshq. M.: 1940 yil
Rybakov B.A.Qadimgi rus butparastligi. M.: "Ilm" nashriyoti, 1987 yil
Rybakov B. A. Qadimgi slavyanlarning butparastligi M.: "Nauka" nashriyoti, 1981 y
Kornelius Tatsitus. Ikki jildda ishlaydi. Vol.1. Yilnomalar. Kichik qismlar. L.: Fan, 1969
V.V.Sedov Slavyanlar kelib chiqishi va dastlabki tarixi. M.: "Ilm" nashriyoti, 1979 y
Gimbutas M. slavyanlar. Perunning o'g'illari. Moskva: 2001 yil.
Blagorad,
Rodnoverie jurnali №1 (1) 2009 y



Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling