Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi
Download 1.07 Mb.
|
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA
1.2. Fanning vazifalari.
Ekologiya fanining asosiy vazifasi tur vakillari hosil qiladigan populyasiyalar, turli senozlar, biosenozlar va ekosistemalarning hosil bo’lishi, rivojlanish qonunlarini aniqlash, ularning muhit bilan munosabatlarini yoritishdan iboratdir. Umumiy ekologiyaning asosiy vazifasi 1954-yili Kiyevda bo’lib o’tgan ekologlarning III-Konferensiyasi qarorlarida quyidagicha belgilangan: 1) organizmlar va muhit o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslanish yo’llarini o’rganish; 2) turning yashash shakli bo’lmish tur vakillari hosil qiladigai va rivojlanadigan populyasiyalarni o’rganish bilan bir vaqtda ularning farklanishini, son va sifat o’zgarishini o’rganish; 3) ma’lum joyda, ma’lum muhitda hosil bo’lgan va rivojlanayotgan biosenozlarni, ular ichidagi organizmlarning munosabatlarini o’rganish. Ekologiyaning katta birligi ekosistemalarni o’rganishdagi vazifalariga: 1) ma’lum landshaftlarning asosiy ekosistemalarini va ular o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash; 2) ekosistemalarda uchraydigan turlar soni va sifatini hamda ular uchraydigan iqlimini, tuproq xilini, joyningholatini o’rganish; 3) ekosistemaning tuzilishini, u yerda uchraydigan turlarning bir-birlari va ularning muhit bilan hamda jonsiz tabiat komponentlari bilan bo’layotgan munosabatlarini ochish; 4) ekosistemaning tarkibini ko’rsatuvchi harorat, namlik, tuproqxillari, tuzlar miqdori (suvda, tuprokda) va biogen moddalarning borligi hamda oz va ko’pligini aniqlash; 5) ekosistemaning mikdorini solishtirishda, uning asosiy komponentlarini o’zaro va muhit bilan aloqalarini ochib, turlarning o’sish, ko’payish va fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan fitomassani hamda uni hayvonlar tomonidan o’zlashtirish tezligini aniqdash; 6) ekosistemalarda uchraydigan hamma komponentlarning fasllar bo’yicha yil davomida va ko’p yillar mobaynida sodir bo’ladigan o’zgarishlarini o’rganib, u yoki bu ekosistema asosida umumiy qonunlar yaratish, kelajak uchun chora-tadbirlar ishlab chi-qish kiradi. Hozirgi kunda atrof muhitda sodir bo’layotgan turli ekologik ziddiyatlarning oldini olish va chora-tadbirlar ishlab chiqishda ekologik ta’lim va tarbiya masalalarini hal qilish maqsadga muvofikdir: 1) jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni har bir insonga chuqur o’rgatish, zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalash; ishlab chiqaruvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy rayonlarning ekologik holatini inobatga olish; 2) kelajakning ekologik rejasini tuzish va bu rejalarni amalga oshiradigan ekolog mutaxassislar tayyorlash; 3) har bir inson, jamiyat va shu jammyat ichidagi turli guruhpar, toifalarning o’zlari yashab turgai muhit bilan umr bo’yi qiladigai muloqotlari tabiat va uniig boyliklariii saqlashga qaratilgan bo’lib, shu soha bo’yicha malumotli kadrlar tayyorlash; 4) jamiyat a’zolari o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda o’zlari yashab turgan joy, vodiy, to’qayzor, adirlar, tog’lar va soylarning go’zalligini, ularning inson hayoti va salomatligidagi ahamiyatini yosh avlodga tushuntirish, ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish; 5) turzli ekologik ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini aholiga tushuntirish, ular o’rtasida ekologik ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish, ekologik ziddiyatlardan qutulishga oid chora-tadbirlar, usullarni ishlab chiqish va amalga oshirishga o’rgatish; 6) yuqoridagi vazifalarni bajarish bog’cha tarbiyachilari, maktab, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarning turli o’yinlari, kinofilmlar hamda tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joylardagi tabiiy voqyeliklar va ekologik holatlarga bog’lab ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish orqali bo’ladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling