Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


Modifikatsiya va boshqarilish. Inersiyali va inersiyasiz mexanizm. Barqaror, titrovchi va portlovchi tip


Download 1.07 Mb.
bet54/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

Modifikatsiya va boshqarilish. Inersiyali va inersiyasiz mexanizm. Barqaror, titrovchi va portlovchi tip.

  • 7.1. Biotsenozda organizmlar o’rtasidagi aloqalar.



  • Organizmlar o’rtasidagi munosabatlar va aloqalar biotsenozning shakllanishi va yashashining asosi hisoblanadi. Organizmlar o’rtasidagi aloqalar turli tuman bo’lib, ular orasida eng muhimlari trofik va topik aloqalardir.

  • Trofik aloqalarda bir tur ikkinchi tur bilan oziqlanadi, yoki o’lik qoldiklari bilan yoki hayot faoliyati maxsulotlari bilan. Trofik aloqalar Oziq bilan bog’liq aloqalardir. Trofik aloqalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita trofik aloqalarga yirtqich-o’lja, parazit- xo’jayin munosabatlari va h.o.lar kiradi. Bunda bir tur bevosita ikkinchi tur uchun oziq bo’lib xizmat qiladi. Bilvosita trofik aloqalarda bir tur hayot faoliyati ikkinchi to’rning oziq bilan ta’minlanganligiga ta’sir qiladi. Raqobat shunday aloqadir.

  • Bir tur hayot faoliyati natijasida boshqa tur yashash sharoitining o’zgarishi topik aloqalarni ifodalaydi. Bunday aloqalar juda turli tuman. Boshqa turlar uchun yashash sharoitlarini yaratish yoki o’zgartirishda, ayniqsa, o’simliklarning roli katta. Trofik va topik aloqalar turlarni bir -biri yaqinida tutib turuvchi, ularni ancha barqaror jamoalarga birlashtiradigan aloqalardir.

  • 7.2. Salbiy va ijobiy munosabatlar.



  • Tirik organizmlar orasida turli tuman aloqalardan ko’pchilik organizmlar uchun umumiy bo’lgan quyidagi aloqalarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • 1. Yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin munosabatlari. Yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin

  • munosabatlari bevosita oziq munosabatlari bo’lib, birinchi tur uchun zararli, ikkinchi tur uchun esa ijobiy oqibatga ega bo’ladi.

  • Aslida, barcha ozuqa munosabatlarini shu tipdagi aloqalarga kiritish mumkin. Utxur hayvonlar

  • yirtqich deb hisoblanmasada hayvon va o’simlik orasidagi oziq aloqalari yirtqich - o’lja aloqalarga juda o’xshash.

  • Odatda boshqa hayvonlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi. Parazitizm- turlar orasidagi shunday aloqaki, bunda bir organizm ikkinchisidan nafaqat oziq manbai sifatida, balki yashash muhiti sifatida ham foydalanadi. Zararkunanda xasharotlarning o’simliklar bilan munosabati ham parazitizm Harakteriga ega. Parazitlar odatda xo’jayindan ancha kichik bo’ladi.

  • Yirtqichlik ko’p xollarda faol qarshilik ko’rsatadigan yoki qochadigan o’ljani tutish bilan bog’liq. Shuning uchun bunday munosabatlar yirtqichlarda ham, o’ljada ham turli xil moslanishlarni yuzaga keltiradi. Yirtqichlar, odatda keng oziq spektrga ega bo’ladi. Ular oziqni tutishga juda ko’p kuch va energiya sarf qiladi.

  • Parazitlarda esa oziq spektri ancha tor bo’ladi. Chunki ma’lum tur organizmda yashashga parazit qanchalik moslashgan bo’lsa, uning ko’payish imkoniyatlari shuncha yuqori bo’ladi. Yirtqichlik va parazitizm munosabatlarining muhim ekologik ahamiyati shundaki, organizmlar bir-biri bilan oziqlanib, moddalarning tabiatda aylanishiga sharoit yaratadilar. Modda aylanishisiz esa hayot bo’lishi mumkin emas. Bu aloqalarning yana bir muhim ahamiyati-turlar sonining o’zaro boshqarilishidir.

  • 2. Kommensalizm. Kommensalizm o’zaro munosabatlarning shunday shakliki, bunda bir organizmning hayot faoliyati ikkinchi organizmni oziq yoki joy bilan ta’minlaydi. Boshqacha aytganda kommensalizm- bir organizmning ikkinchi organizmga xech qanday zarar yetkazmasdan bir tomonlama foydalanishdir. Masalan, sherlardan qolgan Oziqni iste’mol qilib ko’pchilik qushlar hayot kechiradi. Qushlarning uyasida, kemiruvchilar inida juda ko’p organizmlar yashaydi. Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, turlarni zichroq yashashiga va yashash muhiti hamda resurslardan to’liqrok foydalanishga imkon beradi. 3 Mutualizm. Mutualizm- turlar o’rtasidagi ikki tomonlama foydali aloqalardir. Bunday ikki tomonlama foydali birga yashashning rivojlanish darajasi vaqtinchalik aloqalardan tortib, hayotning zarur shartigacha borishi mumkin. Hayotning zarur sharti darajasidagi ikki tomonlama foydali aloqalar simbioz deb nomlangan. Masalan, lishayniklar tanasidagi zamburug va suvo’t orasidagi aloqa, termitlar bilan ular ichagida yashovchi va kletchatkani shakarga aylantiruvchi xivchinlilar o’rtasidagi aloqa ham simbiozdir. Azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar ham o’simliklar bilan simbioz xolda yashaydi.

  • Meva bilan oziqlanuvchi qushlar bilan o’simlik orasidagi aloqa ham mutualizmga mansub. Chunki qushlar meva bilan urugni ham yutadi va uni tarqalishiga yordam beradi. Ko’pchilik chumolilar ham o’simlikda yashab uni zararkunandalardan ximoya qilishi mumkin. 4. Neytralizm. Neytralizm- shunday biotik munosabatlarki, bunda ikki to’rning bir joyda birga yashashi ular uchun foydali ham zararli ham emas. Neytralizmda turlar bir-biri bilan bevosita bog’lanmagan, lekin ular biotsenozning umumiy holatiga bog’liq xolda yashaydilar.

  • Bunday munosabatlar turlarga boy biotsenozlarda ko’p uchraydi. 5.Amensalizm. Amensalizmda o’zaro aloqada bo’lgan turlarning birga yashashi bittasi uchun salbiy oqibatga olib kelsa, ikkinchisi uchun foyda ham zarar ham keltirmaydi. Bunday o’zaro ta’sir o’simliklarda ko’proq uchraydi. Masalan, yorug’sevar utchil o’simlik daraxt tagida o’sganda soya ta’sirida rivojlanishi qiyinlashadi. Daraxt uchun bunday birga yashashning ahamiyati yuk. Bunday munosabatlar ham organizmlar sonini boshqarilishida ishtirok etadi va turlarning taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi.

  • 6. Raqobat. Raqobat- o’xshash ekologik extiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir. Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini kamaytiradi. Raqobat- birga yashovchi ikki turga ham salbiy ta’sir qiladigan yagona ekologik munosabatdir. Raqobatli aloqalarning shakli turli tuman bo’lishi mumkin. Lekin Har qanday holatda ham bir xil ekologik extiyojga ega turlar birga yashaganda, biri ikkinchisini albatta siqib qo’yadi.

  • Infuzoriya tufelkaning 2 turi Ragamicitum aurelia va P. caudatum bilan o’tkazilgan tajribalarda alohida o’stirilgan tufelkalar yaxshi ko’payib, populyatsiya soni ma’lum darajada yetganda saqlanib turadi. Agar ikki tur bitta oziq muhitida o’stirilganda ikki to’rning soni ham avvaliga o’sib boradi, lekin keyinchalik P. caudatum soni kamayib borib u butunlay yo’qolib ketadi.

  • Raqobatli munosabatlarda ekologik muhitga ko’proq moslashgan tur golib chiqadi. Bir biriga juda yaqin turlarning ham ekologik valentligi to’liq mos tushmaydi. O’simliklarda raqobatchini siqib chiqarish tuproqdagi mineral elementlarni va namlikni, quyosh nurini ko’proq egallab olish hamda zaharli birikmalar ajratish orqali amalga oshiriladi. Hayvonlarda raqobatchi turlarning bevosita jangi ham uchrab turadi.


  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling