Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi
– mashg’ulot. Hayvonlarning parazit hayot tarziga moslashishini o’rganish
Download 1.07 Mb.
|
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
3 – mashg’ulot. Hayvonlarning parazit hayot tarziga moslashishini o’rganish
Material va jihozlar. Jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi, odam askaridasi, chivin va burgalarning tashqi hamda ichki tuzilishini ifodalovchi rasmlar. Tirik organizmlarning o’ziga xos yashash muhitlaridan biri boshqa tirik organizmlardir. Hatto o’lchami juda kichik bo’lgan bir xujayrali organizmlar ichida ham boshqa kichikroq organizmlar parazitlik qilib hayot kechiradi. Demak, bir organizm boshqa tirik organizm uchun yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi. Boshqa organizmlardan yashash muhiti va oziq manbai sifatida foydalaniladigan organizmlar parazitlar deb ataladi. Yashash muhiti bo’lib xizmat qiladigan organizm esa xo’jayin deb ataladi. Parazit xo’jayin organizmida mahsus muhitda yashaydi va uning tashqi muhit bilan aloqasi xo’jayin orqali amalga oshadi. Xo’jayin organizmi yashash muhiti sifatida parazit uchun qulay va noqulay xususiyatlarga ega. Parazitlar yashash muhitining qulaylik tomonlaridan biri oziqaning doimo mo’l bo’lishidir. Bu holat parazitlarning tez o’sishiga va ko’payishiga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, xo’jayin organizmida parazitlar tashqi muhitning har qanday noqulay ta’sirlaridan himoyalangandirlar. Tashqi dushmanlaridan himoyalanganlik ham parazitlar muhitining qulay tomonidir. Lekin, parazitlar uchun ekologik noqulayliklar ham mavjud. Bunday noqulayliklarga yashash maydonining cheklanganligi, kislorod bilan ta’minlanishning murakkabligi, bir xo’jayindan ikkinchisiga o’tish qiyinchiliklari hamda xo’jayin organizmining parazitga nisbatan ko’rsatadigan himoya reaksiyalari kiradi. Ishni bajarish tartibi. Rasmlarda tasvirlangan parazit organizlarning tashqi tuzilishi diqqat bilan kuzatiladi. Rasmlar mavjud bo’lganda parazitlarning ichki tuzilishiga ham e’tibor beriladi. Parazitlar tuzilishida mavjud bo’lgan moslanishlar aniqlanib, ularning yuzaga kelish shart- sharoitlari haqida xulosalar qilinadi. Xulosalar quyidagi jadvalga kiritiladi. Tablitsa - 2 Parazitlardagi muhitga nisbatan paydo bo’lgan moslanishlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollarOdam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi yana qanday organizmlarni bilasiz? Parazit o’simliklar va ularning tuzilishidagi moslanishlar haqida nimalar bilasiz? Parazitlardagi tashqi muhitga tushish bilan bog’liq moslanishlarni tushuntirib bering? Yuqoridagi o’rganilgan parazit organizmlarning serpushtligi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 8-rasm. Jigar qurti. 9-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi. 1-og’iz so’rg’ichi, 2- og’zi, 1- voyaga etgan karazi, so’rg’ichi, 4- ichak, 5- jinsiy sistemasi. 2- suvga tushgan tuxumlar, 3- kiprikli lichinka, 4- chuchuk suv shilig’I, 5,6-dumli lichinka, 7-o’tga yopishib qolgan tsista, 8-qoramol. 10-rasm. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi. 1-cho’chqa tasmasimon chivalchangi, 2-uning boshi, 3- exinokokk, 4- exinokokk finnasi. 11-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar. 1-3- burga (urg’ochi, qurt, g’umbak), 4-5- bit va uning tuxumi, 6- bezgak pashsha, 7- oddiy pashsha/ Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling