Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


- mashg’ulot. Populyasiya soni va zichligini aniqlash


Download 1.07 Mb.
bet88/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

4 - mashg’ulot. Populyasiya soni va zichligini aniqlash


  • Material va jihozlar. Turli organizm populyasiyasi soni va zichligi ko’rsatilgan jadval. Ishning bir qismi dala sharoitida bajariladi.

  • Populyasiya - bu tashqi muhit sharoitlari bir xil bo’lgan muayyan hududdagi bir birga munosib organizmlar yig’indisidir.

  • Populyasiya soni muayyan hududdagi, ya’ni populyasiyadagi individlarning umumiy sonidir. Populyasiya soni yirik organizmlarda oddiy sanash, belgi qo’yish yo’li bilan va boshqa usullarda aniklanadi. Ko’pchilik organizmlarda populyasiya soni zichlikni aniqlash orqali aniqlanadi.

  • Populyasiya zichligi - maydon birligidagi individlar sonidir. Quruqlikdagi organizmlarda populyasiya zichligi maydon birligida, suv organizmlarida hajm birligida, tuproq organizmlarida esa hajm yoki massa birligida ifodalanadi.


  • Ishni bajarish tartibi. Populyasiya soni va zichligini aniqlash uchun qo’uv binosi yaqinidagi yashil maydon (daraxtzor) tanlanadi. Daraxtlarning turlari aniqlanadi va ularning soni sanab chiqiladi. Olingan ma’lumotlar amaliyot daftariga qayd qilinadi. Bu ma’lumotlar daraxtlar populyasiyasining sonini ifodalaydi. Daraxtlar zichligi 100 m2 maydondagi individlar sonida ifodalanadi.

  • O’tchil usimlik zichligini aniqlash ajiriq, qo’ng’irbosh, bug’doyiq yoki boshqa o’simlik tanlanadi. 1 m2 maydon ajratilib, tanlangan turga mansub o’simliklar soni sanab chiqiladi. Bunday namunalar ajratilgan maydonning turli qismlaridan bir nechta olinadi va o’simliklarning 1 m2 maydondagi o’rtacha soni aniqlanadi. Olingan natija mazkur o’simlik populyasiyasining zichligini ifodalaydi.


  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Populyasiya deganda nimani tushunasiz?

    1. Bir turga mansub organizmlarda populyasiyalarning yuzaga kelishini qanday izohlash mumkin.

    2. Populyasiya zichligi va soni deganida nimani tushunish kerak.

    3. Populyaiya soni va zichligini aniqlashning qanday ahamiyati bor.
  • 1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling