7- mashg’ulot. Zoomuzeyga va issiqxonaga sayohat.
Sayohat vaqtida talabalar muzeyda hayvonlarning xilma - xiligi va hayotiy shakllari, tarqalishi, issiqxonada o’simliklarning hayotiy shakllari, trofik va subtropik mintaqa o’simliklari, manzarali o’simliklar bilan tanishadilar.
7- mashgulot. Qo’riqxonaga sayohat.
Sayohat yaqin joylashgan qo’riqxonaga uyushtiriladi. Sam DU talabalari “Zarafshon” davlat qo’riqxonasiga sayohat qiladilar. Sayohat vaqtida talabalar qo’riqxonaning ahamiyati va vazifalari, qo’rikxona faoliyati bilan tanishadilar.
O’zbekistonning eng noyob landshaftlaridan biri to’qay yoki qayir o’rmonlari hisoblanadi. To’qaylar O’zbekistonning eng yirik daryolari qirg’oqlarida ensiz tasma shaklida joylashib, bebaho biotoplardan hisoblanadi, ya’ni birinchi navbatda toza havo bilan ta’minlovchilardir. Qayir o’rmonlari daryoni tfloslanishdan saqlab, suvning tozaligini ta’minlaydi, hamda tabiatda namlik almashinuvida asosiy rol o’ynaydi.
Qo’riqxona tashkil etishdan maqsad – yo’qolib borayotgan kenjatur Zarafshon tillarang qirg’ovuli sonini ko’paytirish va himoyaga olish, hamda qimmatbaho dorivor o’simlik hisoblangan chakandani hamda to’qay landshaftlarini himoyaga olishdan iborat.
O’zbekistonda saqlanib qolingan to’qayli maydonlarda tashkil qilingan uchta qo’riqxonalarning biri Zarafshon qo’riqxonasidir. U 1975 yilda tashkil qilingan. Uning maydoni Samarqandning Cho’pon –Ota tepaliklaridan boshlanib, daryoning o’ng qirg’og’i bo’ylab oqimga qarshi 47 kilometrga cho’ziladi, eni esa, 300-1500 metrlar oralig’ida. Qo’riqxona maydoni 2352 ga bo’lib, shundan 680 gektari o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxona hududida 300 ga yaqin o’simlik turlari o’sadi. Bular qarg’ajiyda, chakanda, echkitol, majnuntol, suvtol, yulg’un, qizil do’lana, jing’il va boshqalar. Namli yerlarda shirinmiya, qo’g’a, kendir, qamish va boshqalar uchraydi. Qo’riqxonada 59 dorivor va 23 tur texnik o’simliklar o’sishi aniqlangan. Boychechak va sarvinjon o’simliklari O’zR Qizil kitobiga kiritilgan.
Zarafshon qo’riqxonasining yana bir faxri 14 gektarga yaqin qadimiy relekt hisoblangan turang’ilning to’p holda saqlanib qolganligidir. Qalin chakalakzorlarda tulki, chiyabo’ri, sahro va qamish mushuklari panoh topadilar.
Seminar mashg’ulotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |