Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


SAT (Sxolastik aptityud test);  AKT


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

SAT (Sxolastik aptityud test); 
AKT (Amerikan kollej test) sinovlari.
SAT sinovlari murakkabroq bo‘ladi. Mashhur universitetlarga kirish 
uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo‘ladi. 
Bulardan tashqari murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy 
maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo 
biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u 
talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. 
Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a'lochi 
talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan 
yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga 
harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati 
har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan 


468 
qiziquvchi kompaniyalarning e'tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir. Har bir 
maktab bir inson tomonidan yo‘naltirilgan bo‘lib hisoblangan.45 
Yuqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda 
barcha fanlardan olgan baholarining o‘rtacha miqdori talabani univErsitetga 
qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. Amerika kollejlari ikki yillik 
va to‘rt yillik bo‘ladi. Ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim 
pog‘onasidagi eng birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni 
tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma'lumotning birinchi 
pog‘onasiga erishadilar. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rt yillik institut va ayrim 
universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to‘rt yillik 
kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich oliy ma'lumot 
beruvchi o‘quv yurtlari kiradi. Ikkinchi bosqich oliy ma'lumot beruvchi o‘quv 
yurtlari bizning aspiranturaga to‘g‘ri keladi. Bu o‘quv yurtiga kirish uchun ikki 
fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba 
magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba 
doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat 
mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida 
talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. O‘qishni muvaffaqiyatli 
bitirib, dissertatsiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy 
fanlardan doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga “falsafa 
doktori” ilmiy unvoni beriladi. AQSh maktablari — oliy maktabgacha mana 
shunday bosqichlarga ega. 
AQShda Oliy o‘quv yurtlari asosiy funksiyalariga ko‘ra quyidagi 6 turga 
tasniflanadi. 
Tadqiqot universitetlari: I va II guruh. (3foiz %, 125 OO‘Yu), doktorlik 
darajasini beradi. Bu universitetlarning I va II guruhlari orasidagi farq federal 
45 History of pedagogy. William Harold Payne. Gabriel Compayre Ulan Press, 2012.21b. 


469 
moliyaviy yordam hajmi bilan bog‘liq, ya’ni II guruh OO‘Yulariga nisbatan 
kamroq mablag‘ ajratiladi. 
Doktorlik universitetlari: I va II guruh (3 foiz %, 111 OO‘Yu). Ta’limning 
barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi. I va II guruh orasida farq ilmiy darajalar 
soniga bog‘liq: I guruh uchun 5ta yo‘nalish bo‘yicha 40ta doktorlik darajasi, II 
guruh uchun 3ta yo‘nalish bo‘yicha 10ta doktorlik darajasi beriladi. 
Magistrlik o‘quv muassasalari (15 foiz %, 529 OO‘Yu), bakalavriat va 
magistrlik dasturlariga ega. Bu o‘quv muassasasini ko‘p tarmoqli hamda keng 
qamrovli universitet va kollejlar deb atashadi. I guruh – milliy, II guruh – 
regional hisoblanadi. 
Bakalavr OO‘Yularining 4 yillik kollejlari – I, II guruh. (18 foiz %, 637 
OO‘Yu) – juda katta to‘lov asosida o‘qitiladigan, mamlakatning eng nufuzli 
universitetlari magistraturalariga kadrlar etkazib beradigan elitar ta’lim 
muassasalari. 
Ixtisoslashtirilgan OO‘Yulari yoki bakalavr diplomi bilan qabul 
qilinadigan kasbiy maktablar (20 foiz %, 722 OO‘Yu), (tibbiyot, 
xuquqshunoslik, pedagogik, boshqaruv va h.) 
Ikki yillik kollejlar va institutlar (41foiz %, 471 OO‘Yu). 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling