Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar o‘quvchilarga bir xil sharoit va bir xil ta’lim tizimini taqdim etadi. Bepul ta’lim -
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individuallik
- Ishonch va o‘qituvchilar salohiyati
- Ixtiyoriylik
- Mustaqillik
Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar o‘quvchilarga bir xil sharoit va
bir xil ta’lim tizimini taqdim etadi. Bepul ta’lim - bepul ta’lim berish bilan birgalikda o‘quvchilarga barcha o‘quv jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi. Individuallik – darslarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar yoki yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar alohida shug‘ullanishadi. Finlyandiyada o‘quvchilar qo‘shimcha darslarga qoldirilmaydi. Amaliylik – o‘quvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda o‘quvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv kabi ishlar bilan shug‘ullanadilar. Ishonch va o‘qituvchilar salohiyati – barcha maktablardagi o‘qituvchilar magistratura darajasiga ega bo‘lishlari shart. O‘quvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shug‘ullanmaydi va o‘qituvchilarning o‘quvchilarni hayotga tayyorlashiga to‘liq ishonishadi. Ixtiyoriylik – dars jarayonida qay darajada ishtirok etish o‘quvchilar ixtiyorida. O‘qituvchilar o‘quvchilarni darsga qiziqtira olmasalar o‘quvchilar sinfni tark etishi yoki o‘zlari yoqtirgan boshqa biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanishlari mumkin. Mustaqillik – fin ta’lim tizimida o‘qituvchilar o‘quvchilarni imkon qadar o‘zlari bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari kerakligiga yo‘naltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish ko‘nikmalari amaliy mashg‘ulotlar yordamida shakllantiriladi. O‘quvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qo‘llab quvvatlanadi. Finlyandiya ta’limining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u barcha darajalarda, ya’ni maktabgacha ta’limdan oliy ta’limga qadar to‘liq bepul ta’lim olishni ta’minlaydi. Shuningdek, barcha o‘quv materiallari, darsliklar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi hamda boshlang‘ich va o‘rta ta’limda barcha o‘quvchilarga 489 maktablarda bepul tushlik beriladi. Finlyandiyada o‘n yillik majburiy ta’lim davomida milliy imtihon yo‘q. Barcha maktablarda bir xil ta’lim beriladi, o‘quvchilar muvaffaqiyatiga qarab turli maktablarga birlashtirilmaydi va deyarli barcha o‘quvchilar uylari yaqinidagi maktabga borishadi. Finlyandiya ta’lim tizimi va jamiyati o‘qituvchilarning malakasiga tayanadi. Finlyandiya ta’limini baholash markazi ta’limdagi baholashni butun mamlakat bo‘ylab olib boradi. Baholashlarning asosiy maqsadi ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarni tegishli fikr-mulohazalar bilan ta’minlashdir va ular o‘qituvchilarga tekshiruv tashriflarini o‘z ichiga olmaydi. Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati bir qancha omillar tizimidan tarkib topgan va bunda o‘qituvchilarning salohiyati ushbu tizimning eng muhim omili hisoblanadi. Shuningdek, ta’limda teng sharoitlar, uzoq muddatli ta’lim siyosati, ishonch madaniyati va mustaqil ta’lim olish odatiga urg‘u berish bu muvaffaqiyatning boshqa sabablari hisoblanadi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik ta’lim tizimining uzluksiz ishlashiga yordam beradi. Finlyandiya qirq yildan ziyod vaqt mobaynida keng qamrovli va uzoq muddatli ta’lim islohotini olib bormoqda. Finlyandiyaning muvaffaqiyati izchil va uzoq muddatli ta’lim islohoti bilan chambarchas bog‘liq. Ikkinchidan, Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablarini o‘rganayotgan ko‘plab tadqiqotchilar, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillarga asoslanishini ta’kidlaydilar. Ularni uch guruhga ajratish mumkin: o‘qituvchilar salohiyati, ta’lim siyosati va fin madaniyati bilan bog‘liq omillar. O‘qituvchilarning yuqori salohiyati birinchi navbatda o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘qitish dasturlariga bog‘liqdir. Eng yaxshi o‘rta maktab bitiruvchilari bo‘lajak o‘qituvchi sifatida tanlab olinadi. Yuqori malakali o‘qituvchilar Finlyandiya ta’lim tizimi muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan bosh omil deyish mumkin. 490 Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun alohida o‘quv maktablari belgilanadi va ular odatda o‘quv vaqtlarining 10-15 foizini ushbu maktablarda o‘tkazadilar. O‘quv maktablari talaba-o‘qituvchilarga barcha kerakli o‘quv materiallari bilan ta’minlangan alohida xona ajratib beradilar. Talaba-o‘qituvchilar dars jarayonlarini kuzatish bilan birgalikda ta’lim jarayonida ham faol qatnashib, katta tajriba to‘plashadi hamda maktab jamoasi va o‘quvchilar ham ulardan juda foydali yordam olishadi. O‘qituvchilarning ta’lim tizimidagi moslashuvchanligi va mustaqilligi ham ta’lim sifatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar malaka oshirish kursiga qo‘shilishni xohlasa, ma’muriyat ularni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. O‘qituvchilardan faqatgina malaka oshirish dasturida o‘rgangan narsalarini maktabdagi boshqa o‘qituvchilar bilan bo‘lishishi so‘raladi. Ikkinchi guruh sifatida qayd etilgan Finlyandiya ta’lim siyosatining to‘rtta muhim jihatiga e’tibor qaratish lozim. Ularga izchil va uzoq muddatli siyosat, bilimga asoslangan jamiyatga sodiqlik, ta’lim tengligi va mahalliy hokimiyatning ta’lim sohasidagi vakolatlarini kengaytirishlar kiradi. Mazkur to‘rtta jihat 1970- yillardan beri muvaffaqiyatli ta’lim islohoti asoslarini tashkil etdi, natijada kuchli ta’lim tizimi yaratildi. Ta’lim siyosati bilan bog‘liq yana bir jihat - bu ta’lim muassasalariga nisbatan markaziy va mahalliy boshqaruvning balansidir. Qaror qabul qilish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, maktablar va o‘qituvchilar mustaqillikka ega, bu o‘z navbatida ularga o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Uchinchi omillar guruhi sifatida fin madaniyati bilan bog‘liq omillar qayd etilgan. Bularning birinchisi - ishonch madaniyati, ya’ni ta’lim muassasalariga va xususan, o‘qituvchilarga bo‘lgan yuksak ishonch. Ikkinchisi – Finlyandiya jamiyatida va xalq madaniyatida o‘qituvchilik eng obro‘li va yuqori baholanadigan kasblardan biri hisoblanadi. 491 Ta’lim tizimi tomonidan beriladigan o‘qituvchilarning avtonomligi bu kasbni fin xalqi uchun yanada jozibali qiladi. O‘qituvchilar yuqori salohiyatga egaligi, shubhasiz, fin o‘quvchilari muvaffaqiyatining eng asosiy elementlaridan biridir. Maktab ma’muriyati va ota-onalar o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga katta mas’uliyat bilan yondashishlariga qattiq ishonadilar. Shuningdek, Finlyandiya ta’lim tizimida barchaning tenglik tamoyili juda qadrlanadi, alohida ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha kuch va mablag‘ sarflanadi. Bundan tashqari, Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablari haqida gapirar ekanmiz, ushbu yutuqning yana bir tomoni Finlyandiya ta’limida nimaga urg‘u berilsa PISA dasturidagi baholashlar ham aynan shular bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni o‘quvchilarga faqat bilim berish o‘rniga, savodxonlik qobiliyatlarini rivojlantirish Finlyandiya ta’limining markazida turadi, bu fin o‘quvchilariga PISA kabi savodxonlikka yo‘naltirilgan baholash tizimida ustunlik beradi. O‘qituvchilarning yuqori salohiyatga ega ekanligi fin ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatga erishishidagi navbatdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Sinf rahbarlari ham, fan o‘qituvchilari ham o‘qitadigan fan mazmunini juda yaxshi bilishadi va o‘quvchilarning sinflarda faol bo‘lishlari uchun turli xil o‘qitish metodikalaridan foydalanadilar. Shuningdek, ular bilimlarni tushuntirish uchun ko‘plab kundalik hayotiy misollardan foydalanadilar. Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik madaniyati ham o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Finlyandiyada kutubxonalar tarmog‘i juda zich joylashgan va ular doimo gavjum. Xulosa qilib aytganda, Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati fin xalqining qadriyatlari va madaniyat bilan chambarchas bog‘liq. Finlyandiya muvaffaqiyatidan saboq olish, ta’lim tizimini chuqur o‘rgangan holda undagi muhim jihatlarni o‘zimizgamoslashtirgan holda foydalanishimiz zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling