Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Germaniyada ta’lim tizimi. Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya 
ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi 
bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat 
tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta'minlash turli jamoat 
tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy 
muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini 
tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 
yoshgacha bolalarning 80% foiz bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda 
bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada 
bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor. 


479 
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni 
bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba'zi joylarda 10 yil) maktabda 
to‘la haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy 
maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 
6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi 
maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda 
maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: 
bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% foiz bola asosiy 
maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy 
tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar 
o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida 
turadi. Qoidaga ko‘ra bu yerda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la 
o‘rta ma'lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus 
o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish 
huquqiga ega bo‘ladi.
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga 
oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. 
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish 
imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga 
ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta 
maktabni bitiruvchilarning esa 20% foiz hunar ta’limi tizimida bilim olishni 
davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. 
O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. 
Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, 
yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida 
maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi 
sinov imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. 
Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. 
Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya 


480 
a'zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat 
palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar 
maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. 
Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul 
qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan oshiriladi. 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini 
shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini 
boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-
bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar 
o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv 
rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-
onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam 
ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamida oladilar. Bu 
yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida 
beriladi.
Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama 
qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilingan. Universitetlarda 
talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha 
yil ishlashlari yoki bu yerda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy 
mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan 
tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989-yilda 
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. talaba 
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har 
yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida 
talabalarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z 
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish 
topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% 


481 
foiz ish bilan ta'minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini 
oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida 
dolzarb mavzular bo‘yicha konferentsiyalar tashkil etadi. Kato‘liklar malaka 
oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta 
ahamiyat beradilar. 
Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy 
an'analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss 
universitetlarini isloh qildi, o‘shandan buyon «Tadqiqot va o‘qitish birligi» 
ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari 
tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga 
boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam 
beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. 
Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida 
yangi izlanishlar olib borilmoqda. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling