Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


 Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

5.3. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik 
qarashlar. 
Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar turkiy adabiyotining yirik namoyondasi
iste`dodli shoir,donishmand murabbiydir. Adibning “Hibat ul-haqoyiq” dostoni 
uning ma`naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona namunadir. Hajman 
ixcham bu doston o‘sha davr turkiy adabiyotida dastlabki didaktik qarashlar aks 
ettirilgan nihoyatda qimmatli , mo‘tabar manbalardan biri sanaladi. 
Adibning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodi haqida juda kam ma`lumotlar 
yetib kelgan. Xususan, Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Ahmad 
Yugnakiy haqida quydagilarni yozadi: “Adib Ahmad ham turk elidan emish. 
Derlarki, ko‘zlari bitov ermishki,aslo zohir ermas ermish Ammo bag‘oyat ziyrak 
va zakiy va zohid va mutaqqiy kishi ermish”. Hazrat Navoiy yozganlaridek: 
“haq subhanohu va taolo agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratqandur , ammo 
ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur…”. “Hibat ul-haqoyiq”day didaktik 
asarning dunyoga kelganligi o‘sha ta`kidning haqligiga yorqin misol bo‘la oladi. 
Tug‘a ko‘rmas edi adibning ko‘zi 
Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi.
O‘n to‘rt bobdan, 256 bayt, ya'ni 512 misradan tarkib topgan “Hibat ul-
haqoyiq” dostoni yuksak ma`rifiy, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega va 
to‘rtliklar she'r shaklida yozilgan. Dostonni adib o‘z zamonasining hukmdori 
Dod Sipohsolarbekka bag‘ishlab yozgan. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-
bobi Muhammad (s.a.v)ga va choryorlar taʼrifiga, 3-bobi Dod Sipohsolorbek 
madhiga bagʻishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. 
Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5-bobdan asosiy 
qism boshlanib, maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob — til odobi, 7-
bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8-bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar— 
turli masalalarga bagʻishlangan.
“Hibat ul haqoyiq” ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp 
boʻlib, ularda asar hajmi turlicha.


137 
Yugnakiy oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga 
xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari 
singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab 
yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. 
O‘z zamonasining ulug‘ mutafakkiri Ahmad Yugnakiyni Alisher Navoiy
“ziyrak va zakiy” inson sifatida ta’riflab, islom dini, tasavvuf ta`limotini juda 
yaxshi o‘zlashtiradi va “Hibbat ul-haqoyiq”da insonni komillikka yetaklovchi 
xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos etish kabi muhim masalalar 
xususida umrboqiy fikrlarini bayon etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur`oni 
Karim, Hadisi sharif va tasavvuf ta`limotiga tayanadi. Shoir ilm-ma`rifat orqali 
kishiga saodat yo‘li ochilishini ta`kidlagani holda, ilmli, ma`rifatli bo‘lish yuksak 
insoniy fazilatlardan ekanligini o‘ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib
badiiylashtiradi. Adib bilimli kishini qimmatbaho dinorga muqoyasa etarkan
johil kishini qimmatsiz yemishga o‘xshatadi. Ayniqsa, shoirning ilm olishning 
inson hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risidagi quyidagi obrazli 
fikrlari nihoyatda qadrlidir:
So‘ngakka yiliktan eranga bilik, 
Eran ko‘rki aql,so‘ngakning-yilik 
Bilimsiz-yiliksiz so‘ngaktan qoli, 
Yiliksiz so‘ngakka sunulmas alik. 
Baytda adib kishining ko‘rki aql bo‘lsa,so‘ngakniki ilikdir demoqda va 
ilmsiz kishini iliksiz so‘ngak kabi bo‘sh bo‘ladi,deb biladi. Shu bois ilmsiz 
so‘ngakka qo‘l uzatilmaydi. Ahmad Yugnakiy g‘oyatda chuqur mulohazalar 
asosida o‘zining katta hayotiy tajriba zaminida tug‘ilgan fikrlaridan birida 
insonni jamiyatdan yiroq bo‘lmaslikka da`vat etadi. Chunonchi, shoir nigohida 
ilmli bir kishi ming ilmsizga tengdir , ilmsiz kishiga to‘g‘ri so‘z ham 
ma`nosizligi unga o‘git berishning o‘zi foydasizligini ta`kidlaydi. Fikrini 
tasdiqlash uchun yuvinmagan kishilarga “yuvin” deb buyurilsa, ular suv ta`sirida 
toza bo‘lishini johil inson qancha yuvinmasin ,baribir poklanmasligi bilan 


138 
qiyosiy tasvirlaydi. Bu misralar bilan adib kishilarni jaholatdan yiroq bo‘lishga 
undaydi. 
Ahmad Yugnakiy odobning ibtidosi muomala madaniyatida deb biladi. 
Shu bois ham so‘zlash madaniyatiga alohida e`tibor qaratadi. Kishilarni ortiqcha 
gapirmaslikka chaqiradi.Adibning tilni mahkam tutishga chaqirishi, aks holda 
tishning sinishi mumkinligi xususidagi fikrlari hali ham biz uchun ibrat 
maktabini o‘taydi. Adib yolg‘onchilikni qattiq qoralaydi. Odamlarni umrni 
yaxshilik bilan kechirishga, doimo haq so‘zni so‘zlash, to‘g‘ri so‘z bilan tilni 
bezashga chorlaydi. To‘g‘ri so‘zni - asalga, yolg‘on so‘zni esa sarimsoq piyozga 
qiyoslaydi. Uning yolg‘on so‘zni kasallik,chin so‘zni esa shifo deb bilishi ziyrak 
kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asarda boshqa ta’limiy-axloqiyning asarlar kabi 
insonni barkamol etishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. 
Shuning uchun adib asarda axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi sanalgan tilni 
tiyish, mol - dunyoga muhabbat qo‘yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, 
kamtarlik, jinoyat yo‘lidan saqlanish haqida, harom va halollikning farzlari, 
ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar ustida 
fikr yuritadi. 
Ulug‘likka yetsang unutma o‘zing, Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing. 
Qora bosh yag‘isi qizil til turur, Necha bosh edi u, yana ham yeyur. 
Ming er do‘sting ersa o‘qish ko‘rmagil, Bir er dushman ersa, ani ozlama. 
Ulug‘lar ne bersa, emasmen dema 
Ilig sur, og‘iz ur, emasang ema. 
Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun, Qolu chiqssa bekta tishing siyur. 
Harislik ma erg‘a yovuz xislat bo‘l, Harislik so‘ng g‘am, o‘kinch hasrat ul. 
"Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to‘liq nusxalaridan biri Hirotda, 
Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”asaridagi ilm manfaati, 
jaholat zarari hikmatlardan namunalar: 
Biliktin ayurman, so‘zumga ula, 
Biliklikka ya do‘st o‘zungni ula 


139 
(Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ey do‘st ilmli kishiga 
o‘zingni yaqin tut). 
Bilik birla bilnur sa’adat yo‘li, 
Bilik bil sa’adat yo‘lini bula. 
(Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, (shunga ko‘ra) ilmli bo‘l, baxt yo‘lini 
izla). 
Bahaliq dinar ul biliklik kishi, 
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi. 
(Bilimlik kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish 
(meva)dir). 
Biliklik biliksiz qachan teng bo‘lur, 
Biliklik tishi er jahil er tishi. 
(Ilmlik kishi bilan ilmsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimlik xotin kishi — 
er kishidir, bilimsiz erkak — xotin kishidir). 
So‘nakka yilik tek eranga bilik, 
Eran ko‘rki aql ul so‘nakning yilik. 
(So‘ngakda1 ilik bo‘lishi lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er 
kishining ko‘rki aqldir, so‘ngakning ko‘rki esa ilikdir). 
Biliksiz yiliksiz so‘ngak tek xali, 
Yiliksiz so‘ngakka sunulmas elik. 
(Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka esa qo‘l urilmaydi). 
Bilik bilti bo‘lti eran belguluk, 
Biliksiz tirikla yituk ko‘rguluk. 
(Ilmli kishilarning (nomi) mashhur bo‘ldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin 
o‘ldi hisob va bu unga ko‘rgulikdir). 
Biliklik er o‘lti ati o‘lmatu, 
Biliksiz esan erkan ati o‘luk. 
(Bilimli kishi o‘lsa ham, uning nomi o‘chmaydi, ilmsiz kishining o‘zi 
hayot bo‘lsa ham, oti o‘likdir). 


140 
Biliklik biringa biliksiz mingil, 
Tengakli tengadi bilikning tengin. 
(Bilimlikning biri bilimsizning mingiga teng, ilmli kishilar ilm-
ma’rifatning qadriga yetadi). 
Baqa ko‘rgil emti uqa sinayu, 
Ne neng bar biliktin asig‘liq o‘ngin. 
(Endi o‘zing sinab, uqib, boqib ko‘r, bilimdan foydaliroq qanday narsa 
bor). 
Bilik birla alim yuqar yuqladi, 
Bilikni biliksiz uzun ne qilur. 
(Bilim bilan olim yuqoriga ko‘tariladi, ilmsizlik esa kishini 
tubanlashtiradi). 
Bilik bil usanma bil o‘l haq rasul, 
Bilik kimda ersa siz arqang dedi. 
(Bilimli bo‘l, hech qachon erinma, Haq Rasul(i) kim ilmli bo‘lsa, uni siz 
maqtang (qidiring) deb aytdi). 
XV asrda qadimgi uyg‘ur yozuvi asosida ko‘chirilgan, asarning ikkinchi 
to‘liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi 
bilan ko‘chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko‘chirilgan uchinchi nusxasi 
XVI asr boshlariga mansub. “Hibat ul-haqoyiq”ning asosiy nusxalari Turkiya 
kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. 
Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o‘tgan buyuklar kabi Allohni madh etish 
bilan boshlaydi. 
Xulosa o‘rnida Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi 
va g‘oyalarini Qur’on oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib 
berishga, targ‘ib qilishga qaratilgan ta’limiy-axloqiy asar hisoblanib, komil 
inson tarbiyasi maqsad qilib olingan.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling