Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

 
 


141 
5.4. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. 
Jahon ma’naviy merosining buyuk namunalaridan biri bo‘lgan, G‘arb va 
Sharq mutafakkirlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan Unsurul maoliy 
Kaykovusning “Qobusnoma” qomusiy asarida ham bu masalaga alohida 
ahamiyat beriladi. Kaykovus “Qobusnoma” asarini o‘g‘li G‘ilonshohga 
bag‘ishlab yozgan Bu asar X1 asrda yaratilgan bo‘lsada asrlar davomida 
avlodlarga poklik, sadoqat, odamiylik, rostgo‘ylik fazilatlarini singdirib 
kelmoqda. “Qobusnoma” bir necha tillarga tarjima qilingan va qilinmoqda.
Kaykovusning Sharq pedagogikasi tarixida g‘oyat qimmatli asarlar 
qatorida turuvchi “Qobusnoma”sida axloqiy tarbiyadan tashqari inson kundalik 
hayotida zarur bo‘lgan fazilat va hunarlarni egallashda amaliy qo‘llanma hamdir. 
Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang aqldan boy bo‘lmoqqa harakat qil, chunki 
mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lgan yaxshiroqdir “Qobusnoma” asari 
inson hayoti va faliyatning deyarli barcha tomonlarini qamrab oluvchi o‘git-
ko‘rsatmalardan iboratdir. Uning bosh mavzusi “Ezgu odam va insonning qadr-
qimmati” qaysi asarning bosh mavzusiUnda Bilim va hunar egallash, mehmon 
kutmoq, farzand parvarishlamoq odobi haqida muhim o‘git va pandlar beriladi 
va axloqiy tarbiyaning roliga katta e’tibor qaratiladi.
Asarda notiqlik sharhlari uchun alohida bob ajratilganligi bu san’atga 
bo‘lgan, uning san’atkoriga bo‘lgan qiziqishning orta borganligini ko‘rsatadi. 
“Qobusnoma”ning “Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo‘lish haqida” deb 
nomlangan yettinchi bobida va hunarni egallashga bag‘ishlangan oltinchi bobida 
notiqlik sirlariga doir o‘gitlar bildiriladiki, bu fikrlar o‘sha davrda ham hozir ham 
o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Kaykovus notiqlik haqidagi barcha fikrlarini 
rivoyatlar, hikoyatlar bilan mustahkamlaydi, boyitadi va qiziqarli va o‘qimishli 
bo‘lishini ta’kinlaydi. Bobning boshlanishidayoq “Kishi suxandon, suxango‘y 
(notiq)bo‘lishi kerak. Ammo ey farzand, sen suxango‘y bo‘lg‘il va lekin 
durug‘go‘y(yolg‘onchi) bo‘lmag‘il. Rostgo‘ylikda o‘zing shuhrat qozong‘il, 
tokim biror vaqt zarurat yuzidan yolg‘on so‘z desan qabul qilg‘aylar. Har so‘z 


142 
desang ham rost deg‘il va lekin yolg‘onga o‘xshag‘on rostni demag‘ilkim, rostga 
o‘xshagan durug‘ durug‘ga o‘xshag‘on rostdin yaxshiroqdir, nedinkim ul durug‘ 
maqbul bo‘lar, ammo ul rost so‘z maqbul bo‘lmas”, deydi. Ya’ni kishi har kuni 
rost so‘zni gapirish lozim deb boshlaydi. 
Mutafakkir notiqning har bir so‘zi xalqqa ma’qul bo‘lishi va xalqning fikri 
ham unga ma’qul bo‘lishini ta’kidlaydi. Bunday kishini esa oqillar safiga 
qo‘shish mumkin deydi. Darhaqiqat, so‘z orqali insonning axloqi, aqli, ma’naviy 
olami namoyon bo‘ladi va shunga qarab uning kimligi bilinadi. Shuning uchun 
Kaykovus insonning so‘ziga qarab uni oqillar safiga qo‘shadi. Alloma quyidagi 
ibratli hikoyasi bilan muloqot vaziyati, fikr ifodasi uchun tanlangan nutqning 
nafaqat to‘g‘ri balki mahorat bilan yetkazilish lozimligini ta’kidlaydi. Kaykovus 
notiqlikni hunar deb biladi. Bilgilkim, hamma hunardan so‘z hunari yaxshi deydi 
alloma. Notiqlikni egallashning muhim yo‘li bu mashaqqatli mehnat, nutq 
go‘zalligi, tinglovchi qalbiga to‘g‘ri yo‘l topishdir. Chunki notiqlikni 
yuksaltirish, til madaniyatini shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish katta 
mehnatni talab etadi. U yordamida inson qalbini egallash, ishonchini qozonish 
mumkin. 
Kaykovus o‘z asarida muomala odobi haqida ham alohida to‘xtab o‘tadi. 
“Xaloyiqning orasida bir kishining qulog‘iga so‘z aytish yaxshi emasdir. Agar bu 
so‘z garchand yaxshi bo‘lsa ham, tashqarisindan uni yomon so‘z deb gumon 
qiladilar va ko‘p odamlar bir-biridan dargumon bo‘ladilar. Gar so‘z demoq 
bo‘lsang, shunday so‘z degilki, so‘zigni roslig‘ig‘a guvoh bo‘lsinlar deydi. 
Kaykovus “Qobusnoma” da nafaqat notiqlik, balki yozma nutq, kotiblik, 
dabirlik borasida ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Asarning o‘n to‘qqizinchi bobi 
“Dabirlik va kotiblik zikrida” deb nomlanadi. Yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek 
sharqda yozma nutqqa katta e’tibor qaratilgan.Munshoot, kotiblik, dabirlikka 
katta e’tibor qaratilgan. Kaykovus “Ey farzand, agar dabir va kotib bo‘lsang, 
yozma nutqni yaxshiegalg‘il, xatni yaxshi bilg‘il va ko‘p yozmoqni odat qilg‘il, 
toki yaxshiroq mohir bo‘lg‘aysan” deb ta’kidlaydi 


143 
Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif 
berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus “... barcha fikr va 
tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har 
peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim”, deyish bilan har 
bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan 
bog‘langan holda kamolga yetkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda 
javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya 
berish nazariyasi ko‘zda tutilgan: 
1.Bilim olish haqida. 
2.Hunar va turli kasb egalari haqida. 
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 
4. Jismoniy yetuklik haqida. 
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham 
sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu 
xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan. 
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib 
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi 
kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik; riyokor, ikki yuzlamachi kishi 
bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala qilmaslik; baxil bilan 
suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan 
bir yerda o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu 
aybni yo‘qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha 
yomonlamaslik; muhtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; 
gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki 
kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har 
bir daqiqada bunday xatti- harakatlarga duch keladi. 
Kaykovus dunyodagi mavjudotni bir- biri bilan bog‘liq va murosasiz deb 
talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga bo‘ladi: jismoniy sezgini modda, 
ruhiy hissiyotni esa “jon” bilan bog‘laydi va bularning birini moddiy, 


144 
ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb ko‘rsatadi. Uning fikricha, dunyodagi 
hamma narsalar yaralishi va mohiyat e’tibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni 
tanimoq uchun avvalambor o‘zini bilmog‘i, ya’ni “sozga qarab sozandani 
tanimog‘i lozim”, deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, 
rivoyatlar, she’r va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi. 
Demak, Kaykovusning “Qobusnoma” asari XI asrda yuzaga kelgan yirik 
tarbiyaviy asar bo‘lib, har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, 
jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda 
suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, 
musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z 
ifodasini topgan. Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga 
tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini 
amaliy faoliyatga tatbiqi nuqtai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, 
har qanday tuzumda ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi va amaliy hayot dasturi 
sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. ,jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan 
bog‘langan holda kamolga yetkaztsh yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda 
javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya 
berish nazariyasi tutilgan 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling