Tafakkur qonunlari va ularning izohini
|
Tafakkur qonunlarining formulalarini keltiring
|
Ayniyat qonuni-biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda, ularga xos bo`lgan barcha muhim belgilar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorlanishiga qaramasdan doimiy,o`zgarmas va qat`iy mazmunga ega bo`ladi.
|
A-A
|
Nozidlik qonuni deb – bir vaqtning o`zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taaluqli bo`lmasligiga aytiladi. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo`l qo`ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo`lishini ta`minlaydi. Ushbu qonun ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o`zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo`lishi mumkin emasligi, hech bo`lmaganda ulardan biri albatta yolg`on bo`lishini ifodalaydi.
|
A ham B ham emas
|
Uchinchisi istisno qonuni- nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo`lib, fikrning to1liq mazmunini qamrab olib, bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg`on, uchinchisiga o`rin yo`q ekanligini ifodalaydi.
|
A yoki V yoki V emas
|
Yetarli asos qonuni – fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo`lmasligi uchun uni asoslash Isbotlashga harakat qilishni ifodalaydi.
|
Formulaga ega emas
|
Oddiy hukmlar va ularning turlari
|
Murakkab hukmlar va ularning turlari
|
Sifat jihatidan:
a) tasdiq hukmlar deb buyumga xos bo`lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi hukmlarga aytiladi;
b) inkor hukmlar deb tasdiq etilgan hukm belgilarini rad etadigan hukmlarga aytiladi.
|
Birlashtiruvchi (kon`yuktiv) hukmlar deb ikki yoki undan ortiq sodda hukmlarning «va» bog`lovchisi yordamida qo`shiluvidan tashkil topgan hukmlarga aytiladi.
Ushbu hukmlar quyidagi simvol bilan ifodalanadi: ˄
|
Son jihatidan:
a) yakka hukm bir predmetga xos va xos bo`lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi;
b) juz`iy hukmlar predmetlar sinfining ma`lum qismiga xos va xos bo`lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi;
v) umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos bo`lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi
|
Ayiruvchi (diz`yunktiv) hukmlar deb «yo», «yoki», «yohud» mantiqiy bog`lamalar vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi.
Ushbu hukmlar quyidagi simvol bilan ifodalanadi: ˅
|
Son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi bo`yicha:
umumiy tasdiq hukmlar soniga ko`ra umumiy va sifatiga ko`ra tasdiq hisoblanadi;
umumiy inkor hukmlar soniga ko`ra umumiy va sifatiga ko`ra inkor hisoblanadi;
v) juz`iy tasdiq hukmlar deb sub`yekti har doim to`liqsiz, predikati esa to`liq yoki to`liqsiz hukamlarga aytiladi.
|
Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog`lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o`z tarkibida bir necha sub`ekt va predikatga ega bo`lib, ma`lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi.
Ushbu hukmlar quyidagi simvol bilan ifodalanadi: →
|
Predikati mazmuniga ko`ra:
atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o`z belgilari bilan bo`lgan bog`lanishlarini ifodalaydi;
mavjudlik hukmi ob`yektiv borliqdagi buyumning bor yoki yo`qligi haqida ma`lumot, bilim beradi;
v) munosabat hukmlari ikki yoki undan ko`p buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga, ketma-ketlikka va tenglikka nisbatan bo`lgan munosabatlarini aks ettiradi.
|
Ekvivalentlik hukmlar «agar va faqat agar… unda» mantiqiy bog`lovchisi yordamida ikki oddiy hukmlarnnig o`zaro bog`lanishidan hosil bo`ladi.Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko`rinishida ifodalanadi. Agar shartli hukmning asosi natijasida qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo`ladi.
Ushbu hukmlar quyidagi simvol bilan ifodalanadi: ↔
|
Ob`yektiv modalligiga qarab:
ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ukarning belgilari o`rtasidagi bog`lanishning tasdiq yoki inkor shakli ehtimoliy bo`lishini yoki bo`lmasligini ko`rsatadi.
voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi bog`lanish aniq ekanligi, ya`ni hukm fakt va bo`lgan voqeaning haqiqat ekani yoki emasligi haqida xabar beradi.
zaruriy – apodiktik hukmlar turli sharoitlarda ham buyumlar, ham ularning belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarning zaruri bor yoki yo`qligini aks ettiradigan hukmlardir.
|
|
Fikrning isbotlanuvchanlik darajasiga qarab:
problematik hukm ob`yektiv voqelikni aks ettiradi. Mantiqiy modallikdagi problematik hukmning xulosasi hali tajribada tekshirilmagan bo`ladi. Shuning uchun ham narsa, xodisa va ular belgisi orasidagi bog`lanish tasdiq yoki inkor problematik shaklda ifodalanadi.
ishonchli hukmlar tafakkur predmetlari uchun ma`lum xususiyatni – belgining xos yoki xos emasligini aniqlaydi.
|
|