Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


 Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

6.2. Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat 
barpo etilishi, uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi. 
Buyuk sarkarda va davlatchiligimiz tarixi sahifalaridan ulug‘ xizmatlari 
bilan mustahkam o‘rin olgan, murakkab davrda mustaqil, markazlashgan davlat 
qura olgan bobomiz Sohibqiron Amir Temur hazratlari Chig‘atoy xonlari va 
amirlarining o‘zaro hukmronlik uchun kurashayotgan, ichki nizolar avj olgan 
bir paytda siyosiy maydonga kirib keldi. 
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Kesh (Shahrisabz)ning 
Xo‘jailg‘or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog‘ tumaniga qarashli) qishlog‘ida 
1336 yilning 9 aprelida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, 
badavlat kishi bo‘lgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim 
Ubaydullohning qizi bo‘lgan. 
Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan 
boshlab mard, dovyurak, jasur bo‘lib o‘sadi. Harbiy san’atni mukammal 
egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o‘rganadi. Dunyoviy 
bilimlarga ham ega bo‘ladi. Shuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-
zakovatli, o‘z e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo‘lib 
yetishadi. 
Sohibqiron Amir Temur hayoti davomida qo‘lida qurol bilan egardan 
tushmay ulkan imperiyaga asos soldi. Amir Temur odil hukmdor, buyuk davlat 
arbobi, mohir diplomat, islohotchi, oqil strategik qarashlarga ega, mard va jasur 
sarkarda edi. 
U mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng vayronaga aylangan, o‘zaro ichiki 
kurashlarda parokanda bo‘lgan, mo‘g‘ullar zulmi ostida hayot kechirayotgan 


158 
Movarounnahrda mustaqil markazlashgan huquqiy davlat barpo eta oldi. Amir 
Temur o‘z davlati qudratini yuqori ko‘tarib dunyoga tanitadi. 
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, 
adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni 
boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi 
yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» 
podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, 
deb ta’riflaydi. 
Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib 
berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo‘ysak bo‘ladi. Zero, tarixan ta’limiy-
axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, 
so‘ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko‘ra bu asardan ta’limiy-axloqiy 
asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, 
vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat 
ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug‘laydi va xiyonat, 
bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan 
Amir Temurning o‘zi naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” 
tamoyiliga ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin 
Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli 
hukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki qoidani o‘ziga yo‘riq qilib 
olganini ko‘ramiz: 
- har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash;
- davlat va saltanatni boshqarishda o‘n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga 
tayanish;
- dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko‘rish, 
faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko‘rsatish, saltanat ishini yurg‘izishda 
murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko‘rish;
- davlat ishlarini yurg‘izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish;


159 
- adolat va insof bilan ish yuritish;
- sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni 
izzat-hurmat qilish;
- azmu jazm bilan ish ko‘rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini 
olish;
- fuqaroning ahvolidan ogoh bo‘lib turish;
- barchaga hurmat-e’tiborda bo‘lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu 
ikrom, haqqini ado etish;
- farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do‘st birodarlarni doimo yodda tutib, 
ular bilan yaqin aloqada bo‘lish;
- sipohiylarni hurmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish. 
Ko‘rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli 
uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi 
oshib, nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham mashhur bo‘ldi. 
Bu o‘n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o‘zining hayoti 
tamoyillari haqida shunday degan: 
“Men o‘z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va 
hamisha ularga amal qildim, ular ushbulardir: 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling