Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Ollohul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang, istagan 
murodu maqsadingga yetkazadi; 
tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; 
qilich — ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har 
qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga 
solmoq mumkin; 
imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. 
Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu-xalqning or-nomusini 
himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; 
kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, 
ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”. 


160 
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o‘zi qat’iy rioya etgan, haqiqiy 
yetuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e’tiqodni 
boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga 
e’tibor bergan.
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj 
topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, 
kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o‘rgatilar edi. Bu san’at turlari o‘sha davr 
tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan 
shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda 
katta shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan 
shug‘ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd 
etilgan.
Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. Sharqda 
dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy 
masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda 
suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan 
o‘rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir temurning o‘zi kuchli lashkarboshi 
sifatida harbiy ilmning “Ming askar” uslubi asoschilaridan biri bo‘lgan. Buyuk 
sohibqiron shunday ta’kidlaydi: “Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga 
amal qildim: birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan, uning qilichni 
o‘ynata olishiga, uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e’tibor qildim. SHu 
uch fazilat jamul-jam bo‘lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli 
yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich 
o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-
idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog‘i mumkin”, — deb askarlarning 
faqat jismoniy emas, balki aqlan ham barkamol bo‘lishiga e’tibor bergan. 
O‘g‘illari Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohruhlar, 
nabiralari Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammadlar mohir 
jangchi bo‘lib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning 


161 
o‘zi aqlni charxlash vositasi bo‘lgan shaxmat o‘yinida ham mohir bo‘lgan. Zero, 
o‘sha davr tarbiyasi — shatranj o‘yinini har bir yosh o‘rganishi zarur sanalgan. 
Hatto Amir Temurning suyukli o‘g‘li Shohruhga ism qo‘yilishi ham shaxmat 
o‘yini bilan bog‘langanligi haqida rivoyat yuradi. 
XVI asrda xattotlik san'ati yuksak darajaga etdi. Sulton Ali Mashhadiy, 
Mirali Halaviy, Mahmud ibn Ishoq ash-Shixaybiy va boshqalar ustoz xattot 
bo‘lib nom qozondilar. Darvesh Muhammad ibn Do‘stmuhammad Buxoriy 
xattotlik san'atining nazariyasi to‘g‘risida asar yozdi. Bu davrda bir qator ilm 
maskanlari bunyod etildi. jumladan: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim sadr 
madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqa inshootlarning qurilishi 
ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo‘ldi. 
Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida 
ham ma'lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, 
muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. 
Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 
6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o‘rganar, uning 
ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod 
chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan 
bilim olar edilar.
Xulosa qilib aytganda, 27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat 
asoschisi Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay yirik davlat arbobi, mohir 
diplomat, ulug‘ sarkarda, ilm-u madaniyat homiysi, haq va adolatning jasoratli
yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida o‘zidan 
unutilmas va barhayot ta’limotlar, tuzuklar qoldirgan. Uning ta’lim-tarbiyaga oid 
o‘gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan va tarix oldida 
ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos hamda ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari 
hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling