Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
12.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha munosabatlarning huquqiy asosi bo‘lganidek, O‘zbekistonda ta’limni yuridik tartibga solishning ham asosiy normativ hujjati sanaladi. Bunda uning ayniqsa 41-moddasi muhim ahamiyatga ega. “41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. 42-modda. Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi” 34 . Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 34 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T., “O`zbekiston”, 2012 yil, 5 b 355 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarishga dahldor bo‘lgan qonunlar ham qabul qilindi. Shu masalalar yuzasidan Birinchi prezidentimiz "Barkamol avlod -O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so‘zladi. Sessiyada "Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi qonun qabul qilindi. Bu qonun 5 bob, 34 moddadan iborat. Qonunning 1 bobi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi, uning 1 -moddasida qonunning maqsadi ko‘rsatiladi: "Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan. 2-moddada ta’lim to‘g‘risida qonun hujjatlari, 3-moddada ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari, 4-moddada bilim olish va 5-moddada pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi ko‘rsatilgan. 6-moddada ta’lim muassasasining huquqiy maqomi, 7-moddada davlat ta’lim standartlari, 8-moddada ta’lim berish tili haqida gapirilgan. II bobda ta’lim tizimi va turlari ko‘rsatib berilgan. III bob ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoyasiga bag‘ishlangan. 20-24 moddalarda bular yoritib berilgan. IV bobda ta’lim tizimini boshqarish masalasi qonun bilan mustahkamlab berilgan. 25-29 moddalar shularga bag‘ishlangan. V bob yakunlovchi qoidalardir. Shu qonun 2020 yilgacha ta’lim-tarbiya, maorif sohasidagi ishlarimizda asosiy dasturimiz bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 29-avgustdagi Qonun bilan birga yana bir muhim hujjat "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ham qabul qilindi. Bu dasturning qabul qilinishi ta’lim-tarbiya sohasida yangi bir o‘zgarish, yuksalish davrini boshlab berdi. 356 "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" umumiy qoidalar va 5 bobdan tashkil topgan. Umumiy qoidalarda bu dastur "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun qoidalarga muvofiq tayyorlanganligi aytiladi. 1-bob muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish omillarini yoritishga bag‘ishlangan. Dastlab O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng maorif sohasida yuz bergan o‘zgarish va rivojlanish tahlil etiladi, kamchilik va muammolar ko‘rsatiladi, isloh qilish omillari yoritib beriladi. 2-bobda dasturning maqsad, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari ko‘rsatib beriladi. "Mazkur dasturning maqsadi - ta’lim sohasi ni tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar doirasida, yuksak axloqiy va ma’naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir", deyiladi dasturda. Dasturni ro‘yobga chiqarishning bosqichlari (1. 1997-2001, 2. 2001-2005, 3. 2005 va undan keyin), ularda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berilgan. 3-bobda Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish) tahlil etib beriladi. 4-bobda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning 15 ta asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. 5-bob esa dasturni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va milliy dasturni amalga oshirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Ta’limning davlat standartlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Yangi o‘quv dastur, darsliklar yaratilmoqda. Oliy ta’limda ham milliy dastur talablari asosida ishlar olib borilmoqda. Bakalavrlik va magistrlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Test asosida o‘qitishga e’tibor kuchaymoqda. Biz o‘ylaymizki, milliy dasturning amalga 357 oshib borishi bilan jahon standartlariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimimizga erisha olamiz. Har kimga (chet el fuqarolariga xalqaro shartnomaga muvofiq) bilim olishda teng huquqlar, ushbulardan qat’i nazar, kafolatlanadi: - jinsi, - tili, -yoshi, -irqiy mansubligi, milliy mansubligi, -e’tiqodi, -dinga munosabati, - ijtimoiy kelib chiqishi, - xizmat turi, - ijtimoiy mavqei, -turar joyi, -O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligi. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – bu O‘zbekiston fuqaroligiga va boshqa biror davlatning fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxsdir. Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilindi, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullanda va 2020-yil 23-sentabr tasdiqlandi. Qonun 11-bob, 75-moddadan iborat. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling