Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universitetining


Download 52.14 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi52.14 Kb.
#1602304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi dilnoza

ofstream ;
Ofstream kalit so’zi orqali fayl e‘lon qilinganda, e‘lon qilingan fayl ustida faqatgina ma‘lumot yozish amali bajariladi. Ya‘ni dastur natijasi biror bir faylga saqlash uchun faylni yozish bo’yicha e‘lon qilinadi. C++ dasturlash tilida fayllardan ma‘lumot o’qish uchun ochish bo’yicha e‘lon qilishning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.
ifstream :
Ifstream kalit so’zi orqali fayl e‘lon qilinganda, e‘lon qilingan fayl ustida faqatgina ma‘lumot o’qish amali bajariladi. Ya‘ni dastur tarkibiga qabul qilinadigan qiymatlar biror bir fayldan o’qish jarayonini amalga oshirish uchun fayl o’qish bo’yicha e‘lon qilinadi. Agar faylni o‘zidan ma‘lumot o’qib shu faylni o‘ziga ma‘lumot yozish talab etilsa, albatta, birinchi fayl o’qish uchun ochilib ma‘lumot oqiladi va fayl yopilib keyin fayl yozish uchun ochilib ma‘lumot yozilishi kerak. Fayllarga murojat qilib bo’lgandan so’ng, albatta, fayllar yopilish kerak. C++ dasturlash tilida fayllarni yozishning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: .close(); Fayllarni yopish uchun, albatta, mantiqiy nomi dan so’ng .close() kalit so’zi yoziladi. Ikkita f va g o’zgaruvchilar fayllarning mantiqiy nomi sifatida qabul qilinib, ularni mos ravishda yozish va o’qish bo’yicha quyidagi ko’rinishda e‘lon qilinadi.
#include
#include
using namespace std;
int main() {
ofstream f; // faylni yozish uchun ochish
ifstream g; // faylni o’qish uchun ochis
f.close(); // f fayl yopildi
g.close(); // g fayl yopildi
return 0;
}
C++ dasturlash tilida fayllarni o’qish yoki yozish uchun alohida e‘lon qilinadi. Yuqoridagi C++ dasturlash tilida yozilgan dasturga e‘tibor bersak, f fayl yozish uchun, g fayl o’qish uchun e‘lon qilindi va f , g fayllarni yopish jarayonlari qarab o’tildi.
1.2.Fayllarga murojat qilish
C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlashda birinchi o’rinda dasturingiz va foydalaniladigan fayllarni, albatta, bitta papkaga saqalab oling. Dasturlash tillarida fayllarga murojat qilish uchun oldin uning mantiqiy va fizik nomlarini bog‘lash kerak. C++ dasturlash tilida fayllarning mantiqiy nomi bog‘langandan so’ng faylga uning mantiqiy nomi bilan murojat qilinadi. C++ dasturlash tilida fayllarni mantiqiy nomini fizik nomiga bog‘lashning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.

Download 52.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling