Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakuliteti


-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari


Download 449.54 Kb.
bet2/5
Sana07.11.2023
Hajmi449.54 Kb.
#1753014
1   2   3   4   5
Bog'liq
O

1-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari

Iste′mol nazariyasi ma′lum bir aksiomalarga asoslanadi va ular 2-rasmda keltirilgan. Iste′molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi.



2-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy postulatlari
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki “iste′mol savati” bilan iste′mol qilinadi.
Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi. Naflilik funksiyasi.
Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga o`ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta′sir qiluvchi muhim.Iste′mol turining xilma-xilligi Ҳар бир истеъмолчи турли хил неъматлардан истеъмол қилишни истайди Iste′molning to`yinmasligi Iste′molchi har doim ne′matning kamroq miqdoridan ko`prog`ini xarid qilishga moyil bo`laydi.
Tranzitivlik Agar iste′molchi А majmuani В ga nisbatan va В majmuani С majmuadan afzal ko`rsa, unda u А majmuani С majmuaga nisbatan ham afzal ko`radi: A B; B  C;  A C. Substitutsiya (o`rin bosa olish) Agar iste′molchiga А ne′mat o`rniga uning o`rnini bosa oladigan В ne′matdan ko`proq taklif qilinsa, u bunga rozi bo`ladi .
Kamayib boruvchi chekli naflilik Biror ne′matning qo`shimcha birliklarini iste′mol qilishdan olinadigan qoniqish (chekli naflilik) borgan sari kamayib boradi va u ne′mat zaxirasining iste′molchi ixtiyorida qancha borligiga bo`gliq. Ne′matlarni turkumlash va solishtira olish Iste′molchi A va B ne′matlar majmuasidan A majmuani B ga (A>B) yoki B majmuani A ga nisbatan (B>A) ko`proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb qarashi mumkin 80 omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste′mol qilinadigan biror ne′matdan olinadigan nafning iste′molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to`g`risidagi qonuniyatni aniqlashgan.
Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo`r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo`lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo`shimcha, ya′ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi. Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz.
Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi:   n TU f x , x ,..., x  1 2 , bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; n x , x ,..., x 1 2 - 1, 2, ..., n - ne′matlar hajmi. Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan.
Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi “suv va olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak.
Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya′ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi. Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo`l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko`rish mumkin.


Download 449.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling