Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakuliteti


Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari


Download 449.54 Kb.
bet4/5
Sana07.11.2023
Hajmi449.54 Kb.
#1753014
1   2   3   4   5
Bog'liq
O

3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari
Iste′molchining eng yaxshi iste′mol ne′matlar majmuini tanlashini, ne′matlar turi ikkita bo`lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. Haqiqatdan ham iste′molchi tanlovini berilgan ne′mat bilan boshqa qolgan barcha ne′matlar o`rtasida qarasak ham bo`ladi. Ikkita ne′mat uchun naflilik funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega.

5-rasm. Ikki o`zgaruvchili naflilik funksiyasi grafigi
Yuqoridagi rasmda keltirilgan naflilik funksiyasining ( , ) X1 X2 TU  f grafigida funksiyaning TU1 va TU2 qiymatlariga to`g`ri keluvchi chiziqlar keltirilgan.
Masalan, ABC chizig`i naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga mos keladi va shu ABC chiziqning har bir nuqtasiga mos keluvchi X1 va X2 ne′matlar miqdori kombinatsiyalari bir xil darajadagi naflilik TU1 ni ta′minlaydi.
Grafikdagi ABC chiziqning X10 X2 tekislikdagi proeksiyasi A1B1C1 egri chiziq naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga to`g`ri keluvchi befarqlik egri chizig`i deyiladi. Naflilik funksiyasining TU1 va TU2 qiymatlariga mos keluvchi befarqlik chiziqlari quyidagi ko`rinishga ega.

6-rasm. Befarqlik egri chiziqlari
Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi (8-rasm). Faraz qilaylik, X1 - gamburger, X2 - fanta ichimligi.

8-rasm. Gamburger va fanta ichimligi uchun befarqlik egri chizig`i
8-rasmdagi grafikda bitta gamburger bilan uchta fanta ichimligi (A nuqta) beradigan naf, 2 ta gamburger bilan 2 ta fanta ichimligi (B nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig`i bir xil naf beradigan gamburger va fanta ichimliklari kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalardan iborat. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi.

4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik sharti
Byudjet chizig`i. Befarqlik egri chiziqlari bir ne′mat bilan ikkinchi ne′matni almashtirish mumkinligini ko`rsatadi, xolos. Lekin, ular iste′molchi uchun qaysi tovarlar majmuasi nafliroq ekanligini ko`rsata olmaydi. Bunday masalani byudjet chizig`i yordamida yechish mumkin.
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molchi tanlovida uning afzal ko`rishi befarqlik egri chizig`i orqali ifodalansa, daromadi va ne′matlar narxidagi o`zgarishlarga munosabatini byudjet chizig`i vositasida aks ettirish mumkin.


Download 449.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling