Innovatsiyalar vazirligi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1441946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Don kurs ishi tuliq 38 bet

 
 



1.2. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari. 
O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va 
iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati, 
iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan 
mineral va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi. 
Iqtisodiy resurslarga mehnat resurslari, transport va uning rivojlanish holati kiradi. 
Shuningdek, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi muhim 
rol o’ynaydi. 
Mamlakatning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan 
bo’lsak uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimiz yer usti va yer osti 
boyliklari zahiralarining ko’p va xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, 
transport tarmoqlarining yaxshi rivojlanganligi, shuningdek, mamlakatda yagona 
temir yo’l tizimini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar 
bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan yuzlab qo’shma korxonalar ana shu 
istiqboldan darak beradi. 
Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashladik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy 
resurslar (va ayniqsa foydali qazilmalar) bilan ta'minlanganlik alohida o’rin tutadi. 
Chunki yoqilІi-energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz, ko’mir 
rudasi)larsiz sanoatning undurivchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi. Ishlab 
beruvchi sanaotning ko’pchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu 
undiruvchi sanoat yetkazib beradi. 
Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil 
hisoblanadi. U sanoatni hududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi.Har 
qanday sanoat tarmoІi (va hattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi ko’pmi 
suv iste'mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan. 
Buning respublika qihloq xo’jaligi asosan suІorishga tayanadi. Shuning uchun ham 
mamlakatda sanoatni uning markazlarini barpo qilayotganda mazkur hududlarning 
suv resurslarini hisobga olish zarur. Sanoatni joylashtirish va rivojlantirishga suv 



zahiralarini hisobga olish “Orol inqirozi” vujudga kelgan O’zbekiston rangli 
metallurgiya sanoatining ko’rki oltindir. Mamlakatimiz hududidan 30 ta oltin koni 
topilgan. “Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida MarkaziyQizilqumda 
joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralari bo’yicha respublikani dunyoda to’rtinchi 
o’ringa olib chiqdi”.Hozirgi vaqtda O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha 
jahonda yettinchi o’rinda chiqib oldi. Ushbu nodir va sifati jihatidan jahonda tengi 
yo’q oltin sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish orqali O’zbekiston iqtisodiy 
taraqqiyotining kamol topishlarini yana bir poІona balandga ko’taradi. 
O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishida yengil va oziq-ovqat sanoatining ham 
ulushi katta Ayniqsa mamlakat sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi 
tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, pillani qayta ishlashi 
va shoyi (atlas) to’qish vino materiallari konserva mahsulotlari, o’simlik yoІi va 
boshqa sanoat turlaridir. Jumladan, yoqilІi va elektr-energetika sanoati birlikda 
yoqilІi eneretika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik 
majmuini, qora va rangli metallurgiya majmuini, yengil va oziq-ovqat sanoatlari 
aholi keng istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil qiladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling