Innovatsiyalar vazirligi
O’zbekistonning Yer fondi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Don kurs ishi tuliq 38 bet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat yer maydoni va uning taqsimoti (ming, ga)
O’zbekistonning Yer fondi. U 45 mln.ga yaqin. Shundan 28 mln.gektarni
qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlardir. Yer fondining asosiy qismi suІorishga yaroqli bo’lgan yerlar hisoblanadi va uning umumiy maydoni 5 mln.ga atrofida, ya'ni umumiy yer fondining atigi 11,11 foiziga teng. Mamlakat yer maydoni va uning taqsimoti (ming, ga) Umumiy yer maydoni Barcha Shundan Haydalmaga n Pichan - Yaylov yer 9 qishloq xo`jalik yerlari yer zorlar Jami yer 44797, 7 27987,1 4474,5 109,4 2288,6 Qishloq xo`jalik korxonalari yerl ari 31970, 0 259225, 2 4458,8 107,4 20824, 6 Shundan: Dehqon (fermer) xo`jaliklari yerlari 82,2 76,8 32,9 93 42,1 Fuqoralar yerlari 571,3 477,5 282,5 - - Zahiradagi va o`rmon xo`jaligi yerlari 10203, 9 1975,3 9,0 2,0 1954,1 Boshqa toifadagi yerlar 2623,8 86,6 6,7 - 76,9 Respublika yer fondining 62 foizi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer turlariga kiradi.Hozirgi vaqtda suІorilib ziroat qilinadigan yerlar 9,2 foizga teng. Biroq u qishloq xo’jaligidan yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90 foizidan ortiІini beradi. 10 II.BOB. Sanoatning mamlakat xalq xo’jaligida ahamiyati. 2.1.Mustaqillik yillarida O’zbekiston donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlar Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalq xo’jaligi boshqaruv tizimining o’zgarishi va uning muhim qirraliri. O’zbekiston xalq xo’jaligi tarmoq tuzilishida yuz bergan tub o’zgarishlar. Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlarga nazar tashlasak o’tgan davr mobaynida ushbu sohada bir qator islohotlar amalga oshirilganligini ko’rish mumkin. Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Hozirgacha donchilik tarmog’ida 19-asrda qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning ko’rinishlari tanib bo’lmas darajada o’zgargan. Suv va par yordamida ishlaydigan tegirmonlar o’rniga yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tegirmonlardan foydalanila boshlandi. 1885 yili «Toshkent non shahri» deb nomlangan tegirmon ishlab chiqilgan bo’lib u 25 yil (1910 yilgacha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu tegirmon texnik jihozlanishi bo’yicha Turkiston o’lkasida eng mukammal hisoblangan. 1910 yilda O’zbekistonda par bilan ishlaydigan ilk tegirmon qurilgan (hozirgi «G’alla-Alteg» AJ). Don tayyorlash sohasini boshqarishning o’zi 1867 yili Toshkentda Nazorat idorasini tashkil etilishi bilan bog’liq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non mahsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shug’ullangan va xuddi jismoniy shaxslar kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash ko’p hollarda katta hajmlarda donni yig’ib, unga birlamchi qayta ishlov berish va saqlashni tashkillashtirgan vositachilar orqali amalga oshirilgan. 1918 yildan boshlab Turkiston o’lkasida non monopoliyasi o’rnatilib u sovet 11 hukumati davrigacha davom etdi. Don zaxiralarini tayyorlash maqsadida barcha viloyatlarda sotuv bo’limlari ochildi. Ular don tayyorlash kompaniyasi boshlanishidan yakunlanishigacha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq ko’rinishidagi va qat’iy narx asosida don topshirish maqsadida temir yo’l stansiyalari yaqiniga 127 ta to’kish punktlari ochildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir nechtasi «Zagotzerno» tashkilotining tarqatuvchi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. 1924 yildan boshlab sotuvdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxirasini tayyorlash 1924 yil hosilidan boshlab Zahiralar vazirligi tizimi tomonidan xarid qilish formasida amalga oshirilgan. O’zbekistonning Zahiralar vazirligi o’zining bir nechta izdoshlariga ega bo’lib ular «Turknarkomprod» va 1932 yilda mavjud bo’lgan «Aziaxleb»lardir. 1956 yil 20 iyuldan boshlab soyuz respublikasi O’zSSR Don mahsulotlari vazirligi tashkil qilinib «Aziaxleb» «Uzzagotzerno» respublika kontorasiga va «Uzglavmuka» trestiga bo’lindi. Agar 1922 yilda sanoat bo’limi 7 ta tegirmonga ega bo’lgan va O’zbekiston aholisi 4 million kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1943 yilga kelib tegirmonlar soni 10 taga yetgan va 300 tonnaga yaqin turli navdagi un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan. 1956 yilda Non mahsulotlari vazirligi tashkil etilganda uning tarkibida 73 ta tayyorlov punktlari, 3 ta ombor bazalari, 3 ta urug’ saqlash omborlari, 3 ta yorma zavodi, 15 ta yuqori navli un va chiqindi chiqaradigan tegirmonlari mavjud edi. Navli un chiqaruvchi 3 ta tegirmon Toshkent, Quva, Farg’ona, Andijon va Samarqandda joylashgan edi. Buxoro, Jizzax, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Urganch, Termiz va Nukusda chiqindini qayta ishlovchi tegirmonlar o’rnatildi. Guruch, javdar va bug’doy yormasini Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan yorma zavodlari ishlab chiqarishar edi. Aholining unga bo’lgan talabi 1 million 300 ming tonna bo’lganda tegirmonlar faqatgina 360 ming tonna ya’ni ehtiyojning 28 foizigina qondirilgan edi. 1958 – 1964 yillar davomida qo’shimcha yana 10 ta navli un chiqaruvchi 12 tegirmonlar ishga tushirildi. 1956 yilning ikkinchi yarmida sanoatning omuxta yem bo’limi rivojlana boshladi. 1960-1961 yillar oralig’ida Farg’ona, Qo’qon, Toshkent, Asaka, Quva (Fedchenko), Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Kogon, Buxoro, Qarshi, Urganch, Nukus, Termiz va Qiziltepada 16 ta kichik hajmli omuxta yem zavodlari ishga tushdi. 1961 yil Hukumat tomonidan «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlatga sotishni qayta shakllantirish va puxta tashkillashtirish to’g’risida» gi muhim qarori qabul qilindi. Bu qarorga binoan don sotib olish faqatgina shartnoma tuzish orqali bajarildi va qolgan barcha usullar ta’qiqlandi. 1961 yil 24 martda O’zbekiston Non mahsulotlari vazirligi faoliyati tugatilib, uning o’rnida Zaxiralar vazirligi tashkil qilindi. Sotib olish va sifat bo’yicha davlat inspeksiyasini davlat bosh nazoratchisi boshqaradi. Qayta tuzilgan vazirlik sovet hukumati davrida faoliyat olib borgan eng katta zaxira tayyorlovchi tashkilotlardan biri sanalgan. 1965 yil may oyida O’zbekiston Non mahsulotlari va omuxta yem vazirligi qayta tuzildi. Yangi tuzilgan vazirlik o’zining asosiy e’tiborini boshlangan ishlarni tugatishga, faoliyat olib borayotgan korxonalarni rekonstruksiyalashga va og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashga qaratdi. Ba’zi zavodlarda unni qadoqsiz saqlash masalasi maxsus qurilgan idishlar yordamida muvaffaqiyatli hal etildi. Unni idishsiz saqlash, chiqarish va tashish og’ir qo’l mehnatini yengillashtirilgani va qoplarga sarf-xarajatni kamaygani hisogiba yuqori samaraga erishildi.1965-69 yillar orasida omuxta yem sanoati keng rivojlandi. Ushbu yillarda ishlab chiqarilgan omuxta yem mahsulotlariga antibiotiklar, vitaminlar va mikroelementlar qo’shib boyitildi. 1970 yili Vazirlik faoliyati tugatilib, uning o’rniga Zaxiralar vazirligi qayta tashkil etildi. Keyingi 10 yil mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlari keskin rivojlandi, ishlab chiqarishning texnologik darajasi yaxshilandi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi oshdi. 1980 yilga kelib un ishlab chiqarish 1969 yilga nisbatan 3,3 marta, yorma 18,1 marta, omuxta yem 11,6 marta o’sdi. Yuqori sifatli un ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1970 yil 49,2% dan 1980 yil 83,7%ga oshdi. 1981-1985 yillar o’rtasida Quva, Navoiy, Farg’ona va Uchqo’rg’onda umumiy 13 hajmi kuniga 1300 tonna unni qayta ishlaydigan, 240,2 ming tonna sig’imli elevatorga ega tegirmonlar ishga tushdi. Shu yillarning o’zida 11 ta tegirmon qayta ta’mirlanib ularning ma’naviy eskirgan qismlari yangilandi. Bundan tashqari, boshqa un zavodlarida 13 ta un tegirmoni va 5 ta guruch tegirmoni qayta jihozlandi va ularning quvvati mos ravishda kuniga 300 va 230 tonna donni qayta ishlashga erishildi. 1986-90 yillarda agrosanoat majmuasida yangidan qayta tashkillashtirish amalga oshirildi. 1985 yil 14 oktyabrda Zaxiralar vazirligi tugatilib uning asosida soyuz – respublikasining Non mahsulotlari vazirligi tashkil qilindi. Yarim yildan so’ng ya’ni, 1986 yil mart oyida Vazirlik yana qayta tuzilib, uning tarkibiga non yopadigan, makaron va shirinlik ishlab chiqarish sanoati («Uzxlebprom») va 22 ta unga qarashli non yopadigan bo’limlar ish boshladi. Yangi vazirlik faoliyati tugatilgan vazirlik bajargan vazifalarni bajardi. 1987 yildan 1990 yilgacha ishlab chiqarish quvvatini oshirish davom ettdi. Quyidagi loyihalar amalga oshirildi: Oqtosh, Oqoltin va Qo’rg’ontepaning umumiy quvvati kuniga 1900 tonna bo’lgan 7 ta navli tegirmoni yuqori ishlab chiqarish qurilmalari bilan jihozlandi; Nukus, Shovot, Sirdaryo va Urganchda umumiy quvvati kuniga 100 tonna bo’lgan yorma zavodi ishga tushdi; Umumiy quvvati kuniga 1910 tonna bo’lgan 7 ta tegirmon: Oqoltin va Xonqada kuniga 630 tonna, Do’stlik va Uchqo’rg’onda 250 tonnadan hamda Yakkabog’da 100 va Muzrabod (Gagarin)da 50 tonna ozuqa yem ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushdi; 12 ta tegirmonda eskirgan qurilmalarni yangi, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega, umumiy quvvati kuniga 573 tonna donni qayta ishlay oladigan texnik qurilmalar bilan qayta jihozlash amalga oshirildi. Xuddi shundan ishlar 6 ta yorma sexlarda ham bajarildi. Shu yilning o’zida 300 tonnadan ortiq quvvatga ega bo’lgan elevatorlar ishga tushirildi. 1987-1990 yillarda ishga tushirilgan un zavodlarining katta quvvatda ishlashi, aholining o’sha davrdagi unga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirdi va non mahsulotlari tarmog’ining rivojlanishida yakuniy bosqich bo’lib xizmat qildi. 14 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 fevraldagi PF-334-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi tugatilib, uning negizida O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari («O’zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi PF-840-sonli farmoniga asosan «O’zdonmahsulot» davlat konserni «O’zdonmahsulot» davlat - aksionerlik korporatsiyasiga aylantirilgan. 1995-1998 yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab chiqarib, respublika aholisi ehtiyojini qondirdi. Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan «O’zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan. Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 43 ta korxona mavjud. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 52 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 93 ta non sexi, 30 ta makaron sexi, 16 na yorma va 49 ta omuxta yem sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamiz ichki iste'mol bozorini oziq ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, mahsulot turlarini kengaytirish, aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari, bilan ta'minlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Agrosanoat majmui (ACM) — xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq isteʼmo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini 15 taʼminlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani oʻz ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) va oʻrmon xoʻjaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari — traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar taʼmiri boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va isteʼmolchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo- jining umumiy sharoitini taʼminlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti, elektr, gaz, suv taʼminoti, aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi. Oʻzbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq- ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, 16 paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi. Oʻzbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ- ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi oʻrinda tu-radi. Tolibjon Turgʻunov. Oziq ovqat sanoati Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan. Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi. Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. 17 Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi. Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi. Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi. 1. Don, un, non, makaron maxsulotlari; 2. Meva va sabzavot maxsulotlari; 3. Qandolat maxsulotlari; 4. Maza beruvchi maxsulotlar; 5. Go‘sht va go‘sht maxsulotlari; 6. Baliq va baliq maxsulotlari; 7. Sut va sut maxsulotlari; 8. Oziq-ovqat yog‘lari; 9. Tuxum va tuxum maxsulotlari; Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom- 18 ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi. Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar. O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo- texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman! Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik- kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid 19 qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar). Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi fanini nazariy va amaliy fan bo‘lgani uchun ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy, texnik fanlar bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tovarlarni taxlil qilishda iqtisodiyot fani “tovar ishlab chiqarish”, “tovarni isteʼmol qiymati”, “tovarga bo‘lgan talab va taklif”, “savdoni xuquqiy va moliyaviy normalari xaqidagi normativ standart va qiymatni shakllanishi to‘g‘risidagi tushunchalarni ijtimoiy mag‘zini ochib beradi”. Oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qiymatiga baxo berishda matematika, kimyo, fizika, biologiya, meditsina, mikrobiologiya, texnik iqtisodiy axborotlar, kompyuter texnikasi va texnologiyasi, savdoda maxsulot sifatini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish. Tovarlarni isteʼmol qiymatini o‘lchash mumkin, u baholanadi hamda davr va makon talablariga ko‘ra yangi texnika va texnologiyalarni bunyod etishiga ko‘ra doimo yangilanib, rivojlanib boradi hamda yuqori darajali isteʼmol qiymatga ega bo‘lgan xolda ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat tovalari tovarshunosligi fani va uning nazariy va amaliy xususiyatlari tovarlarni isteʼmol xususiyatlarni o‘rganish, uni sifati va bahosini belgilovchi omillarni yaʼni xom-ashyo, standartlari va sertifikatlari, tayyorlash texnologiyasi, tovarlar klassifikatsiyasi, turi, navi, upakovkasi, tovar rekvezitlari, ishlab chiqarilgan va saqlash muddati, ishlab chiqarilgan tashkilotni adresi, telefoni ko‘rsatilishi lozim. 20 Tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan ishchi kuchi qiymati xar bir tovarning normal sharoitda sifatli tovar ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan ish vaqti bilan bellilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarni sifati uni isteʼmol qiymatini belgilaydi. Maxsulotning isteʼmol qiymati ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini ko‘paytirish bilan emas,balki uning sifatini yaxshilash oqibatida ortadi.Tovarlarni sifati ularni talab darajasi shartida isteʼmol qilinsa yoki ishlatilsa isteʼchilarni extiyojlarini qondira olish qobiliyati darajasini ifodalaydi.Mavsumiy tovarlar o‘z mavsumida isteʼmol qilinmasa,o‘z funksiyalarini bajara olmasligi mumkin. 1. Oziq-ovqat tavarshunosligini asoslari 2. Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat maxsulotlari, masalliqlar, tayyor taomlar va yarimfabrikalar tayyorlash yordamida (qaynatish, qo‘vurish, dimlash) taomlar tasyozlashda bo‘ladigan o‘zgarishlar. Umumiy ovqatlanish (uy sharoitida , oshxona, kafe, reseoranlar va jamoat joylarida , sayillarda va boshqalar) ni asosiy maqsadi axolini (isteʼmolchilarni)yuqori sifatli , turli xil assortimentdagi pishiririlgan tayyoor taomlar va yarimfabrikalar bilan taʼminlash. Buning uchun isteʼmolchilarga turli assortimentdagi taom tayyorlashni turli usullari yordamida ovqatlar strukturasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlari umumiy ovqatlanish korxonalariga katta masʼuliyat va ishlab chiqarilgan korxonalari orasida yuqori raqobatdoshlikni talab etadi. Tayyorlanadigan taomlarning turlari va ularni retseplarida foydalaniladigan masalliqlarni xillari va miqdori , tayyor taomning sof og‘irligi va isteʼmolchi bu taomni isteʼmol qilganda uni organizmi oladigan quvvati (kolloriya) katta axamiyatga ega. Ovqat qaayerda tayyorlanishidan qatʼiy nazar talabga isteʼmolchilar talablarini qondirish uchun ovqat tayyorlovchi pazanda sifatli, lazzatli xilma-xil 21 taomlarni moxirlik bilan pishira bilishlari xamda pazandalik sanʼatinig eng moxir uslublarini namoyish etishlari lozim. Dunyodagi xar bir xalqni taomlarining xillari, ularni tayyorlash texnologiyasi o‘ziga bo‘lib , ularning barchasi xushxo‘r va lazzatli bo‘ladi. Turli xalqlarning taomlari va uni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish,kerak bo‘lsa undan o‘z maxoratini oshirishda foydalanish, o‘zimiz unga yangi ko‘rinish va mazasini o‘zgartirishimiz xam mumkin. Aʼlo sifatli ovqatlar tayyorlab nozik didli isteʼmolchilarni talabini qondirish uchun yuqori pazandalik sanʼati maxoratiga va oshpazlik ko‘nikmasiga ega bo‘lishlik talab etiladi. Turli tuman sifatli taom tayyorlash uchun turli tuman sifatli masalliqlarni bo‘lishi talab etiladi. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar -tovarlarni yetishtirish, ko‘paytirish, tayyorlashqishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘simlikshunoslik va chorvachilikni va u bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarini roli nixoyatda katta. Oziq-ovqat maxsulotlari sifati asosan xom-ashyoga, qayta ishlash texnologiyasiga, maxsulot tarkibidagi kimyoviy moddalarni sifat va miqdor ko‘rsatgichlariga, saqlash, o‘rash-joylash va tashish shartlariga bog‘liq. Foydalaniladigan xom-ashyoko‘pincha tayyorlangan maxsulotlarni fizik-kimyoviy va lazzatli xususiyatlarini belgilab beradi.Bulardan tashqari sifatsiz xom-ashyo maxsulotda bir qancha nuqsonlarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi(ko‘karib kapan bug‘doy donidan olingan undan sifatli non tayyorlab bo‘lmaydi va x.k.). Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni (maxsulotlarni) tarkibi xususiyatlari va sifat ko‘rsatgichlari ularni o‘stiradigan va yetishtiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Ovqat tayyorlashda ratsepturani va texnalagik talablarni buzishi tayyorlangan ovqatni sifatini ancha o‘zgartirishiga yoki uni saqlash vaqtida buzilishiga xam sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oshpaz masalliqlarda bo‘ladigan ayrim nuqson va kamchiliklar oldini olish uchun foydalaniladigan maxsulotlarning xususiyatlarini 22 xamda nuqsonlarni xosil qiluvchi sabablarini xam bilishi lozim.Tayyorlangan ovqatning oziqalik qiymati ishlatilgan masalliqlarning (xom-ashyo) kimyoviy tarkibiga va kishi organizmida o‘zlashtirish darajasiga bo‘g‘liqdir.Ovqat inson organizmida ro‘y beradigan xayot protsesslari uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyaga bo‘lgan extiyojlarini(oqil, yog‘ va uglevodlar) qondira olishi zarur.Shu bilan bir vaqtda inson tana to‘qimalarini tiklash uchun manba (suv, mineral va organik moddalar,fermentlar va boshqalar) xamda inson tanasida yuz beradigan biokatolizatorlar reaksiyalar uchun energiya berishi xam kerak.Bu moddalardan tashqari inson organizmiga vitaminlar,garmonlar,organik tuzlar va boshqa elementlar xam zarurdir.Agar shu moddalar yetishmasa organizm og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin.Tayyorlangan ovqatning tarkibiy qismi xazm qilishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir.Tanavvul qilinayotgan taomning tashqi ko‘rinishiga,ovqatlanish tartibiga, organik kislotalar va lazzatli moddalarga,ichaklardagi mikrofloracha,fermentlarga,fgoltizmgatabis xolatiga (yoshi,jinsi,jismoniy xolati va boshqalar) va yana bir qancha boshqa shart- sharoitlarga bog‘liqdir. Ovqat tayyorlashda foydalaniladigan maxsulotlarning kimyoviy tarkibi turli-tuman bo‘ladi, shu sababli ularni oziqalik qiymati xam bir xil emas.Baʼzi ovqatlarda inson organizmi uchun kerakli barcha moddalar bo‘ladi,baʼzilarida inson tanasi to‘qimalarini tuzilishi uchun zarurbo‘ladigan moddalar, baʼzilarida kishiga kuch-quvvat beradigan yoki ayrim organlarga taʼsir etuvchi moddalarbo‘lishi mumkin.(bolalar,sog‘lom yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va sifatli maxsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal ,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning 23 ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik chiqarishini aniqlash mumkin. Xar xil ixtisoslikdamexnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g ,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling