Mavzu: Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalarining hisoblash usullari. Reja


Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1313202
  1   2
Bog'liq
7. Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalarining hisoblash usullari.


Mavzu:Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalarining hisoblash usullari.
Reja:

  1. Ko’riklar haqida ma’lumot.

  2. Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalari.

  3. Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalarining hisoblash.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.



Temirbeton ko‘priklar haqida umumiy
ma’lumotlar
Avtomobil yo’llari davlat iqtisodiyotini muvoffaqiyatli rivojlantirishda
muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublikamiz Prezidenti
SH.M.Mirziyoyevning say-harakatlari bilan mamlakatimizda yangilanish,
modernizatsiya qilish jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Yangi vazirlik,
qo‘mitalar, davlat korxonalari bilan bir qatorda yangi turkumdagi nodavlat
tashkilotlari, yangi aksionerlik kompaniyalari tashkil etilib, yo‘l sohasini va undagi
sun’iy inshootlarni qurishni jadal rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yo‘l sohasini
boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4545 -sonli farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yo‘l
sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion
jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
majlisga qilgan murojjatida 2021-yilda xorijiy tilni o’rganishni kuchaytirib hamma
sohaga chet el tajribalarini tadbiq etishni ustuvor yo’nalish qilib belgiladi. Ushbu
ko’rsatmalardan kelib chiqib yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni
jadal rivojlantirish uchun ushbu sohada avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va
ekspluatatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb
bo’lgan ushbu darslik ruschadan o’zbek tiliga O`zbekiston hududiga oid
ma`lumotlar “Shaharsozlik me`yorlari va qoidalari” 2.05.03-12 ga “O’zavtoyo’l”
davlat aktsiyadorlik kompaniyasining izohli lug’atiga muvofiq tarjima qilindi.
Sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish murakkab va
bir–biriga aloqador jarayonki, ularni amalga oshirish uchun “Ko‘priklar va
transport tonnellari“ sohasini egallagan yuqori malakali mutaxassislar boshqarishi
kerak. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirish uchun muhandis yo‘lchilar ham
ko‘priklar, quvurlar, tonnellarni qurish va ekspulatatsiya qilish ishlarini amalga
oshirishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda sun’iy inshootlarni loyihalash uchun ularni konstruktiv
shakllarini har xil ashyolardan eng maqbullarini ishlab chiqish yo‘li bilan
takomillashtirishni hisobini va konstruksiyalarni yaratish hamda ishchi chizmalarni
tayyorlash uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishni taqazo etadi.
Hozirgi zamon avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni qurish uchun
kompleks mexanizatsiyalashgan inshoot qismlarini ishlab chiqarishni
uzluksizligini tashkil qilish va ularni bir maromda yig‘ishdan iborat. Keyingi
yillarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan bir qatorda yaxlit temirbetondan
foydalanilmoqda, bu esa katta ishonchli konstruksiyani ta’minlamoqda.
Yo‘l muhandisi uchun bu inshootlarni saqlash talab etiladi. Vaqtinchalik
yuklarni katta miqdorda ko‘payishi, harakat jadalligini ortishi, ba’zi bir
inshootlarni sifatini pastligi va qoniqarsiz ishlari ularni xizmat qilish muddatlarini
kamayishiga olib keladi.
Bu inshootlarni qoniqarli holatda ushlab turish va katta hajmdagi
inshootlarni saqlashda yo‘lchi muhandislar ham o‘z hissalarini qo‘shishlariga
to‘g‘ri keladi.
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni ko‘pi 1950-60-yillarda qurilgan.
Hozirgi vaqtda ularni ko‘pchiligi ko‘tarish qobiliyati va kengligi bo‘yicha QMQ
qoidalariga javob bermaydi, ularni kuchaytirish va kengaytirish talab etiladi. Bu
ishlarni eng kam avtomobil yo‘l harakati jadalligini cheklab va uni xavfsizligini
ta’minlagan holda yangi usul va materiallarni yuqori sifatni tadbiq etgan holda
bajarilishi kerak, yo‘l xo‘jaligi davlat xizmati sun’iy inshootlar tuzatish va
rekonstruksiyaga ketadigan mablag‘larni yangi 1- darajali inshootlar qurilishiga
yo‘naltirdi. Inshootlarni uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun yo‘l
xizmati korxonalarini 2010-yilgacha bo‘lgan vaqtdagi bosh yo‘nalishi inshootlarni
ekspluatatsiya qilishga avtomobillarni belgilangan tezlikda uzluksiz harakati va
xavfsiz harakatini ta’minlash muhimligi, har xil og‘ir transportlarni o’tkazishini
ta’minlashga yo’naltirildi. Ko‘prikni haqiqiy holatini hisobga olgan holda
inshootlarni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash yuk ko‘tarish qobiliyatiga baho berish
ishonchliligi va inshootlarni hozirgi zamon texnik tizimlar nazaryasi asosida
diagnostika qilish muammolarni maxsus kompuyuterlar yordamida o‘lchash va
o‘rganishni taqazo etadi.
Hozirgi davrda quruq issiq iqlim sharoitida bino va inshootlar qurishda yig'ma va monolit temirbeton konstruksiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Loyihalash va qurilish ishlari me'yorida olib borilishi uchun konstruksiya elementlariga salbiy ta’sir etadigan issiq harorat, quruq havo hamda kuchli quyosh radiasiyasi ta'sirini e'tiborga olish lozim.
Loyihalash va qurilish ishlarining sifati ko‘p jihatdan ushbu muammoning qay darajada hal etilishiga bog'liq. Temirbeton konstruksiyalarining ishiga quruq issiq iqlim sharoitining ta'sirini hisobga olish masalasi maxsus tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq b o ‘lib, qo‘shimcha sarf xarajatlarni talab etadi.
Temirbeton konstruksiyalarining bexavotir va uzoq muddat xizmat qilishi loyiha jarayonidagi hisoblarning to'g'ri bajarilishiga bog'liqdir.
Qurilish me'yorlarini QMQ 2.01.01- 94 [9] da MDH hududining iqlim bo'yicha hududlarga (rayonlarga) ajratilgan xarita beriigan. O'sha xaritada quruq issiq iqlim sharoitiga ega bo'lgan manzillar III va IV iqlimiy tumanlarga kiritilgan. Bundan tashqari havoning kunlik, haftalik, oylik va yillik haroratiga doir raqamlar beriigan. Jazirama issiq oyining o'rtacha maksimal harorati, kundalik haroratning o'rtacha davomiyligi, quyosh radiasiyasi, shuningdek havoning o'rtacha oylik
namligi ham mazkur me'yorda o‘z askini topgan.


Markaziy Osiyo quruq issiq iqlimining o'ziga xos xususiyati shundan


iboratki, bu yerda havo harorati va namligining kundalik, oylik va yillik o'zgarishi juda katta bo'ladi. Bu hududlarda yozda — iyun, iyul, avgust oylarida temirbeton konstruktsiyalarning kungay sirtlari kunduzi 70°C ga qadar qiziydi, tunda 20°C qadar pasayadi. Havoning nisbiy namligi yoz oylarida o ‘rtacha 20—40 foiz oralig'ida, kunduzi 10 foiz ga qadar pasayishi mumkin. Markaziy Osiyo sharoitida yil davomida yog'ingarchilik ham bir maromda bo'lmaydi. Yog'ingarchilik miqdori bir yilda 250—300 mm ni tashkil etadi, ba'zi yillari 450—480 mm gacha etadi. Yog‘ingarchilikning asosiy qismi qish va bahor fasliga to'g'ri keladi, yozda esa juda kam bo'ladi. Ba’zan yozda umuman yomg'ir yog'maydi. Bu havodagi namlikning yanada kamayishiga olib keladi. Havo haroratining yuqoriligi va atrof muhit nisbiy namligining kamligi temirbeton elementlarda sezilarli darajada harorat, kirishish, ichki kuchlanish va deformasiyalarni vujudga keltiradi.
Quyosh radiasiyasidan muhofaza etilmagan temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda qurilish me’yorlari QM Q2.01.07-96 [10] tashqaridagi havo haroratining me'yoriy qiymatlarini yozda { tTH) va qishda (Z^)quyidagi formulalar orqali aniqlashni tavsiya etadi:


Markaziy Osiyo iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalari davriy o‘zgaruvchan harorat va namlik ta'sirida boMadi. Sutka davomida kunduzi haroratning ko‘tarilishi, namlikning kamayishi, kechasi esa aksincha, haroratning pasayishi va namlikning ortib borishi kuzatiladi. Harorat va quyosh radiasiyasining o‘zgarishi natijasida betondagi temperatura maydoni elementning kesim yuzasi bo‘ylab uzluksiz ravishda o‘zgarib boradi [6].


Harorat va namlikning element kesimi bo‘ylab notekis tarqalishi elementda xususiy harorat — kirishish kuchlanishlarning paydo bo’lishi va elementning yorilishini tezlashtiradi. Kesim yuzasi bo‘yicha haroratning tarqalishi vaqt davomida to ‘g‘ri chiziqli emas. Temperatura maydonini hisoblashda eng yomon sharoit uchun doimiy bo’lmagan temperatura maydoni shartli ravishda doimiy deb qaraladi. Bunda bir yo‘nalishda harorat chiziqli tarqaladi deb qaraladi. Boshqa yo‘nalishda esa uni ixtiyoriy o‘zgaradi deb olinadi. Bunda chiziqli harorat epyurasini shartli ravishda ikkiga boMish mumkin:
1. Haroratning kesim yuzasi bo‘ylab bir xil tarqalishi elementning uzayishiga yoki qisqarishiga olib keladi. Bunda element boshlang‘ich yuqori temperatura bilan o'rtacha temperatura farqiga, ya'ni yilning issiq va sovuq davridagi vaqtiga hisoblanadi.
2. Elementning uzunligi o'zgarmagan holda kesim yuzasi bo'yicha haroratning notekis o'zgarishi element egriligining o'zgarishiga olib keladi. Bunda element kesim yuzasi betonning tashqi va ichki sirtlaridagi eng katta harorat farqiga, shuningdek, yilning issiq hamda sovuq davridagi vaqtiga hisoblanadi.
Quruq issiq iqlim sharoitida qiziydigan elementlarni hisoblash chog’da, betonning yalpi yuzasi yoki uning siqilgan qismi yuzasi ogMrlik markazini, shuningdek, yalpi kesim statik va inersiya momentlarini aniqlashda
yalpi kesimni qizimagan, mustahkamligi yuqori boMgan betonga keltirib olinadi [12]. Buning uchun kesim balandlik bo'ylab bir necha qismga boMib chiqiladi. Keltirilgan yuza Aml quyidagi formuladan topiladi:

Hisoblashda harorat va namlik berilgan deb qaraladi, kesim vaqt bo'yicha o'zgarishi ixtiyoriy deb olinadi.
Elastiklik moduli, chiziqli kengayish koeffisiyenti hamda betonning kirishishi harorat va namlikning o‘zgarishiga bogMiq holda inobatga olinadi.
Oldindan uyg'otiladigan kuchlanishning miqdori ham quruq issiq iqlim sharoitida hisobga olinadi va uning qiymati atrof muhit harorati va namligining o‘zgarishiga bogMiq emas, deb qaraladi.
Quyosh ta’sirida boMadigan tem irbeton konstruksiyalar boshqa hisoblardan farqli oMaroq quyidagicha hisoblanadi: issiq iqlim sharoitida havoning birinchi yozgi hisobiy harorati ta'sirida qizishi va uzoq yoz davomida haroratning davriy qizish va qishki hisobiy harorat ta’sirida sovushi e’tiborga olinadi. Bunday masalani yechishda betonning bir jinssizlik xossalari va haroratning notekis o‘zgarishi hisobga olinishi kerak. Issiqlik oqimi elementning bosh o‘qiga burchak ostida ta’sir etganda temirbeton elementlarida bayon etilgan usul bilan hisoblanadi.
Buning uchun butun yuza «у» va «г» o ‘qi bo'yicha kichik yuzachalarga boMinadi. Har bir kichik yuzacha o ‘zining ma'luin haroratiga ega (14.3-rasm).

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling