Innovatsiyalar vazirligi


O’zbekistonning Yer fondi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1441946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Don kurs ishi tuliq 38 bet

O’zbekistonning Yer fondi. U 45 mln.ga yaqin. Shundan 28 mln.gektarni 
qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlardir. Yer fondining asosiy qismi suІorishga 
yaroqli bo’lgan yerlar hisoblanadi va uning umumiy maydoni 5 mln.ga atrofida
ya'ni umumiy yer fondining atigi 11,11 foiziga teng. 
Mamlakat yer maydoni va uning taqsimoti (ming, ga) 
Umumiy 
yer maydoni 
Barcha 
Shundan 
Haydalmaga

Pichan

Yaylov 
yer 



qishloq 
xo`jalik 
yerlari 
yer 
zorlar 
Jami yer 
44797,

27987,1 4474,5 
109,4 
2288,6 
Qishloq 
xo`jalik korxonalari yerl
ari 
31970,

259225,

4458,8 
107,4 
20824,

Shundan: 
Dehqon 
(fermer) 
xo`jaliklari yerlari 
82,2 
76,8 
32,9 
93 
42,1 
Fuqoralar yerlari 
571,3 
477,5 
282,5 


Zahiradagi 
va 
o`rmon 
xo`jaligi yerlari 
10203,

1975,3 
9,0 
2,0 
1954,1 
Boshqa toifadagi yerlar 
2623,8 86,6 
6,7 

76,9 
Respublika yer fondining 62 foizi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer 
turlariga kiradi.Hozirgi vaqtda suІorilib ziroat qilinadigan yerlar 9,2 foizga teng. 
Biroq u qishloq xo’jaligidan yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90 foizidan ortiІini 
beradi. 


10 
 
II.BOB. Sanoatning mamlakat xalq xo’jaligida ahamiyati
2.1.Mustaqillik yillarida O’zbekiston donni xarid qilish, saqlash va qayta 
ishlash sohasidagi o’zgarishlar 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalq xo’jaligi boshqaruv tizimining 
o’zgarishi va uning muhim qirraliri. O’zbekiston xalq xo’jaligi tarmoq tuzilishida 
yuz bergan tub o’zgarishlar. 
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlarga nazar 
tashlasak o’tgan davr mobaynida ushbu sohada bir qator islohotlar amalga 
oshirilganligini ko’rish mumkin. 
Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 
3 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Hozirgacha donchilik tarmog’ida 19-asrda 
qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning ko’rinishlari tanib 
bo’lmas darajada o’zgargan. Suv va par yordamida ishlaydigan tegirmonlar o’rniga 
yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tegirmonlardan 
foydalanila boshlandi. 
1885 yili «Toshkent non shahri» deb nomlangan tegirmon ishlab chiqilgan 
bo’lib u 25 yil (1910 yilgacha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu 
tegirmon texnik jihozlanishi bo’yicha Turkiston o’lkasida eng mukammal 
hisoblangan. 1910 yilda O’zbekistonda par bilan ishlaydigan ilk tegirmon qurilgan 
(hozirgi «G’alla-Alteg» AJ). 
Don tayyorlash sohasini boshqarishning o’zi 1867 yili Toshkentda Nazorat 
idorasini tashkil etilishi bilan bog’liq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non 
mahsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shug’ullangan va xuddi jismoniy shaxslar 
kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash 
ko’p hollarda katta hajmlarda donni yig’ib, unga birlamchi qayta ishlov berish va 
saqlashni 
tashkillashtirgan 
vositachilar 
orqali 
amalga 
oshirilgan. 
1918 yildan boshlab Turkiston o’lkasida non monopoliyasi o’rnatilib u sovet 


11 
hukumati davrigacha davom etdi. Don zaxiralarini tayyorlash maqsadida barcha 
viloyatlarda sotuv bo’limlari ochildi. Ular don tayyorlash kompaniyasi 
boshlanishidan yakunlanishigacha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash 
natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq ko’rinishidagi va 
qat’iy narx asosida don topshirish maqsadida temir yo’l stansiyalari yaqiniga 127 ta 
to’kish punktlari ochildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir nechtasi 
«Zagotzerno» tashkilotining tarqatuvchi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos 
bo’lib xizmat qildi. 
1924 yildan boshlab sotuvdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari zaxirasini tayyorlash 1924 yil hosilidan boshlab Zahiralar 
vazirligi tizimi tomonidan xarid qilish formasida amalga oshirilgan. 
O’zbekistonning Zahiralar vazirligi o’zining bir nechta izdoshlariga ega bo’lib ular 
«Turknarkomprod» va 1932 yilda mavjud bo’lgan «Aziaxleb»lardir. 1956 yil 20 
iyuldan boshlab soyuz respublikasi O’zSSR Don mahsulotlari vazirligi tashkil 
qilinib «Aziaxleb» «Uzzagotzerno» respublika kontorasiga va «Uzglavmuka» 
trestiga bo’lindi. Agar 1922 yilda sanoat bo’limi 7 ta tegirmonga ega bo’lgan va 
O’zbekiston aholisi 4 million kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1943 yilga kelib 
tegirmonlar soni 10 taga yetgan va 300 tonnaga yaqin turli navdagi un va yorma 
mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan. 
1956 yilda Non mahsulotlari vazirligi tashkil etilganda uning tarkibida 73 ta 
tayyorlov punktlari, 3 ta ombor bazalari, 3 ta urug’ saqlash omborlari, 3 ta yorma 
zavodi, 15 ta yuqori navli un va chiqindi chiqaradigan tegirmonlari mavjud edi. 
Navli un chiqaruvchi 3 ta tegirmon Toshkent, Quva, Farg’ona, Andijon va 
Samarqandda joylashgan edi. Buxoro, Jizzax, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Samarqand, 
Urganch, Termiz va Nukusda chiqindini qayta ishlovchi tegirmonlar o’rnatildi. 
Guruch, javdar va bug’doy yormasini Toshkent va Samarqand shaharlarida 
joylashgan yorma zavodlari ishlab chiqarishar edi. 
Aholining unga bo’lgan talabi 1 million 300 ming tonna bo’lganda 
tegirmonlar faqatgina 360 ming tonna ya’ni ehtiyojning 28 foizigina qondirilgan edi. 
1958 – 1964 yillar davomida qo’shimcha yana 10 ta navli un chiqaruvchi 


12 
tegirmonlar ishga tushirildi. 1956 yilning ikkinchi yarmida sanoatning omuxta yem 
bo’limi rivojlana boshladi. 
1960-1961 yillar oralig’ida Farg’ona, Qo’qon, Toshkent, Asaka, Quva 
(Fedchenko), Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Kogon, Buxoro, Qarshi, Urganch, 
Nukus, Termiz va Qiziltepada 16 ta kichik hajmli omuxta yem zavodlari ishga 
tushdi. 1961 yil Hukumat tomonidan «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlatga 
sotishni qayta shakllantirish va puxta tashkillashtirish to’g’risida» gi muhim qarori 
qabul qilindi. Bu qarorga binoan don sotib olish faqatgina shartnoma tuzish orqali 
bajarildi va qolgan barcha usullar ta’qiqlandi. 
1961 yil 24 martda O’zbekiston Non mahsulotlari vazirligi faoliyati tugatilib, 
uning o’rnida Zaxiralar vazirligi tashkil qilindi. Sotib olish va sifat bo’yicha davlat 
inspeksiyasini davlat bosh nazoratchisi boshqaradi. 
Qayta tuzilgan vazirlik sovet hukumati davrida faoliyat olib borgan eng katta 
zaxira tayyorlovchi tashkilotlardan biri sanalgan. 
1965 yil may oyida O’zbekiston Non mahsulotlari va omuxta yem vazirligi 
qayta tuzildi. Yangi tuzilgan vazirlik o’zining asosiy e’tiborini boshlangan ishlarni 
tugatishga, faoliyat olib borayotgan korxonalarni rekonstruksiyalashga va og’ir qo’l 
mehnatini mexanizatsiyalashga qaratdi. Ba’zi zavodlarda unni qadoqsiz saqlash 
masalasi maxsus qurilgan idishlar yordamida muvaffaqiyatli hal etildi. Unni idishsiz 
saqlash, chiqarish va tashish og’ir qo’l mehnatini yengillashtirilgani va qoplarga 
sarf-xarajatni kamaygani hisogiba yuqori samaraga erishildi.1965-69 yillar orasida 
omuxta yem sanoati keng rivojlandi. Ushbu yillarda ishlab chiqarilgan omuxta yem 
mahsulotlariga antibiotiklar, vitaminlar va mikroelementlar qo’shib boyitildi. 
1970 yili Vazirlik faoliyati tugatilib, uning o’rniga Zaxiralar vazirligi qayta tashkil 
etildi. Keyingi 10 yil mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlari keskin rivojlandi, 
ishlab chiqarishning texnologik darajasi yaxshilandi va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot hajmi oshdi. 1980 yilga kelib un ishlab chiqarish 1969 yilga nisbatan 3,3 
marta, yorma 18,1 marta, omuxta yem 11,6 marta o’sdi. Yuqori sifatli un ishlab 
chiqarishning umumiy hajmi 1970 yil 49,2% dan 1980 yil 83,7%ga oshdi. 
1981-1985 yillar o’rtasida Quva, Navoiy, Farg’ona va Uchqo’rg’onda umumiy 


13 
hajmi kuniga 1300 tonna unni qayta ishlaydigan, 240,2 ming tonna sig’imli 
elevatorga ega tegirmonlar ishga tushdi. Shu yillarning o’zida 11 ta tegirmon qayta 
ta’mirlanib ularning ma’naviy eskirgan qismlari yangilandi. Bundan tashqari, 
boshqa un zavodlarida 13 ta un tegirmoni va 5 ta guruch tegirmoni qayta jihozlandi 
va ularning quvvati mos ravishda kuniga 300 va 230 tonna donni qayta ishlashga 
erishildi. 
1986-90 yillarda agrosanoat majmuasida yangidan qayta tashkillashtirish 
amalga oshirildi. 1985 yil 14 oktyabrda Zaxiralar vazirligi tugatilib uning asosida 
soyuz – respublikasining Non mahsulotlari vazirligi tashkil qilindi. Yarim yildan 
so’ng ya’ni, 1986 yil mart oyida Vazirlik yana qayta tuzilib, uning tarkibiga non 
yopadigan, makaron va shirinlik ishlab chiqarish sanoati («Uzxlebprom») va 22 ta 
unga qarashli non yopadigan bo’limlar ish boshladi. Yangi vazirlik faoliyati 
tugatilgan vazirlik bajargan vazifalarni bajardi. 1987 yildan 1990 yilgacha ishlab 
chiqarish quvvatini oshirish davom ettdi. Quyidagi loyihalar amalga oshirildi: 
Oqtosh, Oqoltin va Qo’rg’ontepaning umumiy quvvati kuniga 1900 tonna bo’lgan 7 
ta navli tegirmoni yuqori ishlab chiqarish qurilmalari bilan jihozlandi; 
Nukus, Shovot, Sirdaryo va Urganchda umumiy quvvati kuniga 100 tonna bo’lgan 
yorma zavodi ishga tushdi; 
Umumiy quvvati kuniga 1910 tonna bo’lgan 7 ta tegirmon: 
Oqoltin va Xonqada kuniga 630 tonna, Do’stlik va Uchqo’rg’onda 250 tonnadan 
hamda Yakkabog’da 100 va Muzrabod (Gagarin)da 50 tonna ozuqa yem ishlab 
chiqaradigan zavodlar ishga tushdi; 
12 ta tegirmonda eskirgan qurilmalarni yangi, yuqori ishlab chiqarish 
quvvatiga ega, umumiy quvvati kuniga 573 tonna donni qayta ishlay oladigan texnik 
qurilmalar bilan qayta jihozlash amalga oshirildi. Xuddi shundan ishlar 6 ta yorma 
sexlarda ham bajarildi. Shu yilning o’zida 300 tonnadan ortiq quvvatga ega bo’lgan 
elevatorlar ishga tushirildi. 
1987-1990 yillarda ishga tushirilgan un zavodlarining katta quvvatda ishlashi, 
aholining o’sha davrdagi unga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirdi va non mahsulotlari 
tarmog’ining 
rivojlanishida 
yakuniy 
bosqich 
bo’lib 
xizmat 
qildi. 


14 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 fevraldagi PF-334-sonli 
farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi tugatilib, 
uning negizida O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari («O’zdonmahsulot») 
davlat konserni tashkil etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi PF-840-sonli 
farmoniga asosan «O’zdonmahsulot» davlat konserni «O’zdonmahsulot» davlat - 
aksionerlik korporatsiyasiga aylantirilgan. 
1995-1998 yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un 
zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 
million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab chiqarib, respublika 
aholisi ehtiyojini qondirdi. 
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan 
takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor 
munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va 
investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qaroriga 
asosan «O’zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik 
jamiyati shaklidagi «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan. 
Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 43 ta 
korxona mavjud. 
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 52 ta 
un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 93 ta non sexi, 30 ta makaron sexi, 16 na yorma va 
49 ta omuxta yem sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamiz ichki iste'mol bozorini oziq ovqat mahsulotlari bilan 
ta'minlash, mahsulot turlarini kengaytirish, aholini sifatli non va non mahsulotlari, 
makaron va yorma mahsulotlari, bilan ta'minlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» 
aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan tizimli ishlar amalga 
oshirib kelinmoqda.
Agrosanoat majmui (ACM) — xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom 
ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq isteʼmo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini 


15 
taʼminlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, 
faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish 
tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 
sohani oʻz ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) 
va oʻrmon xoʻjaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib 
beradigan sanoat tarmoqlari — traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, 
meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar taʼmiri 
boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, 
biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar 
(tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va 
isteʼmolchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, 
saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-
jining umumiy sharoitini taʼminlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga 
ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti, elektr, gaz, suv taʼminoti, 
aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). 
Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar 
malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika 
bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va 
institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov 
stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi. Oʻzbekiston 
ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta 
moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi 
(non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-
ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat 
sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip 
gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta 
ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga 
ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard 
mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va 
viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, 


16 
paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi. Oʻzbekiston 
tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va 
pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-
ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga 
ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 
50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq 
xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika 
ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. 
Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi oʻrinda tu-radi. 
Tolibjon Turgʻunov. 
Oziq ovqat sanoati 
Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat 
maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan 
zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab 
chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan. 
Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga 
yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida 
yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari 
xisoblanadi. 
Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini 
ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu 
borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy 
taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil 
yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. 
Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. 


17 
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq 
xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot 
organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez 
orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan 
kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi. 
Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan 
resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, 
mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi. 
Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi 
va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi. 
1. Don, un, non, makaron maxsulotlari; 
2. Meva va sabzavot maxsulotlari; 
3. Qandolat maxsulotlari
4. Maza beruvchi maxsulotlar; 
5. Go‘sht va go‘sht maxsulotlari; 
6. Baliq va baliq maxsulotlari; 
7. Sut va sut maxsulotlari; 
8. Oziq-ovqat yog‘lari; 
9. Tuxum va tuxum maxsulotlari; 
Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo 
resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, 
kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat 
tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom-


18 
ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik 
sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga 
yo‘naltiriladi. 
Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan 
shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi. 
Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat 
maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir 
guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener 
mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan 
texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, 
texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan 
maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga 
mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular 
ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish 
davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib 
berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar. 
O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo-
texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika 
instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu 
oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari 
tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha 
mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman! 
Oziq-ovqat 
maxsulotlarini 
ishlab 
chiqaruvchi 
tashkilotlar 
ularni 
isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari 
va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan 
normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-
kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish 
lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid 


19 
qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari 
lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ 
Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan 
taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida 
markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, 
shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va 
ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz 
maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va 
hokazolar). 
Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi fanini nazariy va amaliy fan bo‘lgani uchun 
ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy, texnik fanlar bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tovarlarni 
taxlil qilishda iqtisodiyot fani “tovar ishlab chiqarish”, “tovarni isteʼmol qiymati”, 
“tovarga bo‘lgan talab va taklif”, “savdoni xuquqiy va moliyaviy normalari xaqidagi 
normativ standart va qiymatni shakllanishi to‘g‘risidagi tushunchalarni ijtimoiy 
mag‘zini ochib beradi”. Oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qiymatiga baxo berishda 
matematika, kimyo, fizika, biologiya, meditsina, mikrobiologiya, texnik iqtisodiy 
axborotlar, kompyuter texnikasi va texnologiyasi, savdoda maxsulot sifatini 
kompleks boshqarish tizimini tashkil etish. Tovarlarni isteʼmol qiymatini o‘lchash 
mumkin, u baholanadi hamda davr va makon talablariga ko‘ra yangi texnika va 
texnologiyalarni bunyod etishiga ko‘ra doimo yangilanib, rivojlanib boradi hamda 
yuqori darajali isteʼmol qiymatga ega bo‘lgan xolda ishlab chiqariladi. 
Oziq-ovqat tovalari tovarshunosligi fani va uning nazariy va amaliy 
xususiyatlari tovarlarni isteʼmol xususiyatlarni o‘rganish, uni sifati va bahosini 
belgilovchi omillarni yaʼni xom-ashyo, standartlari va sertifikatlari, tayyorlash 
texnologiyasi, tovarlar klassifikatsiyasi, turi, navi, upakovkasi, tovar rekvezitlari
ishlab chiqarilgan va saqlash muddati, ishlab chiqarilgan tashkilotni adresi, telefoni 
ko‘rsatilishi lozim. 


20 
Tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan ishchi kuchi qiymati xar bir tovarning 
normal sharoitda sifatli tovar ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan ish vaqti bilan 
bellilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarni sifati uni isteʼmol qiymatini belgilaydi. 
Maxsulotning isteʼmol qiymati ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini ko‘paytirish 
bilan emas,balki uning sifatini yaxshilash oqibatida ortadi.Tovarlarni sifati ularni 
talab darajasi shartida isteʼmol qilinsa yoki ishlatilsa isteʼchilarni extiyojlarini 
qondira olish qobiliyati darajasini ifodalaydi.Mavsumiy tovarlar o‘z mavsumida 
isteʼmol qilinmasa,o‘z funksiyalarini bajara olmasligi mumkin. 
1. Oziq-ovqat tavarshunosligini asoslari 
2. Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat 
maxsulotlari, masalliqlar, tayyor taomlar va yarimfabrikalar tayyorlash yordamida 
(qaynatish, qo‘vurish, dimlash) taomlar tasyozlashda bo‘ladigan o‘zgarishlar. 
Umumiy ovqatlanish (uy sharoitida , oshxona, kafe, reseoranlar va jamoat 
joylarida 

sayillarda 
va 
boshqalar) 
ni 
asosiy 
maqsadi 
axolini 
(isteʼmolchilarni)yuqori sifatli , turli xil assortimentdagi pishiririlgan tayyoor 
taomlar va yarimfabrikalar bilan taʼminlash. 
Buning uchun isteʼmolchilarga turli assortimentdagi taom tayyorlashni turli 
usullari yordamida ovqatlar strukturasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlari 
umumiy ovqatlanish korxonalariga katta masʼuliyat va ishlab chiqarilgan 
korxonalari orasida yuqori raqobatdoshlikni talab etadi. 
Tayyorlanadigan taomlarning turlari va ularni retseplarida foydalaniladigan 
masalliqlarni xillari va miqdori , tayyor taomning sof og‘irligi va isteʼmolchi bu 
taomni isteʼmol qilganda uni organizmi oladigan quvvati (kolloriya) katta 
axamiyatga ega. 
Ovqat qaayerda tayyorlanishidan qatʼiy nazar talabga isteʼmolchilar 
talablarini qondirish uchun ovqat tayyorlovchi pazanda sifatli, lazzatli xilma-xil 


21 
taomlarni moxirlik bilan pishira bilishlari xamda pazandalik sanʼatinig eng moxir 
uslublarini namoyish etishlari lozim. 
Dunyodagi xar bir xalqni taomlarining xillari, ularni tayyorlash texnologiyasi 
o‘ziga bo‘lib , ularning barchasi xushxo‘r va lazzatli bo‘ladi. Turli xalqlarning 
taomlari va uni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish,kerak bo‘lsa undan o‘z 
maxoratini oshirishda foydalanish, o‘zimiz unga yangi ko‘rinish va mazasini 
o‘zgartirishimiz xam mumkin. 
Aʼlo sifatli ovqatlar tayyorlab nozik didli isteʼmolchilarni talabini qondirish 
uchun yuqori pazandalik sanʼati maxoratiga va oshpazlik ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishlik talab etiladi. 
Turli tuman sifatli taom tayyorlash uchun turli tuman sifatli masalliqlarni 
bo‘lishi talab etiladi. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan 
masalliqlar -tovarlarni yetishtirish, ko‘paytirish, tayyorlashqishloq xo‘jaligi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘simlikshunoslik va chorvachilikni va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarini roli nixoyatda katta. Oziq-ovqat maxsulotlari 
sifati asosan xom-ashyoga, qayta ishlash texnologiyasiga, maxsulot tarkibidagi 
kimyoviy moddalarni sifat va miqdor ko‘rsatgichlariga, saqlash, o‘rash-joylash va 
tashish shartlariga bog‘liq. Foydalaniladigan xom-ashyoko‘pincha tayyorlangan 
maxsulotlarni fizik-kimyoviy va lazzatli xususiyatlarini belgilab beradi.Bulardan 
tashqari sifatsiz xom-ashyo maxsulotda bir qancha nuqsonlarni paydo bo‘lishiga 
sababchi bo‘ladi(ko‘karib kapan bug‘doy donidan olingan undan sifatli non 
tayyorlab bo‘lmaydi va x.k.). Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni 
(maxsulotlarni) tarkibi xususiyatlari va sifat ko‘rsatgichlari ularni o‘stiradigan va 
yetishtiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Ovqat tayyorlashda ratsepturani va texnalagik 
talablarni buzishi tayyorlangan ovqatni sifatini ancha o‘zgartirishiga yoki uni 
saqlash vaqtida buzilishiga xam sabab bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun oshpaz masalliqlarda bo‘ladigan ayrim nuqson va 
kamchiliklar oldini olish uchun foydalaniladigan maxsulotlarning xususiyatlarini 


22 
xamda nuqsonlarni xosil qiluvchi sabablarini xam bilishi lozim.Tayyorlangan 
ovqatning oziqalik qiymati ishlatilgan masalliqlarning (xom-ashyo) kimyoviy 
tarkibiga va kishi organizmida o‘zlashtirish darajasiga bo‘g‘liqdir.Ovqat inson 
organizmida ro‘y beradigan xayot protsesslari uchun zarur bo‘lgan issiqlik 
energiyaga bo‘lgan extiyojlarini(oqil, yog‘ va uglevodlar) qondira olishi zarur.Shu 
bilan bir vaqtda inson tana to‘qimalarini tiklash uchun manba (suv, mineral va 
organik moddalar,fermentlar va boshqalar) xamda inson tanasida yuz beradigan 
biokatolizatorlar reaksiyalar uchun energiya berishi xam kerak.Bu moddalardan 
tashqari inson organizmiga vitaminlar,garmonlar,organik tuzlar va boshqa 
elementlar xam zarurdir.Agar shu moddalar yetishmasa organizm og‘ir kasalliklarga 
duchor bo‘lishi mumkin.Tayyorlangan ovqatning tarkibiy qismi xazm qilishi bir 
qancha 
sabablarga 
bog‘liqdir.Tanavvul 
qilinayotgan 
taomning 
tashqi 
ko‘rinishiga,ovqatlanish 
tartibiga, 
organik 
kislotalar 
va 
lazzatli 
moddalarga,ichaklardagi 
mikrofloracha,fermentlarga,fgoltizmgatabis 
xolatiga 
(yoshi,jinsi,jismoniy xolati va boshqalar) va yana bir qancha boshqa shart-
sharoitlarga bog‘liqdir. Ovqat tayyorlashda foydalaniladigan maxsulotlarning 
kimyoviy tarkibi turli-tuman bo‘ladi, shu sababli ularni oziqalik qiymati xam bir xil 
emas.Baʼzi ovqatlarda inson organizmi uchun kerakli barcha moddalar 
bo‘ladi,baʼzilarida inson tanasi to‘qimalarini tuzilishi uchun zarurbo‘ladigan 
moddalar, baʼzilarida kishiga kuch-quvvat beradigan yoki ayrim organlarga taʼsir 
etuvchi 
moddalarbo‘lishi 
mumkin.(bolalar,sog‘lom 
yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri 
uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va 
sifatli maxsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy 
qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab 
biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson 
organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai 
bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal 
,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning 


23 
ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik 
chiqarishini aniqlash mumkin. 
Xar xil ixtisoslikdamexnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning 
to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 
kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 
kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar 
organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik 
kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir 
kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g 
,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish 
kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va 
uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan 
extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun 
ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi.


24 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling