Innovatsiyalar vazirligi


I BOB. Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi holati


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1441946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Don kurs ishi tuliq 38 bet

I BOB. Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi holati 
1.1. Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama 
rivojlantirilishining sabablari va uning oqibatlari 
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama 
rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta 
yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun 
xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika 
sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq 
ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat 
korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi 
bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-
1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi 
yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab 
O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu 
bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, 
mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani 
barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat 
mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib 
berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, 
iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab 
chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib 
o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy 
o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - 
sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft 
mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla 
mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini 
ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling