Innovatsiyalar vazirligi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Don kurs ishi tuliq 38 bet
5 1.2. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari. O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati, iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan mineral va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi. Iqtisodiy resurslarga mehnat resurslari, transport va uning rivojlanish holati kiradi. Shuningdek, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi muhim rol o’ynaydi. Mamlakatning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimiz yer usti va yer osti boyliklari zahiralarining ko’p va xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, transport tarmoqlarining yaxshi rivojlanganligi, shuningdek, mamlakatda yagona temir yo’l tizimini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan yuzlab qo’shma korxonalar ana shu istiqboldan darak beradi. Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashladik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy resurslar (va ayniqsa foydali qazilmalar) bilan ta'minlanganlik alohida o’rin tutadi. Chunki yoqilІi-energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz, ko’mir rudasi)larsiz sanoatning undurivchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi. Ishlab beruvchi sanaotning ko’pchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu undiruvchi sanoat yetkazib beradi. Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil hisoblanadi. U sanoatni hududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi.Har qanday sanoat tarmoІi (va hattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi ko’pmi suv iste'mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan. Buning respublika qihloq xo’jaligi asosan suІorishga tayanadi. Shuning uchun ham mamlakatda sanoatni uning markazlarini barpo qilayotganda mazkur hududlarning suv resurslarini hisobga olish zarur. Sanoatni joylashtirish va rivojlantirishga suv 6 zahiralarini hisobga olish “Orol inqirozi” vujudga kelgan O’zbekiston rangli metallurgiya sanoatining ko’rki oltindir. Mamlakatimiz hududidan 30 ta oltin koni topilgan. “Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida MarkaziyQizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralari bo’yicha respublikani dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqdi”.Hozirgi vaqtda O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha jahonda yettinchi o’rinda chiqib oldi. Ushbu nodir va sifati jihatidan jahonda tengi yo’q oltin sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish orqali O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining kamol topishlarini yana bir poІona balandga ko’taradi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishida yengil va oziq-ovqat sanoatining ham ulushi katta Ayniqsa mamlakat sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, pillani qayta ishlashi va shoyi (atlas) to’qish vino materiallari konserva mahsulotlari, o’simlik yoІi va boshqa sanoat turlaridir. Jumladan, yoqilІi va elektr-energetika sanoati birlikda yoqilІi eneretika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik majmuini, qora va rangli metallurgiya majmuini, yengil va oziq-ovqat sanoatlari aholi keng istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil qiladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling