Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti


Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori barcha oʻrinbosarlariga


Download 62.5 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1303858
1   2   3   4
Bog'liq
1-илова Вазифалар тақсимоти

2. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori barcha oʻrinbosarlariga:
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.
2.2. Milliy ofis faoliyatining mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishi jarayonini tanqidiy va chuqur tahlil qilish.
2.3. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish, boʻlimlar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish.
2.4. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
2.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish.
2.6. Innovatson rivojlanish vazirining buyruq va topshiriqlari, Milliy ofis Bosh direktori buyruqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash.
2.7. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Bosh direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, layoqatliligi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlarda kadrlar zaxirasini shakllantirish.
2.8. Innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda tadbirlar sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish.
2.9. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Bosh direktor tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Bosh direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish.
2.10. Milliy ofisga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni oʻz vakolati doirasida ekspertizadan oʻtkazish.
2.11. Xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash.
2.12. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar boshliqlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Milliy ofis majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.
2.13. Milliy ofis faoliyat sohasiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Milliy ofis rahbariyatiga kiritish.
2.14. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Milliy ofis rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish.
2.15. Mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlar rahbarlari va xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash.
2.16. Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish.
2.17. Bosh direktorga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish.
2.18. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish.
2.19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida qonunchilik talablariga muvofiq faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash.
2.20. Davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish vazifalari belgilansin.
2.21. Bosh direktorning buyruqlari va boshqa topshiriqlari asosida Bosh direktor oʻrinbosarlari ularga va ular mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlimlarga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling