Innovatsiyaviy menejmentning korxona rivojlanishidagi o‘rni. Reja
Korxona investitsiyalarining manbalari
Download 82.62 Kb.
|
11-mavzu. Korxonaning investitsion va innovatsion faoliyati
2. Korxona investitsiyalarining manbalari.
Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bolgan sobik ma’muriy-buyrukbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda xam jamgarma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) xisobiga amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni kaerdan olish va kaerga joylashtirish to‘grisida "boshi" og‘rimas edi. Ko‘shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat kilardi. Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) xozirgi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘kotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai xisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai kuyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, ko‘shma korxonalar uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari. Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashki turlaridan xam foydalaniladi. Investitsiyalarning ichki manabalari kuyidagilar: " ishlab turgan asosiy kapitalga xisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari; " foydaning investitsiya extiyojlariga ajratiluvchi qismi; " sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa xodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar; " korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar; " yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar; " xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. Investitsiyalarning tashki manbalari kuyidagilar: " markaziy va maxalliy byudjetdan, tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar; " korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar; " davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan kuprokni tashkil etadi. Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tankisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashkari investitsion loyihalarni moliyalashtirish xamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar xam ishtirok etishi mumkin. Investitsiyalardan (kapital ko‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari kuyidagilar xisoblanadi: " yangi kurilish; " korxonani kengaytirish va qayta tiklash; " ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jixatdan qayta qurollantirish; " xarakatdagi quvvatlarni takomillashtirish. YAngi kurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chikilgan loyihalar asosida kuriluvchi korxona, bino, inshoot va kurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish ko‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida kurish yoki asosiy, ko‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki kurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona xududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi. Download 82.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling