Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi
Moliyaviy хisoboтlarning тavsifiReja: 1. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi. 2. Moliyaviy hisobotning sifat tafsilotlari. 3. Moliyaviy hisobotning elementlari. 4. Moliyaviy hisobotning turlari. 5. Moliyaviy hisobotlarni yoritish. 1. Moliyaviy hisobotlarning maqsadiO’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik yurituvchi subektlarning ma’lum davr ichidagi moliyaviy–xo’jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul oqimlari to’g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalining holati haqida axborotlar beradi. Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning kontseptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi.Kontseptual asos eng avvalo quyidagilarni hal qilish uchun zarur: mavjud kontseptsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish; yangi amaliy qiyinchiliklar vujudga kelganda ularni echish uchun algoritm yaratish; moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarda ularni tushunish darajasini oshirish; turli korxonalar moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish. Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari (MХK) tomonidan quyidagilar aniqla-nishi lozim ( 2.1-chizma ): 2.1-chizma. Moliyaviy hisobotlarning kontseptual asoslari. 1) Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning maqsadi (va hal qilinishi uchun moliyaviy ma’lumotlar talab qiladigan vazifalar); Buxgalteriya hisobotining sifat tavsiflari (asosiy xususiyatlari); Moliyaviy hisobotlarning elementlari; Moliyaviy ma’lumotlarni e’tirof etish (tan olish) va o’lchash mezonlari; Ma’lumotlar tizimini tuzish tamoyillari. Ko’rinib turibdiki, moliyaviy hisobotlar kontseptsiyasining bosh masalasi bo’lib moliyaviy hisobotlar taqdim qilishning maqsadini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BХMS)da moliyaviy hisobotlar-ning maqsadi quyidagicha qilib belgilangan: «Moliyaviy hisobotlarning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va mo-liyaviy holatidagi o’zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi»1. Garchand, ushbu maqsadlar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar ko’pchilik foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirsada, foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan axborotlarni etkazib bera olmaydidilar, chunki ularda o’tgan jarayonlarning moliyaviy natijalari aks ettiriladi va moliyaviy tavsifda bo’lmagan ma’lumotlar ular tarkibiga kirmaydi. Shunga qaramasdan, ishonchli va o’z vaqtida taqdim qilingan moliyaviy hiso-botlardagi axborotlar ulardan foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy ho-latini baholash va korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy va iqti-sodiy qarorlar qabul qilish uchun etarlicha imkon beradi Buni anglab etish uchun bir xususiy firmaning hisobotini investor si-fatida ko’rib chiqishingiz mumkin. Faraz qiling, firmaning balans ma’lumot-lari quyidagicha: Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling