Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet14/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

4. Uzluksizlik.
Korxona qaysidir bir kuni paydo bo’ladi va qandaydir muddat faoliyat ko’rsatadi. Bu o’ziga xos tamoyil bo’lib, u quyidagi fikrga qarshi turadi: har bir odam o’zining vafot etishini biladi, shunday ekan har qanday zavod, firma va boshqalar doimiy emas. Shunday bo’lsa ham bu tamoyil asosiylardan hisoblanadi. Mana shu faraz moliyaviy natijalarni juda samarali aniqlashga imkon beradi va hisobga olinayotgan ob’ektlarni qayta baholashga bo’lgan behuda urinishlardan voz kechishni talab etadi. Haqiqatan ham agar korxona uzoq faoliyat ko’rsatadi deb hisoblansa, uning mulkini qayta baholashga hojat yo’q va aksincha, agar korxona tugatilayotgan bo’lsa, uning merosi tarixiy bahoda emas, balki hozirgi amaldagi bozor bahosida aniqlanishi kerak.
5. Тannarx.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari ularni sotib olish narxi va olib ke-lish, o’rnatish, foydalanishga topshirish bilan bog’liq xarajatlar summasi bilan baholanishi kerak. Bizda taniqli rus buxgalteri A.P.Rudanovskiy xizmatlari tu-fayli tannarx tamoyili yagona to’g’ri baholash sifatida qabul qilingan va me’yoriy hujjatlarda belgilab qo’yilgan, biroq vaqti-vaqti bilan davlat tomonidan hisob ob’ektlarini qayta baholash o’tkazilib turishini aytib o’tish kerak. Тannarx tamoyili quyidagi sabablarga ko’ra tan olinishi kerak:

  1. u ob’ektiv, chunki baholash hujjatlarga asoslangan bo’ladi va eng asosiysi baholash predmetiga haqiqatan ma’lum bir summada pul to’langan yoki to’lanishi shart;

  2. ikki yoqlamalik tamoyilidan kelib chiqadi va aniqrog’i, xo’jalik voqealar - holatlar hisobda o’zining amalga oshirilgan haqqoniy bahosida ko’rsatilishi kerak;

  3. mulk sotib olingan bahosida aks ettiriladi;

  4. moliyaviy natijalar juda to’g’ri aniqlanadi, chunki ularga qayta baholashning ta’siri o’tkazilmaydi.

Mana shuning uchun mashhur Amerika buxgalterlari R.Entoni va Yu.Idziri tannarx tamoyilini yakdillik bilan ma’qullaydilar.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ba’zi mamlaktlarda tovar tannarxi huj-jatdagi to’lanishi kerak bo’lgan, ya’ni yozilganso’mmadan kamroq deb belgilanishi mumkin. Lekin baholar o’rtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling