Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Konservatizm. (Extiyotkorlik)


Download 339.5 Kb.
bet15/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

6. Konservatizm. (Extiyotkorlik)
Bu tamoyilni ehtiyotkorlik tamoyili deb ham ataladi. Endi uni chet mam-lakatlar amaliyotida qo’llanilish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Agar ob’ektning tannarxi uning sotilish bahosidan yuqori bo’lsa, po-tentsial zarar olingan paytda ob’ekt sotilish bahosida ko’rsatiladi. Shunday qilib, olingan zarar u qaysi davrda aniqlangan bo’lsa, o’sha davrda ko’rsatilar ekan. Foyda esa qaysi davrda olinsa, o’sha davrda hisobga olinadi. Bundan ikkita muhim qoida kelib chiqadi.

  • hisobot davrida shakllangan potentsial daromadlar, ular e’tirof qilinadigan hisobot davrida ko’rsatilishi kerak;

  • hisobot davrida shakllangan potentsial zararlar kelgusi hisobot davrlariga olib borilmasligi, balki ana shu hisobot davrining o’zida ko’rsatilishi kerak.

Konservatizm tamoyilini qo’llash texnikasi esa quyidagicha: aniqlangan potentsial zarar natijaviy hisoblar debetiga olib boriladi, lekin moddiy qiy-matliklar hisobidan emas, balki maxsus to’zatishlarga moslashtirilgan kontraktiv hisoblar orqali hisobdan chiqariladi.
Konservatizm tamoyili tannarx va narx bo’yicha baholash tamoyiliga qarshi emasmi, degan savol tug’iladi. Aksincha, bu tamoyil tannarx tamoyilini to’ldi-radi, chunki uni qo’llash uchun buxgalteriyada mulkni tannarx bo’yicha baholash talab etiladi. Ob’ektlarni minimal baholarda aks ettirish esa umuman “Qayta baho-lash” degan gapning o’zi mazmunsiz ekanligini keltirib chiqaradi. Agar qayta ba-holash o’tkazilsa, tannarx tushunchasining umuman keragi bo’lmay qoladi.
7. Ahamiyatlilik
Ob’ektlarni u yoki bu buxgalteriya kategoriyasiga olib borish mulkdor unga qanday ahamiyat berishga bog’liqdir. Masalan, bir korxonada asosiy vositalarga olib borilgan ob’ekt boshqa korxonada materiallarga olib borilishi mumkin. Bizning amaliyotda shu paytgacha ob’ektning qiymati uni asosiy vositalar qa-toriga qo’shishning eng asosiy belgisi hisoblangan. Lekin bu bozor sharoitiga to’g’-ri kelmasligini bir necha marotaba o’tkazilgan qayta baholashning o’zigina ko’rsa-tib qo’ydi.
Aksariyat mamlakatlarda eng ahamiyatli hisob bo’lib “Kassa” hisobi hisob-lanadi. Chunki, bu hisobda firmalarning barcha pul mablag’lari hisobga olinadi. Bizda esa naqd pul kassada, qolganlari esa hisob-kitob, valyuta hisoblarida hi-sobga olinadi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling