Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet17/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

A. Muhit tamoyillari - alohida xo’jalik sub’ekti, davomiylik, baholash, davriylik.
Alohida xo’jalik sub’ekti tamoyili – buxgalteriya hisobi o’ziga xos xu-susiyatlarga ega bo’lgan, hamda bir-biridan alohida bo’lgan xo’jalik subьektlari bi-lan ishlaydi.Ularning har biri mulk egasi va boshqa tashkilot bo’lishiga karamay alohida ko’riladi va hisobga olib boriladi. Masalan, buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan korporatsiya va ularning aktsiyadorlari alohida shaxslardir.
Davomiylik - korxona o’z faoliyatini kelgusida davom ettiradi degan faraz bilan moliyaviy hisobotlar tuziladi va taqdim etiladi.
Baholash - ma’lumotlarning pul birliklarida aks ettirilishi.
Davriylik - moliyaviy hisobotlar chorak, yillik davrlarga tuziladi.
V. Sotish tamoyillari - tannarx, hisoblash, muvofiqlik, to’liq yoritish.
Тannarx tamoyili - barcha aktivlarning xo’jalik yuritish davomida ular-ning harid qilinishi yoki ishlab chiqarilishi uchun qilingan harajatlar asosida baholanishini anglatadi.
Hisoblash tamoyili - unga ko’ra pul to’lanishi yoki olinishini inobatga ol-may, barcha daromad va xarajatlar ularni yuzaga keltirgan xo’jalik muomalalari bo’lib o’tgan paytdayoq hisobga olinadi. Masalan, mahsulot sotilganda, uning puli olinmagan bo’lsa ham, u sotildi deb hisoblanadi va sotish bo’yicha daromad tan olinadi. Ishchiga ish haqi hisobot oyining oxirida hisoblanadi, lekin u keyingi oyning boshida to’lanadi.
Muvofiqlik tamoyili - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan daromadlar bilan ularni ishlab topish uchun qilingan xarajatlar mos ravishda ko’rsatiladi. Masalan, hisobot davrida O’zDEU “Neksiya” avtomobilini sotgan bo’lsa, ana shu avtomobilning tannarxigina moliyaviy hisobotda aks etti-riladi.
Тo’liq yoritish - foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun kerakli ma’lumotlarning barchasi moliyaviy hisobotlarda to’liq yoritilishi kerak.
S. Cheklovchi tamoyillar - tannarx-daromad, muhimlik, tarmoq xususiyatlari, konservatizm.
Тannarx-daromad - moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun sarflanadigan xarajatlar ulardan olinadigan daromadlardan kam bo’lishi kerak. Shuning uchun ham kichik korxonalar alohida buxgalteriyani yuritib emas, balki buxgalterlik firmalariga buyurtma berib hisobot tuzdirishadi.
Muhimlik - qaror qabul qilish uchun muhim axborotlar moliyaviy hiso-botlarda aks ettirilishi shart.
Тarmoq xususiyatlari - buxgalteriya hisobini tashkil qilishda faoliyat tarmog’ining xususiyati albattta o’z aksini topadi. Masalan, ishlab chiqarish hiso-bining savdo faoliyati hisobidan farqi katta, yoki paxta tozalash korxonalarida buxgalteriya hisobi o’z xususiyatlariga, meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxona-larida buxgalteriya hisobi o’z xususiyatlariga egadir.
Konservatizm tamoyili, yuqorida aytganimizdek, buxgalterni ehtiyotkor-likka chorlaydigan tamoyildir.
Shunday qilib, tamoyillar kontseptual tuzilmaga rioya qilish uchun buxgal-terlar foydalanadigan ma’lum bir qo’llanmalardir.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling