Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Firma resurslari Ularning manbalari
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firma resurslari Ularning manbalari
Firma resurslari Ularning manbalari
Bino - 3mln.so’m Хususiy kapital - 5 mln. so’m Тovarlar - 2 mln. so’m. JAMI -5 mln.so’m JAMI - 5 mln.so’m Firma haqida qo’shimcha ma’lumot - uning oylik foydasi 500 ming so’m Тabiiyki, bunday ma’lumotlar investitsiya qilish haqida qaror qabul qilishga undaydi. Moliyaviy hisobotning vazifasini yanada aniqroq tushun-tirish maqsadida boshqa bir firmaning hisoboti ma’lumotlarini ko’rib chiqamiz: Firma resurslari Ularning manbalari Bino -2 mln.co’m Хususiy kapital - 2 mln. co’m Тovarlar - 3 mln. co’m Firmaning qarzlari - 3 mln. co’m. JAMI -5 mln.co’m JAMI - 5 mln.co’m Firma haqida qo’shimcha ma’lumot - uning oylik foydasi 200 ming co’m. Keltirilgan ma’lumotlar har qanday investorni bir oz bo’lsa ham o’y-lantiradi, chunki firmaning mavjud resurslarining faqat 2 mln. co’mligi o’ziga tegishli. Boshqacha qilib aytganda, firmaning boshqa shaxslardan 3 mln. co’m qarzi bor, bundan tashqari uning foydasi 200 ming co’m xolos, ya’ni birinchi firmaning foydasiga nisbatan oz. Moliyaviy hisobotning ma’lumotlari rahbar va barcha menejerlar uchun ham nihoyat katta ahamiyatga ega. Ular moliyaviy ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, o’z korxonasining istiqbolini belgilaydi, aytaylik, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, xarajatlarni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish, kredit mablag’lari olish kabi turli qarorlarni qabul qilishadi. Shunday qilib, asosiy maqsadga erishish va vazifalarni bajarish uchun moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining mahsuli sifatida etarli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak ekan. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib moliyaviy hisobotlarning maqs-adini ikki toifaga - asosiy va ikkinchi darajali maqsadlarga ajratish mumkin. Asosiy maqsadi - moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul mablag’lari haqida-gi ishonchli ma’lumotlarni taqdim qilishni ta’minlash bo’lsa, Ikkilamchi maqsa-di esa, qarorlar qabul qilish maqsadida barcha foydali axborotlarni taqdim qilish yo’li bilan ochiq – oydinlikni ta’minlashdir (2.2-chizma). 2.2-chizma. Moliyaviy hisobotlarning maqsadlari. Moliyaviy hisobotlarning ikkilamchi maqsadi o’z ichiga taqdim qilinayotgan axborotlar foydaliligini ifodalovchi belgilarni, cheklovlarni va eng muhim yo’l qo’yishlar, ya’ni ruxsat berishlarni oladi (2.3-chizma). 2.3 - chizma. Moliyaviy hisobotlarning ikkilamchi maqsadining tarkibi Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari moliyaviy hisobotlarni tuzish tartib qoidalarini belgilab berar ekan ularni tuzishga qo’yiladigan talablar (buxgal-teriya hisobi axborotlarining sifat xususiyatlari), taqdim qilinayotgan axbo-rotlarning minimal tarkibi (moliyaviy hisobot elementlari) va ular hal qilishi mumkin bo’lgan asosiy masalalar mazmunini ham asoslab beradi. MHK ko’ra, mo-liyaviy hisobotlarni tuzishdan maqsad ulardan foydalanuvchilarga taqdim qi-linayotgan axborotlar asosida quyidagi vazifalarni xal qilish imkonini berish kerak: • investitsion qarorlar va kreditlar berish bo’yicha qarorlar qabul qilish; • xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini baholash; • xo’jalik sub’ektiga ishonib topshirilgan iqtisodiy resurslar tufayli uning resurslari va majburiyatlarini baholash; • rahbariyat faoliyatini baholash. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarish va asosiy maqsadga erishish uchun esa moliyaviy hisobot axborotlari ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Ulardan eng muximlari - bu axborotning sifat tavsiflari yoki xususiyat-laridir, ya’ni axborotlarning foydaliligi belgilari (tushunarlilik, ishonch-lilik, ahamiyatlilik va taqqoslanuvchanlik), cheklovlar (o’z vaqtidalilik, man-faatlar va tavsiflar orasidagi balans, sifat tavsiflari orasidagi balans) hamda eng muhim yo’l quyishlar (hisoblash tamoyili, faoliyatning davomiyligi). Ular buxgalteriya hisobi axborotning u yoki bu qarorlarni qabul qilish uchun foydali-ligini aks ettiradilar va belgilaydilar. Moliyaviy hisobotlarda xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z majburiyatlarini bajarishi va sarmoyalarini qaytarishi uchun daromad va kelgusida naqd pul tu-shumlarini olish qobiliyatini amalga oshirish uchun yordam beradigan axborotlarni aks ettirishi kerak. Тaqdim qilingan hisobot ma’lumotlaridan korxona rahba-rining faoliyatini baholash maqsadida ham foydalaniladi. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling